×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 16 Dekabr 2021 14:32

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ilk bor O‘zbekiston Respublikasida logistika va uning turizmdagi o‘rni haqida ixtisoslashgan ma’ruza tashkil etildi

Ma’ruza muallifi Matkarimov Salay Rustambekovich “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yetakchi mutaxassisi, Transport universiteti o‘qituvchisi. Ma’ruza mavzusi: “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda temir yo‘l transportining raqamli transformatsiyasi”.

Ma'ruzaning asosiy yo'nalishlari quyidagilar:

- Transportda raqamli transformatsiyaning roli

- logistikaning asosiy yo'nalishlari

- logistika va turizmni rivojlantirishning dolzarb muammolari

- logistika xizmatlari sohasida innovatsion yondashuvlarning roli

- O‘zbekistonda sayyohlik yo‘nalishlarini raqamlashtirishning rivojlantirish istiqbollari

Ma’ruza davomida keng qamrovli ma’lumotlar va statistic ko’rsatkichlar, shuningdek, transport logistikasi sohasidagi zamonaviy yondashuvlar tahlili yoritildi. Logistika yo‘nalishida tahsil olayotgan universitet talabalari juda faol bo‘lishdi va ma’ruza mavzusi bo‘yicha ko‘plab savollar berishdi.

Ma'ruza onlayn formatda ham tashkil etilganligi tufayli, butun respublika bo'ylab turizm kollejlari va texnikumlari talabalari va o'qituvchilari bog'lanib, muhokamalarda qatnashdilar. Kelgusida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy bo‘linmalarida universitet talabalari uchun nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar orqali boyitishga kelishib olindi.

O'qilgan 3232 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}948{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar