×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 11 Noyabr 2021 10:43

HoReCa Akademiyasi universitet magistrlari uchun professional treninglar tashkil etdi

9 - noyabr kuni 2-bosqich magistratura talabalari o'z sohasidagi professional, Cluster bosh menejeri va yarim vaqtda amaliy kurs rahbari Debra Xeynes bilan uchrashuvda to'plandilar.

Birinchi dars o'z tozaligiga rioya qilish va mehmonxona xodimlarining tashqi ko'rinishini muhokama qilish bilan bog'liq bo'lib, u belgilangan standartlarga javob berishi kerak, chunki birinchi ta’surot mijozlar ehtiyojini qondirishning asosi hisoblanadi. So'ng, mehmonxona xodimlarining to'g'ri xatti-harakatining ahamiyati muhokama qilindi, chunki ular qulaylik va muhit yaratadigan xodimlar sanaladi.

“Mehmonxana – bu, qalbi, qoni va hayoti yo‘q shunchaki bino va faqat unda ishlaydigan odamlargina sizni qaytib kelishingiz uchun shinam joy va juda yoqimli muhitni yaratadi.  Shu sababli, kelajakdagi va hozirda mavjud xodimlarni kerakli darajada xizmat ko'rsatishi, har qanday vaziyatda to'g'ri yo'l tutishni bilishlari uchun o'qitish va tayyorlash juda muhim: oddiy yoki ekstremal", deb ta'kidladi Debra.

"Dars samarali va juda informatsion o‘tdi. Eng muhimi, talabalar mehmonxonaning bevosita ishiga kirib, front-ofis xodimlari sifatida insonlarga qanday munosabatda bo'lishni va bosh menejer sifatida xodimlar va mehmonxona muammolarini qanday hal qilishni tushunishdi", deydi ikkinchi kurs talabasi R.Ulmasova.

O'qilgan 2903 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}890{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar