Juma, 17 Sentyabr 2021 16:25

“Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari

Joriy yilning 17 sentyabr kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari “Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetiga amaliy tashrif bilan tashrif buyurishdi.

“O'zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlarni qo'llab-quvvatlash va barqaror iqtisodiy taraqqiyot” dasturi doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari universitetning o'quv-amaliy laboratoriyalari bilan tanishdilar. Uchrashuvda ilmiy-texnik va ta'lim yo'nalishlari bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish dasturi batafsil muhokama qilindi.

Universitet talabalari uchun amaliyotni ta'minlash va turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston bilan xalqaro hamkorlik doirasida GIZ iqtisodiyot, sog'liqni saqlash, ta'lim, tabiiy resurslarni muhofaza qilish, shuningdek, ijtimoiy va madaniy integratsiyalarni rivojlantirish sohasidagi islohotlarni qo'llab-quvvatlaydi.

Iqtisodiy rivojlanish doirasida turizmni rivojlantirish sohasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bir vaqtning o'zida, GIZ professional ta'lim dasturlari orqali islohotlar jarayonlarini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa menejerlarning malakasini oshirishga olib keladi.

O'qilgan 3224 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar