Juma, 10 Dekabr 2021 16:48

"Turizmda turk tilining ahamiyati "

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligiga qarashli Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TICA) mutaxassislari "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universiteti talabalari uchun "Turizmda turk tilining ahamiyati " mavzusida darslar o'tkazdilar.

Ushbu mashg'ulotlar Anqara Yildirim Beyazit universiteti va Gazi universiteti professor-o'qituvchilari ko'magida o'tkazildi. Shuni ta'kidlashni kerakki, ushbu dastur ikki hafta davom etdi va unda 60 nafar talaba ishtirok etdi.

 Ikki haftalik dastur so’ngida esa har bir talaba imtihon topshirdi va sertifikat bilan taqdirlandi.

Ushu professional darslar va uchrashuvlar O'zbekiston hamda Turkiya uchun manfaatli hamkorliklar debochasi bo'lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Ta'kidlash joizki, Turkiya Respublikasi O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyoda birinchi bo'lib tan olgan. 1996-yilda mamlakatlarimiz abadiy do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzoladilar. Xalqlarimiz chuqur tarixiy ildizi, umumiy dini, tili, qadriyat va urf-odatlarining o'xshashligi bilan o’zaro chambarchas bog'liqdir. O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi o'zaro ishonchga asoslangan do'stona munosabatlar bugungi kunda faol mustahkamlanmoqda.

O'qilgan 3569 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar