“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” klubining iqtidorli va faol a‘zosi “Yosh kitobxon va yosh qalamkash” to‘garagining etakchisi 4-bosqich talabasi Shoxnigorbegim Juraeva tengdoshlari orasida turizm va she’riyat sohibasi sifatida tanilgan. Uning kishini o‘ylantiradigan she’rlari ko‘p. Shoira talabamizning ijod namunalari viloyat va respublika adabiy nashrlarida chop etilgan. Hozir u Samarqand adabiy muhitida ham ishtirok etib, she’rlari va tarjimalari bilan e’tiborga tushmoqda.
Shohnigorbegim Jo‘raeva universitetda turizm yo‘nalishida a’lo baholarga o‘qish bilan birga, jamoat ishlari, “Yosh qalamkashlar”, “Yosh kitobxon” tugaraklarida ham faol ishtirok etadi. Joriy yilning 23-noyabr kuni Shohnigorbegim Jo‘raeva Pushkin nomidagi viloyat kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi, shoir Toshpo‘lat O‘rxunning “Surur”, “Umr karvoni” nomli she’riy to‘plamlari taqdimotida va yosh ijodkorlarning mushoirasida ishtirok etdi.
Ushbu adabiy kecha viloyat televideniyasi orqali tasvirga olindi. Ko‘rsatuvda oliygohimiz talabasi, iqtidorli Shoxnigorbegim Juraeva ham she’rlari va tarjimalari bilan faol qatnashdi.
Universitetimizdagi xotin-qizlar maslahat kengashi qoshida tashkil qilingan “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klubining iqtidorli talaba qizlaridan besh nafari Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining turli yo‘nalishlar bo‘yicha viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bunda 3-bosqich talabalaridan fan yo‘nalishi bo‘yicha Sabina Mustafakulova, madaniyat yo‘nalishida Muqaddas Sadinova, jamoatchilik yo‘nalishida Fotima, Zuxro Baxromkulovalar hamda adabiyot yo‘nalishida 4-bosqich talabasi Shoxnigorbegim Juraeva g‘olib deb topilib viloyat bosqichida ham ishtirok etishdi. Ayni paytda ularning ishtiroklari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Biz ham shu o‘rinda oliygohimiz qizlariga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Joriy yilning 27-noyabr kuni universitetimizga Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyining bir guruh o‘quvchilaridan iborat yoshlarining sayohati tashkil qilindi. Oliygohimiz tyutori Pirnazar Islomov litsey o‘quvchilariga bu yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishtirib, ta’lim-tarbiya jarayonlari, ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim shakli va turlari bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
Joriy yilning 28-noyabr kuni universitetda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi bo‘lim boshlig‘i F.Madaminov hamda Samarqand viloyat hududiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari J.Ashurov tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda ishtirokchilarga huquqiy savodxonlikning afzalliklari yuzasidan tushunchalar berildi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
O‘tkazilgan seminar davomida talabalarning iste’molchi sifatida duch kelishi mumkun bo‘lgan muammolar va ularni echimi bo‘yicha qator maslahatlar berildi.
Bugungi kunda universitetimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan talaba-qizlar va xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida alohida ro‘yxat shakllantirilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad doimiy ravishda ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan qatlamga amaliy yordam ko‘rsatib borishdan iborat. Joriy yilning 27-noyabr kuni universitet rahbariyati, xotin-qizlar maslahat kengashi va kasaba uyushmaning oliygohdagi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan ayrim talabalar, professor-o‘qituvchilar, texnik hodimlar va tozalik uchun ma’sul bo‘lgan ayollarimizga amaliy yordam ko‘rsatildi.
OLDINDAN TO‘LOV YO‘Q!
Bolgariyada ishlash va sayohat-yozni qora dengiz sohilida yoki qishki ta’tilni chang‘i kurortlarida o‘tkazishni, mehmonxona biznesida mashq qilishni va bir vaqtning o‘zida pul ishlashni istagan talabalar uchun ajoyib imkoniyat.
Bo‘sh ish o‘rinlarining aksariyati mashhur bolgar kurortlaridagi mehmonxonalarda: Albena, quyoshli plyaj, Oltin qumlar va Konstantin.
Shartnoma muddati uchun 3 oylik qisqa muddatli ish vizasi yoki 4-9 kengaytirilgan D vizasi bilan.
Stajyor talabalar oyiga 500 evrodan boshlab stipendiya olishadi.
Ish haqi, shuningdek, ish beruvchi tomonidan belgilangan ish jadvaliga (haftada ish kunlari soni) bog‘liq. Qoida tariqasida, bu 6 kunlik ish haftasi, kuniga 8 soat, dam bir olish kun.
Xodimlar bepul turar joy, ovqatlanish va aviachiptalar bilan ta’minladi.
Talab qilinadi:
Bandlik dasturi xarajatlari $200.
Ushbu tulov evaziga:
Aviachiptalar
aeroportdan mehmonxonaga ko‘chirish,
mehnat ruxsatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish
Viza olish uchun to‘lovlar (qisqa muddatli C vizasi uchun 80 evro va uzoq muddatli D vizasi uchun 100 evro alohida to‘lanadi. Agar siz ushbu dasturga rozi bo‘lsangiz, advisors, 320 officedan batafsil ma’lumot olishingiz va @internship_silkroad yozishingiz mumkin.
Siz ajoyib hordiq chiqarish yoki mehnatingizga yarasha haq olishni orzu qilyapsizmi?
Unda vaqtni behuda sarflamang va Evropada o'‘ingiz orzu qilgan yuqori maoshga ega bo‘lgan faoliyatni topishga kirishing.
Sizni 700 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari kutib turibdi.
+ 371 25777721 raqamiga ilova yoki telegram kanaliga yozing va ko‘proq ma’lumot oling va qulay imkoniyatni boy bermang!
Bundan tashqari siz batafsil ma’lumotni qayta tayyorlovchilardan yoki 320 xonadagi mutaxassislardan olishingiz mumkin.
OLDINDAN TO‘LOV YO‘Q!
Antaliya sohilidagi (Turkiya) 5 yulduzli mehmonxonalar uchun ariza shakllarini qabul qilishni boshlaganligi e’lon qilinadi. Mavsum 2024 yilning may oyi o‘rtalaridan oktyabr oyigagacha davom etadi.
Talab qilinadi:
Ish tajribasi va tillarni bilish darajasi (xush kelibsiz).
Ish jadvali: 6/1, 8 soatlik ish kuni.
Mehnat dasturi xarajatlari 350 (AQSh dollari)
Ushbu mablag‘ evaziga quyidagilar kiradi: aviachipta, aeroportdan mehmonxonaga o‘tkazish, maslahat, viza uchun ariza shakli, tibbiy sug‘urta.
Mehmonxona sizga mavsum oxirida bepul ovqatlanish, turar joy, forma, tibbiy sug‘urta va qaytish aviachiptasini taqdim etadi.
Agar siz ushbu dastur shartlariga rozi bo‘lsangiz, rezyumeni ingliz tilida to‘ldirishingiz kerak. 2-3 ta to‘liq metrajli fotosuratlarni ilova qilish majburiydir (fotosuratlar fotoshopsiz bo‘lishi kerak, selfi emas). Rezyumeni ko‘rib chiqqandan so‘ng batafsil ma’lumotlar muhokama qilinadi.
Batafsil ma’lumotni @internship_silkroad, repetitorlar yoki 320 ofisidan olishingiz mumkin. Istaganlar yashash sharoitlari va bu yil Antaliyada amaliyot o‘tagan yigitlarimizdan so‘rashlari mumkin.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini e’lon qiladi. Maqolalar joriy yilning 29-noyabriga qadar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Tanlov yakuniy natijalari bo‘yicha eng yaxshi yozilgan maqolalar bilan 3 ta o‘rin aniqlanadi va mualliflar taqdirlanadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy oʻquv yurtlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi.
Universitetning Akademik taqvimiga koʻra, bakalavr ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun 2024-yil 8-yanvardan 19-yanvargacha qishki maktab boʻlib oʻtadi va dars jarayonlari 22-yanvardan boshlanadi.
Magistratura mutaxassisligi talabalari uchun 2024-yil 15-yanvardan dars jarayonlari boshlanadi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz