Payshanba, 11 Noyabr 2021 12:47

O'zbekistonning madaniy merosi

O‘zbekiston madaniyati, Markaziy Osiyo xalqlarining ko‘p asrlik an’analari va turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liq boy tarixga ega. Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan O‘zbekiston hududida ko‘plab me’moriy yodgorliklar, qadimiy qal’a va qasrlar, sirli va noyob tabiat yodgorliklari va folklor elementlari joylashgan bo‘lib ularning aksariyati hozirda YUNESKOning Butunjahon merosi ob’ektlari tomonidan muhofaza qilinmoqda.

Bugungi kunda YUNESKOning Butunjahon merosi ob’ektlari Reprezentativ ro‘yxatiga 4 ta me’moriy majmua - Xivadagi Ichan qal’a muzey-qo‘riqxonasi (1990), Buxoroning tarixiy markazi (1993), Samarqandning tarixiy markazi “Samarqand - madaniyatlar chorrahasi” (2001), Shahrisabzning tarixiy markazi, shuningdek Ugam-Chotqol milliy bog‘i (2016) va 9 nomoddiy meros ob’ektlari kiradi.

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon mamlakatda nafaqat yodgorliklarni tiklash ishlari orqali madaniy merosni saqlashga, balki milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlashga va jahon madaniyatida tan olinishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Ming yillar mobaynida, minoralar va qadimiy gumbazlar ko‘plab shaharlarning tashrif qog‘ozi, shahar manzaralari, ularning diniy va ma’rifiy muassasalari - masjid va madrasalarining go‘zal aksiga aylandi.

Mustaqil O‘zbekistonda, qadimiy me’morlarning ushbu noyob asarlari, bebaho madaniy meros ob’ektlari sifatida maxsus maqomga ega bo‘ldi va ular davlatning alohida muhofazasi ostida.

Manba: Uzbekistan Travel

O'qilgan 5564 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar