×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 03 Noyabr 2021 16:04

Аyollar doimo himoyada!

 Joriy yilning 3-noyabr kuni “Ipak yoʼli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish, suitsidning oldini olishni takomillashtirish, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.   

Tadbirni universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Аbbasova kirish soʼzi bilan ochib, jamiyatimizdagi xotin-qizlarning huquqiy manfaatlari davlatimiz himoyasida ekanligiga alohida toʼxtalib oʼtdi. Shuningdek, 25-noyabr – Xalqaro zoʼravonlikka qarshi kurashish kuni haqida fikr yuritdi.

     Davra suhbatiga taklif etilgan mutaxassislar – Samarqand shahar IIB podpolkovnigi D.Xotamova, podpolkovnik Z.Sharapova soʼzga chiqib, bugungi kunning dolzarb va ogʼriqli muammosi sanalmish ayollarga nisbatan qilinayotgan tazyiq, jismoniy va jinsiy zoʼravonlikning huquqiy jihatlarini tahlil qilishdi. Viloyat reproduktiv markazi direktori U.Boborahimova esa oʼz nutqida talaba qizlarning reproduktiv salomatligi, sogʼlom turmush tarzi haqida nutq soʼzladi. Yoshlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi N.Аbduvaxidova talabalar uchun universitetda yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayoni, ijtimoiy tomondan vujudga kelgan muammolarni hal qilish borasida konstruktiv tavsiya va maslahatlar bilan oʼrtoqlashdi.

     Universitet psixologi D.Turdiyeva “Tazyiq va zoʼravonlik qurboni boʼlgan xotin-qizlarga psixologik yordam” mavzuida taqdimot oʼtkazdi. Unda zoʼravonlik turlari - xarrasment, bulling, abyuz kabi xunuk holatlarning ruhiy, tibbiy, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jihatlari, buning oqibatida yuzaga keladigan suitsid haqida batafsil maʼlumot berdi. Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Аbbasova tadbirni yakunlab, talaba qizlar, ayol xodimalarni universitet doimo qoʼllab-quvvatlashi, himoya qilishi haqida gapirib, bu kabi uchrashuvlarni oʼtkazish muhim ekanligini taʼkidlab oʼtdi.

O'qilgan 3153 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}872{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar