Joriy yilning 17-noyabr kuni Qirg'iziston turoperatorlar assotsiatsiyasi (QTA) direktori Nurbek Saparov "Ipak yo'li" turizm xalqaro va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi. Rasmiy tashrif chog'ida "Ipak yo'li" turizm xalqaro va madaniy meros universiteti va Qirg'iziston turoperatorlar assotsiatsiyasi (QTA) o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi. Uning maqsadi ta'lim va turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun hamkorlik aloqalarini o'rnatish va tomonlarning samarali va o'zaro manfaatli hamkorligini rivojlantirishdan iborat.
Janob Nurbek Saparov talabalar uchun "Qirg'izistonda turizm" mavzusidagi ma'ruzasini o'tkazdi, Qirg'izistondagi sayyohlik sohasiga oid dolzarb axborotlar bilan, sohadagi mavjud vaziyatlar bilan o'rtoqlashdi.
O'z navbatida, Nurbek Saparov ko'rsatilgan mehmondo'stlik uchun minnatdorlik bildirib, muhokama qilingan rejalarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan barcha choralar ko’rilishini ta'kidladi.