Oʻzbekistonda 2022- yilning “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan talabalarning qishki ta’tildagi vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba yoshlari oʻrtasida “Inson qadrini ulugʻlash” mavzusida ingliz tilida onlayn esselar tanlovini e’lon qiladi!
Tanlov “Inson qadrini ulugʻlash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir” shiori ostida yoshlarning yozma salohiyatini namoyish qilish uchun katta imkoniyat hisoblanadi.
“Tillar” kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan esselar tanloviga joʻnatiladigan ishlar 2022-yil 17-yanvardan 31-yanvargacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari 2022-yil 3-fevralda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida taqdirlanadi.
G‘oliblar quyidagi mukofot va sertifikatlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: Bazaviy stipendiya miqdorining uch baravari miqdorida;
2-o‘rin: Bazaviy stipendiya miqdorining ikki baravari miqdorida;
3-o‘rin: Bazaviy stipendiya miqdorining bir baravari miqdorida.
Tanlovda esselar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
1. Mavzuning yoritilganlik darajasi (0-25 ball).
2. Mazmunning mavzuga mosligi va uygʻunligi (0-25 ball).
3. Soʻz boyligi (0-25 ball).
4. Grammatika va imlo qoidalariga mosligi (0-25 ball).
Tanlov ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan o‘tish uchun ma’lumotlaringizni (FISH va telefon raqamingiz) va esseni 2022-yil 17-yanvardan 31-yanvargacha quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:
https://t.me/+zp_59Nbq2udhZmEy