Juma, 11 Sentyabr 2020 13:21

Baholash usuli va mezonlari

2020-yil 10-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida “Turizm menejmenti” fakulteti dekani S. Vroblevskiy va “Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari” kafedrasi mudiri Ian Patterson tomonidan “Baholash usuli va mezonlari” (2020-2021-o‘quv yili uchun qoidalar) mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-uslubiy seminarda Birinchi prorektor prof. J.Eltazarov o‘quv jarayonini monitoring qilish va tashkil etish bo‘limi boshlig‘i F.Nurov, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i A.To‘xtamishov, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, edvayzerlar faol ishtirok etishdi.

O‘quv-uslubiy seminarning asosiy maqsadi 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab talabalar uchun mo‘ljallangan barcha o‘quv dasturlari bo‘yicha baholash usuli va uning mezonlarini professor-o‘qituvchilarga tushuntirish va amaliyotga tatbiq etish edi. Shuningdek, kredit-modul tizimi mavzusi ham muhokama qilindi. Shu munosabat bilan o‘quv-uslubiy materiallar (Sillabus) tayyorlashga yangicha yondashuv talab etiladi. Seminarda o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash va ularni elektron ta’lim platformasiga o‘rnatish tartibi batafsil ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, baholashning o‘qituvchilar va talabalar uchun muhim vosita ekanligi qayd etildi. Uning bosh maqsadi quyidagi besh muhim jihatni o‘z ichiga olgan samarali ta’limdir: ta’limning umumiy konsepsiyasi va har bir mavzudagi asosiy tushunchalarni anglash, bilim olish, ko‘nikmalarga ega bo‘lish, ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish, qaror qabul qilish va ular uchun mas’ul bo‘lish.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

O'qilgan 5503 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar