“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bir guruh talabalarining Zomin tumaniga sayohati tashkil etildi. Universitet talabalari ajoyib tabiat, musaffo tog‘ havosi hamda hududda bunyod etilgan yuqori sifatdagi xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bilan tanishishdi. Bu kabi sayohatlar talabalarning nazariy bilimlarini hayotga tatbiq qilishda muhim o‘rin egallashi bilan ahamiyatlidir.