Joriy yilning 2-noyabr kuni 80-yillarning afsonaviy xokkeychisi, bugungi kunda Rossiya Davlat Dumasining Jismoniy madaniyat va sport, turizm va yoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vyacheslav Fetisov universitetimizga keldi. Yuksak darajadagi mehmonni “Ipak yo‘li” turizm universiteti rektori A.Abduxakimov kutib oldi va o‘zaro muloqot o‘tkazdi. Muloqot jarayonida bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasida keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan infratuzilma va bu yo‘nalishda Rossiya davlati bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari xususida gapirdi. Ta’kidlandiki, joriy yilda yurtimizga kelayotgan mehmonlar soni o‘tgan yillarga nisbatan bir munchaga oshgan bo‘lib, kelasi yilda bu ko‘rsatgich o‘n million nafarni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan. Yurtimizning turizm sohasidagi jozibadorligi Rossiya davlati fuqarolarini befarq qoldirgani yo‘q. Buni ko‘plab rossiyaliklarning yurtimizga tashrifidan ham ko‘rish mumkin. Shuningdek muloqot chog‘ida Rossiya Davlat Dumasining Jismoniy madaniyat va sport, turizm va yoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vyacheslav Fetisov ham serquyosh O‘zbekistondagi tarixiy obidalar, turizmda yaratilgan sharoitlar, soha rivoji uchun juda katta imkoniyat ekanligi va ikki davlat o‘rtasida hali qilinishi lozim bo‘ladigan ko‘plab vazifalar borligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng Rossiya Davlat Dumasining Jismoniy madaniyat va sport, turizm va yoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vyacheslav Fetisovga Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan turizm sohasida mutaxassislar tayyorlab beradigan universitetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Joriy yilning 26-oktabrida Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida “Tyutorlar faoliyatini tashkil etish” mavzusidagi seminar-treningda universitetimizning tajribali tyutorlaridan Pirnazar Islomov ishtirok etdi.
Seminarda spikerlar tomonidan “Tyutorlar faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlari” mavzusida taqdimot o‘tkazilib, unda tyutorlarning majburiyatlari, maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari xususida fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari seminar treningda tyutorlik faoliyatini yuritish maqsadida 30 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanilishi, uning faoliyati modeli, kasbiy kompetensiyasi, ishni tashkil qilish va yuritish texnologiyalari, ota-onalar bilan ishlash mexanizmi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori N.Egamberdiyeva “Oliy ta’lim muassasalarida oila-mahalla-jamoat tashkilotlari hamkorligini tashkil etish, talaba-qizlar bilan amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar mazmuni” mavzusida ma’ruza qildi.
Samarqand viloyatidagi Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi yo‘nalish koordinatorlari va talabalardan iborat jamoalar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi tashkil etildi.
Tashkil etilgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rin “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Silk Road” jamoasiga, 2-o‘rin Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Ligeon” jamoasiga, 3-o‘rin Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali “Gambit” jamoasiga nasib etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib jamoalarga O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Samarqand viloyat Kengashi raisi D.Azizova tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Turizm menejmenti” kafedrasida darslar amaliyot bilan uzviylikda tashkil qilinmoqda. Kafedra o‘qituvchisi Charos Maxmadiyeva “Oziq-ovqat mahsulotlari va vino turizmi” fani darsida talabalar bilan amaliy darslar tashkil qilib kelmoqda.
Turizm menejmenti kafedrasi tomonidan “Restoran biznesini boshqarish” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Mehmonlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish” mavzusida ma’ruza tashkil etildi.
Ekspert – “Soft Business Group” hududiy direktori Xurshed Xojiev talabalarni HoReCa sanoatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan R_keeper dasturi imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Talabalar bo‘lajak tadbirkor, menejer, ish yurituvchi sifatida restoran, ombor va ishlab chiqarishni boshqarish uchun mavjud vositalar bilan tanishdi va restoran xodimlarining samarali ishini tashkil etish, mehmonlarning doimiyligini ta’minlash uchun innovatsion texnologik yechimlar bilan yaqindan tanishdi. Elektron menyu, aqlli tadbir video monitoring, kassa hududi tizimi, stolni avtomatik bron qilish tizimi, restoran faoliyatini masofadan kuzatish tizimi, yetkazib berish xizmatini avtomatlashtirish tizimi va boshqalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
O‘zbekistonning tarixiy shahri – Samarqandda ilk bor BMTning cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyasiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirga sanoqli kunlar qoldi.
Bugun biz CRIC-21 nima ekanligini va ushbu voqelikning dunyo hamjamiyati uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.
“Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan universitetimiz talabalariga jahon brendlari ega mehmonxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Samarqand shahridagi “Hilton Garden Inn” mehmonxonasida universitetimiz talabalari uchun amaliy dars tashkil etildi. Mehmonxona bosh menejeri Dmitriy Karpov bilan birga, talabalar mehmon maydoni, fitnes markazi, konferentsiya zallari va mehmonxona xonalari bilan tanishtirildi. Mehmonxona bosh menejeri har bir bo‘limning vazifalari, mehmonxona siyosati va maqsadlari haqida tushunchalar berdi. Shuningdek, “Mehmondo‘stlik sohasida tadbirlarni tashkil etish” mavzusida taqdimot qilindi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz