×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 23 Sentyabr 2021 12:18

“Xalqaro avtomobilsiz kun”

22-sentabr xalqaro avtomobilsiz bir kun doirasida “Ipak yo‘li” turizm universiteti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - turizm va sport vaziri, universitet rektori Aziz Abduhakimovning ilgari surgan tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, bir qator tadbirlarni o'tkazishda faol ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, hukumat qaroriga ko‘ra, 22-sentabr mamlakatimizda “Xalqaro avtomobilsiz kun” deb e’lon qilingan. Bu barcha avtomobilchilarga o‘z transport vositalaridan  hech bo‘lmaganda 24 soat foydalanishni to'xtatish, piyoda yoki velosipedda harakat qilish taklif qilingan kun.

Bu kabi choralar atmosferaga tarqalayotgan zararli gazlar emissiyasini kamaytiradi sayyoradagi ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beradi.

Bugungi kunda avtomobildan butunlay voz kechib bo‘lmaydi, lekin yiliga bir marta bo‘lsa ham avtotransport tufaili kelib chiqadigan muammolarni esga olishingiz lozim. Bu esa avtomobilsiz bir kunni muntazam ravishda o‘tkazishning asosiy g‘oyasidir.

O'qilgan 3772 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}831{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar