SOS O’zbekiston bolalar mahallasi bilan tuzilgan memorandum asosida “Ipak yo’li” turizm xalqaro univeraiteti Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” klubining iqtidorli talabasi Xamraqulova Shahlo ingliz tili fanidan “Kids English” nomli to’garak faoliyatini yo’lga qo’ygan. 13-sentabr kuni to’garakning navbatdagi dars mashg’uloti yuqori saviyada tashkil etildi. SOS O’zbekiston bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari ushbu to’garakda faol ishtirok etib kelishmoqda.