Kirib kelayotgan Yangi yil arafasida “Ipak yoʼli” Turizm va Madaniy meros Xalqaro Universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Аbbasova va talabalar Samarqand shahridagi “Sahovat uyi”ga tashrif buyurishdi.
Universitet vakillari ushbu maskanda istiqomat qiluvchi qariyalarga sovgʼa-salomlar, oziq-ovqat mahsulotlari olib kelishdi. Yoshi ulugʼ otaxonu onaxonlarni yangi yil bilan qutlab, ularga eng ezgu tilaklarni tilashdi.
Bunday tabdirlar ikki avlod vakillari oʼrtasidagi rishtani mustahkamlab, yoshlarda mehr-oqibat uygʼotishi, ezgu amallar qilishga undashi, shubhasiz.
Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan Samarqand viloyat “Saxovat uyi” hamda “SOS Oʼzbekiston bolalar mahallasi” Samarqand filialiga 2022-yil uchun “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalariga yillik imtiyozli obuna Sertifikati topshirildi.