Payshanba, 12 Avgust 2021 11:15

"Smart kampus"da turizm sohasida zamonaviy ta'lim bilan MAGISTRATURA!

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti magistraturaning quyidagi mutaxassisliklari boʻyicha hujjatlarni qabul qilish muddati 2021- yil 20-avgustga qadar davom etishini ma’lum qiladi. Hujjatlar qabuli universitetning rasmiy sayti orqali amalga oshiriladi.

Magistratura mutaxassisliklari (ta’lim ingliz tilida):

  • Ziyorat turizmi;
  • Turizmda transport logistikasi;
  • Muzeyshunoslik;
  • Madaniy, tabiiy va aralash meros оbyektlarini boshqarish.

Qo‘shma ta’lim dasturi (ta’lim ingliz tilida):

  • Multimediya obyektlarini yaratish (1+1) Don Davlat texnika universiteti (Rossiya);
  • Arxitektura nazariyasi va tarixi, Arxitektura merosini tiklash (1+1) Don Davlat texnika universiteti (Rossiya);
  • Xalqaro turizm (1 yillik) (Makedoniya universiteti).

Hujjatlarni qabul qilish universitet rasmiy saytining unhttps://admissions.univ-silkroad.uz/index.php havolasi orqali 2021- yil 20-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Eslatma: “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Oʻqishga kirish uchun IELTS (6,5 dan yuqori), TOEFL (79 balldan yuqori), CEFR (B2 darajasidan yuqori) sertifikati talab qilinadi. Hozirda muayyan sertifikatga ega bo‘lmagan abituriyentlarga talabalar safiga qabul qilinishi uchun sertifikatni 2021-yil 1-oktabrgacha taqdim etish imkoni beriladi.

Agar abituriyent 2021-yil 20-avgustdan 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘yicha imtihonlarni topshirib, tegishli ball toʻplagan boʻlsa, mazkur abituriyentlarning til boʻyicha imtihon topshirish xarajatlari universitet tomonidan qoplab beriladi.

Ta’lim tili ingliz tilida olib boriladigan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, ta’lim tili ingliz tilida olib boriladigan mamlakatimizdagi nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilaridan universitetning magistratura mutaxassisliklariga ro‘yxatdan o‘tishda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat talab etilmaydi.

Universitet magistratura mutaxassisligiga kirish uchun talabgorlar ingliz tilidan tegishli sertifikatga ega bo‘lishlari bilan birga, mutaxassislik fanidan test sinovini topshirishlari shart. Ushbu test sinovi sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan “Examus” onlayn proktoring tizimi orqali amalga oshiriladi.

Talabgor onlayn testni universitetda imtihon uchun ajratilgan xonada yoki o‘ziga qulay joyda (uyida, ishxonasida) zarur texnik talablarga javob beradigan internet va shaxsiy kompyuter mavjud bo‘lganda topshirishi mumkin. Agar talabgor testni o‘ziga qulay joyda shaxsiy kompyuteri vositasida topshirsa, internetga barqaror ulanishini ta’minlash uning o‘z zimmasidagi majburiyat hisoblanadi.

Test sinovlari 2021-yil 25-26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun universitet rasmiy sayti yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

+998973978285 (Telegram, WhatsApp)

+998662406770

+998662408616

+998662408606

+998662406786

O'qilgan 3426 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar