×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 27 Sentyabr 2021 12:19

“Turizm va ma'naviyat olamiga oyna ochish” – “Ipak yo'li” xalqaro turizm universitetida

Joriy yilning 27-sentyabr kuni “Ipak yo'li” xalqaro turizm universitetida Jahon sayyohlik kunini nishonlashga bag'ishlangan “Turizm va ma'naviyat olamiga oyna ochish” tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari - Turizm va sport vaziri, “Ipak yo'li” xalqaro turizm universiteti rektori A. Abduxakimov tabrik so'zibilan boshlashdi.

Tadbirda “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti rektori maslahatchisi A.Ospanova, ham ma'ruza qildi.

D.Rozi “O'zbekiston: uchinchi Uyg'onish va turizm” mavzusida taqdimot o’tkazdi hamda berilgan barcha savollarga bajonidil javob berdi.

Tadbir yakunida mehmonlar malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha Laboratoriyalarga ekskursiya qilishlari kutilgan edi va u yerda turizm sohasidagi so'nggi tendentsiyalarni hisobga olgan holda turizm ishchilari uchun master -klass o'tkazildi.

Shuningdek, mehmonlar uchun universitet kampusiga ekskursiya uyushtirildi hamda ultra-zamonaviy kutubxonaga esa alohida e'tibor qaratildi.

Malumot uchun: Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasi tomonidan 1979-yilda ta'sis etilgan Jahon sayyohlik kuni har yili 27-sentyabrda nishonlanadi. Butunjahon turizm kuni turizmni rivojlantirish, uning madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo'shgan hissasini ta'kidlash va xalqlar o'rtasida o'zaro tushunishni ta'minlash maqsadida o'tkaziladi. Har yili JST bosh assambleyasi turizm kuni shiorini e'lon qiladi. Bu yil UNWTO tavsiyasiga ko'ra, bayramlar “Turizm inklyuziv o'sishi uchun” shiori ostida o'tkaziladi.

Sayyohlik salohiyati bo'yicha O'zbekiston dunyoda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Sohada erishilgan bunday yutuqlar mamlakatning sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasidagi kompleks ishlar natijasi hisoblanadi. Jahon savdo tashkilotining homiyligida har yili o'tkaziladigan “Ipak yo'lidagi turizm” Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi O'zbekistonning jahon bozorida o’z obro’sini shakllantirish va saqlashda muhim rol o'ynaydi.

O'qilgan 3417 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}837{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar