Bugun, 24-dekabrda Qozog‘iston Republikasining Turkiston shahrida joylashgan Turizm va mehmondo‘stlik xalqaro universiteti vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad ikki tomonlama imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amaliy chora tadbirlarni amalga oshirish, ikki universitet o‘rtasida talabalar, tadqiqotchilar va o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Ikki tomonlama muzokaralarda Birinchi prorektor, professor J. Eltazarov va Rektor maslahatchisi A.Ospanova ikki ta‘lim muassasasidagi mavjud ilmiy va akademik salohiyatdan yetarli darajada foydalanish zarurligi va istiqboldagi rejalar borasida so‘z yuritdilar.
Delegatsiya a‘zolari universitetimizdagi o‘quv jarayonlari va talaba hamda o‘qituvchilar bilan uchrashdilar va universitet kutubxonasiga tashrif buyurdilar.