Yangiliklar: May 2021

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga xorijiy tillarni biladigan, zamonaviy va xalqaro standartlarga mos “aqlli kampus”da ta’lim olishni istagan har tomonlama iqtidorli abituriyentlarni jalb qilish dasturi doirasida, shuningdek, noyob o‘quv jarayonini ommaviy targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonning turli hududlarda bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021-yil 19-maydagi 03-16/1456-sonli rasmiy xatiga ko‘ra, 24-maydan 24-iyun qadar “Ipak yo‘li” universiteti delegatsiyasi respublika hududlarida tashriflar jadvalini tayyorladi.

Tadbirlar Nukus shahridan boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan ushbu tadbirni amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Festivalning o‘tkazilishi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” maktab bayramlarini nishonlash bilan bir vaqtda o‘tkazilganligi, “Silk Road Admission Fest” tadbiri Nukus shahridagi ko‘plab maktab bitiruvchilarining e’tiborini tortdi. Tadbir doirasida turli tanlovlar o‘tkazildi, faol ishtirokchilarga universitet brendi ostidagi esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirlar dasturi Xiva shahridagi Ichan Qal’ada ham bo‘lib o‘tdi.

Jadvalga ko‘ra, keyingi tadbirlar Navoiy shahrida o‘tkazilishi rejaralashtirilgan.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 26-may kuni Pokistonning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Sayid Ali Asad Gilani “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

Tomonlar turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator masalalarni muhokama qilishdi. Pokiston elchixonasi “Ipak yo‘li” universiteti va Pokistonning turli universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, jahon darajasidagi yirik sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilish uchun sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuv davomida Janob Sayid Ali Asad Gilani universitetning noyob aqlli kampusi va innovatsion kutubxonasi bilan tanishtirildi.

O‘z ish jadvalining zichligiga qaramay, Janob Sayid Gilani Pokiston Islom Respublikasining sayyohlik salohiyati bilan “Ipak yo‘li” universiteti xodimlari va talabalarni tanishtirish maqsadida ma’ruza o‘tkazishga vaqt ajratdi.

Muzokaralar yakunida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ma’muriyati va Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi turizm va ta’lim sohasidagi qo‘shma faoliyatni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 25 May 2021 16:29

So‘nggi qo‘ng‘iroq jarangi

Bugun mamlakatimiz maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni. Yurtimiz umumta’lim maktablari 11-sinf o‘quvchilari katta hayotga yo‘llanma oladilar, quyi sinf o‘quvchilari esa yetuklik sari yana bir qadam tashlaydilar.

O‘quvchi-yoshlar hayotida muhim iz qoldiruvchi ushbu kunni munosib qutlash uchun shahrimizdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari qatori universitetimiz professor-o‘qituvchilari ham Samarqand viloyati Samarqand tumani “Konigil” MFYda joylashgan 53- umumiy o‘rta talim maktabiga tashrif buyurdilar. Mazkur maktabda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti professor-o‘qituvchi va xodimlari ishtirokida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Universitet hay’ati maktab bitiruvchilariga kelajakda yurtimiz istiqboli uchun kerakli kadrlar bo‘lib yetishishlarini tilagan holda universitet faoliyati hamda ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib borishdi.

Bitiruvchilar bilan bo‘lgan suhbatlarda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga kirib o‘qishning afzalliklari haqida axborot berildi.

Kategoriya Yangiliklar

2021-yil 20-may kuni universitet rektorining xalqaro maslahatchisi Aliya Kalkamanovna Ospanovaning Ispaniya Qirolligiga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi elchisi janob Jahongir G‘aniyev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida elchixona turizm va madaniy merosni rivojlantirish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, Ispaniya universitetlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.

Elchi Buyuk ipak yo‘lining paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi, Amir Temurning saroyiga tashrif buyurgan ispan elchisi - Rui Gonsales De Klavixoning xalqimizga ma’lum bo‘lmagan hikoyalari va mashhur ispan mualliflarining boshqa qimmatbaho kitoblari to‘plamini taqdim etdi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 24 May 2021 15:49

Oxirgi tovushlar

“Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turkiy tillar” loyihasi veb-saytida “Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan tillar va lahjalarni tadqiq qilayotgan olimlar – 2021” rukni ostida universitetimiz Birinchi prorektori prof. Juliboy Eltazarov “Xorazm va Janubiy Qozog‘istonning o‘g‘uz lahjalari” mavzusidagi ilmiy ma’ruzasi e’lon qilindi.

Kategoriya Yangiliklar

    “Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universiteti Sizni 2021-yilning 11-iyun kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadigan xalqaro onlayn konferensiyaga (internet platformaga asoslangan videokonferensiya formatida, identifikatsiya raqami va ulanish uchun parol qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi) ishtirok etishga taklif etadi. Konferensiyaning mavzusi “Agroturizm, Ekoturizm va Barqaror turizm: nazariya, amaliyot, muammolar va yechimlar”.
     Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi: O‘zbekistonda agroturizm, ekoturizm va barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro va respublika olimlari hamda xalqaro ekspertlar, soha mutaxasisslari ishtirokida ilmiy, amaliy masalalarni muhokama qilishdan iboratdir. Shuningdek, mazkur anjuman mavzusi doirasida tavsiyalar ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish yo‘nalishlarini belgilash, agroturizm, ekoturizm va barqaror turizmni rivojlantirish yuzasidan davlat organlariga, tegishli tashkilotlarga amaliy takliflar berish ham xalqaro konferensiyaning maqsadlari hisoblanadi.
   Mazkur konferensiyaga o‘z maqolalari va tezislari bilan xorijiy va mahalliy olimlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etishlari mumkin.

      Xalqaro konferensiya ish olib boradigan til - ingliz tili.

      Xalqaro konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

  • Qishloq (agroturizm) turizmini rivojlantirishning nazariy masalalari;
  • Agroturizmni rivojlanishi yuzasidan xalqaro tajribalar;
  • O‘zbekistonda agroturizm, ekoturizm va barqaror turizmning hozirgi holati tahlili hamda ularni rivojlantirish istiqbollari;
  • Agroturizm va ekoturizm yo‘nalishlari bo‘yicha turistik mahsulotlarni shakllantirish va uni ilgarilash texnologiyalari;
  • Agroturizm, ekoturizm va barqaror turizm yo‘nalishlarida marketing va menejment.

     Onlayn konferensiyada qatnashish shakllari:

  • Plenar yig‘ilishda ma’ruza;
  • Video/audio prezentatsiya;
  • Muhokamalarda qatnashish.

        Ilmiy maqola va tezislarni qabul qilish bo‘yicha talablar:
   1) Ilmiy maqolaning tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi shart:
   1.1. Tadqiqotning dolzarbligi, mavzu doirasida mavjud muammolar;
   1.2. Muammoni hal qilish yo‘llari;
   1.3. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar;
   1.4. Kutilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy samara.
   2) Ilmiy maqola va tezislar jiddiy tahrir qilingan va rasmiylashtirishning barcha texnik talablariga muvofiq bo‘lishi zarur, jumladan:
   - matn muharriri – MS Word formatida yozilishi;
   - sahifa – A4 o‘lchovida, kitob ko‘rinishida, barcha tomonlardan 20 mm qoldirilishi;
   - shrift – Times New Roman, o‘lchovi (kegl) – 14;
   - qator oralig‘i va xat boshidagi oraliq – 1,5;
   - ilmiy maqola va tezisning hajmi minimum 5 bet va maksimum 8 betdan oshmasligi;
   - ilmiy maqola ilgari hech qaerda chop etilmagan original bo‘lishi;
   - maqola bir vaqtning o‘zida boshqa jurnalga ham chop etish uchun topshirilmagan bo‘lishi;
   - maqola mazmuni nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puxta hamda konferensiya mavzusiga mos kelishi;
   - muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, ilmiy muassasa va tashkilot nomi yuqori o‘ng burchakda, ilmiy maqola  nomi esa o‘rtada (qalin harflar bilan) yozilishi;
   - mualliflar sonining uch nafardan oshmasligi;
   - bir muallif bittadan ortiq maqola yubormasligi;
   - barcha jadval, sxema va rasmlar MS Word formatida, Times New Roman shriftida, ularning nomi sxema va rasmlar pastida, jadvallarning nomlanishi esa tepasida yozilishi;
   - barcha grafik, diagrammalar MS Excel formatida bo‘lishi;
   - jadval, rasm va grafiklarda manbalar va matnda ularga havolalar ko‘rsatilgan bo‘lishi;
   - maqolaning foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qismi APA formati talablariga ko‘ra rasmiylashtirilishi; https://owl.purdue.edu/owl/research_and_citation/apa_style/apa_formatting_and_style_guide/reference_list_basic_rules.html
   - havolalar har bir betning pastki qismida joylashtirilishi kerak.
  3) Ilmiy maqola quyidagi tarkibda shakllantirilishi lozim:
  3.1 Abstrakt;
  3.2. Kirish;
  3.3. Adabiyotlar tahlili;
  3.4. Tadqiqot metodologiyasi;
  3.5. Natijalar;
  3.6. Munozara va xulosa;
  3.7. Taklif va tavsiyalar;
  3.8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
 4) Ilmiy maqola va tezislar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
  5) Konferensiyaga maqola jo‘natishni xohlovchilar ilmiy maqola va tezislarini anketani shu havola orqali to‘ldirilgan holda Universitet veb-sahifasining shu link orqali 2021-yilning 5-iyuniga qadar yuborishlari zarur. Maqola anjumanning qaysi yo‘nalishiga mo‘ljallanganligi anketada (Research area of the article) aniq ko‘rsatilishi lozim. Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va kechikib topshirilgan maqolalar e’tiborga olinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

  6) Yuborilgan ilmiy maqola va tezislar yuqorida keltirilgan talablarga mosligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkaziladi va shuningdek, antiplagiat dasturi asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Konferensiya Ilmiy qo‘mitasi xulosasiga ko‘ra noloyiq deb topilgan materiallar chop etilmaydi va muallifga qaytarib berilmaydi. Ijobiy deb topilgan ilmiy maqola va tezislar nashr uchun elektron to‘plamga kiritiladi va https://www.univ-silkroad.uz/uz/ rasmiy vebsaytiga joylashtiriladi. Shuningdek, ingliz tilida yozilgan, konferensiya mavzusi doirasida muammolarni ilmiy asosda a’lo darajada yoritgan va qoidalarga ko‘ra rasmiylashtirilgan maqolalar universitetning “The Journal of Silk Road Tourism Studies” jurnalida chop etiladi.
  7) Maqolaning originalligi, unda keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga muallif shaxsan javobgar hisoblanadi.

Xalqaro konferensiya Ilmiy Qo‘mitasi a’zolari:

1.         F.f.d., professor J.D. Eltazarov

2.         PhD., dotsent I.R.Patterson

3.         PhD., dotsent S.J. Vroblevskiy

4.         DSc. F.A. Abduraxmonov

5.         PhD. M.H. Siddiqova

6.         Prof. Zou Tongqian

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni ko‘chasi, 17-uy

Murojaat uchun telefon: +998976143377

Kategoriya E'lonlar

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov mashhur kinorejissyor va prodyuser Timur Bekmambetovni qabul qildi.

Uchrashuvda shuningdek O‘zbekiston Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduholiqov va rossiyalik kinorejissyorning turmush o‘rtog‘i – Tatariston Respublikasi prezidentining yordamchisi, Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi a’zosi Nataliya Fishman ishtirok etdi.

Xorijiy mehmonlar O‘zbekiston turizmi va kinematografiyasidagi yirik ko‘lamli islohotlar, xususan viza tizimining soddalashtirilishi va turistik biznesni rivojlantirish uchun qulay sharotlar yaratish, «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» sanitar-epidemiologik xavfsizlik tizimi, kino sohasidagi “Rebate” tizimi, milliy kinoindustriya uchun taqdim etilgan soliq va bojxona preferensiyalariga oid ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

O‘z navbatida, Timur Bekmambetov O‘zbekistonga tashrifining ilk lahzalaridanoq turizm sohasi rivoji uchun kiritilgan investitsiyalar natijalari yaqqol ko‘zga tashlanganini ta’kidlab, mamlakatimizning sayyohlik va mehmondorchilik yo‘nalishidagi o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Shuningdek u o‘zbek xalqining bag‘rikengligi va oqko‘ngilligini alohida qayd etib, bu jihatlarni filmlarda aks ettirish lozimligiga urg‘u berdi. Kinorejissyor “do‘stlik poyezdi”ni tashkil qilishni taklif qildi, uning fikricha, bu barcha san’at namoyondalarini yanada birlashtiradi.

Tomonlar O‘zbekistonda kinoturizmni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashishdi. Filmlar, seriallar va boshqa kino mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beruvchi mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi: Marko Poloning yoki Gonsales de Klavixoning Markaziy Osiyoga sayohatlari alohida qayd etildi.

Shu bilan birga, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ olimlarimiz hayoti va faoliyatiga to‘xtalib o‘tildi. Amir Temur, Manguberdi kabi tarixiy shaxslar taqdiri hamda Kushon imperiyasi, afsonaviy Aleksandra Oks va A.Makedonskiyning mintaqamizdagi davri voqealari orqali mintaqaning boy tarixini ko‘rsatib berish lozimligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, Xo‘ja Nasriddin kabi xalq qahramonlarini ham e’tibordan chetda qoldirilmasligi qo‘shimcha qilindi.

Mehmon respublikamizning yuqori turistik salohiyati, buyuk qahramonlar obrazlari, tarix va tabiiy kinolokatsiyalarni inobatga olib, yirik kinokompaniyalarni yurtimizga jalb qilishga turtki beruvchi qator tashabbuslarni taklif qildi.

Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar