×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Shanba, 18 Dekabr 2021 10:30

Baxshichilik uchun tarixiy kun!

Parijda bo‘lib o‘tgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo Qo‘mitasining 16-sessiyasi Qaroriga muvofiq “Baxshichilik san’ati” YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

Endi ajdodlarimizdan qolgan bu abadiy qadriyat hech qachon yo'qolmaydi; Baxshichilik san'ati endi xalqaro hamjamiyat himoyasida; endi Baxshichilik an'anasini davom ettirish va rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratildi!

Mazkur ajoyib tadbir davlatimiz rahbari tomonidan baxshichilik san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ayni paytda YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan nomoddiy madaniy merosimiz soni 10 taga yetdi. Ilgari ushbu ro‘yxatga Boysun madaniy makoni, mumtoz musiqa Shashmakom, Katta ashula, askiya san’ati, Navro‘z, Palov an’analari, Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi: adras va atlas tikish, Xorazm raqsi – lazgi, milliy va xalqaro taqdimot asosidagi miniatyura san’ati. Endi ular safiga baxshichilik sanʼati ham qoʻshildi.

Ammo shuni ta'kidlash kerakki, YuNESKOning ushbu ro'yxatiga kiritilishi mumkin bo'lgan bir qancha nomzodnomalar hali ham mavjud. Bizning oldimizda turgan muhim vazifalardan biri nomzodnomalarimizni bosqichma-bosqich tayyorlashdir.

O'qilgan 3697 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}950{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar