×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Shanba, 17 Iyul 2021 21:30

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida xalqaro jurnalistlar delegatsiyasi

Joriy yilning 17-iyul kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bog'liqlik. Chaqiriqlar va imkoniyatlar"  konferentsiyasi qatnashchilari Samarqandga rasmiy tashrifi davomida “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida boʻlishdi.

          Mehmonlar dunyodagi eng nufuzli oliy oʻquv yurtlari standartlari asosida jihozlangan, “aqlli kampus” maqomiga ega boʻlgan universitet binosiga tashrif buyurishdi. Mehmonxona xonalari, bar-restoran, ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangan 250 kishilik konferents-zal, kafeteriya uslubidagi universitet oshxonasi, universal sport zali, suzish havzasi, shuningdek oʻquv-ishlab chiqarish majmuasiga alohida e'tibor qaratildi. Ultra-zamonaviy kutubxona, zamonaviy dizaynda bezatilgan va turistik bilimlarning toʻlaqonli yuqori texnologik markazi sifatida xizmat qiladi.

Tashrif davomida mehmonlar universitetning professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdilar, shu bilan birga oʻqituvchilar va talabalar oʻz navbatida turizm sohasida loyihalarni yaratish amaliy ishlanmalarni namoyish etdilar.

O'qilgan 5117 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}737{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar