Joriy yilning 30-avgust kuni “Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetida Turkiyadagi Naqshbandiya tariqati vakillari bilan ziyorat turizmi yo'nalishida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda kelgusida turizm sohasidagi ziyorat yo'nalishini rivojlantirish shuningdek, jahon hamjamiyatiga Islomning asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishga qaratilgan xalqaro tadbirlarni tashkil etish, uning boy merosini saqlab qolish va o'rganish rejalashtirilayotgani ta'kidlandi. Uchrashuv doirasida har ikki tomonning ziyorat turizmi yo'nalishidagi sayyohlik salohiyatini ochib beruvchi videorolik ham namoyish etildi.
Ushbu hamkorlik ikki tomon o'rtasida sayyohlarni jalb qilish va tajriba almashish imkonini beradi, bu esa o'z navbatida O'zbekistonga ziyorat safarlarining ommalashuvini oshiradi.