Seshanba, 16 Iyun 2020 23:28

Talabalar bilan ochiq muloqot

2020 yil 16 iyun' kuni Xalqarolashtirish va strategik rivojlanish bo‘yicha birinchi prorektor, prof. J.Eltazarov ZOOM platformasi orqali “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirning asosiy maqsadi - talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqotni tashkil etishdir.

Uchrashuvda nafaqat universitetning ichki, balki tashqi hayotining boshqa sohalariga taalluqli turli xil masalalar: o‘quv jarayoni, talabalar faoliyati va boshqa muhim vazifalar muhokama qilindi. 2020/2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan yangi o‘quv dasturini ishlab chiqish, shuningdek, yozgi stajirovka kabi masalalar muhokama qilindi. Double Degree dasturi bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalar tomonidan istiqbolda hamkor universitetlarda o‘qish qanday tashkil etilishi haqida savollar berildi.

Universitet birinchi prorektori talabalarni diqqat bilan tinglab, har bir savolga asosli to‘liq va batafsil javob berdi. Juliboy Danaboevich ushbu sinovli davrda birdam, hamjihat bo‘lib, hammani yagona maqsad sari intilishga chaqirdi. Uchrashuvning muhim natijasi talabalar o‘z muammolari bilan yuzma-yuz bo‘lmasligi va universitet rahbariyati har doim ularni hal qilishda yordam berishga tayyorligini anglash bo‘ldi.
Bugungi kunda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti nafaqat ilmiy, ijodiy va yetakchilik salohiyatiga ega, o‘zgaruvchan dunyoda o‘zini muvaffaqiyatli namoyon eta oladigan yetuk mutaxassislarni, balki ijtimoiy faol fuqarolarni, o‘z Vatanining fidoyi vatanparvarlarini tayyorlash uchun kuchli manbalarga ega.

Aziz talabalar, agar sizda o‘quv jarayoni bilan bog‘liq boshqa savollar yuzaga kelgan bo‘lsa, ularni edvayzeringizga yuborishingiz mumkin. Zero, biz navbatdagi uchrashuvlarni, albatta, onlayn yoki video xabar orqali o‘tkazamiz.

O'qilgan 5509 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar