Joriy yilning 15-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Rektor soati o‘tkazildi. Uni universitet rektori A.Abduxakimov ingliz tilida o‘tkazdi. Yig‘ilishda universitet prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasi yangi bosqichga ko‘tarildi. Sohaga malakali mutaxassislar tayyorlab berishda universitetimiz oldida juda katta mas’uliyat va vazifalar turibdi. Shundan kelib chiqib universitetimiz rektori A.Abduxakimov professor-o‘qituvchilarimiz talabalarga ta’lim-tarbiya berishda yuqori pedagogik mahoratlarini ishga solgan holda faoliyat olib borishi lozimligi xususida gapirdi. Bundan tashqari Turizm Akademiyasi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish kerakligi aytildi. Ushbu masalada universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Artyom Klikov taqdimot o‘tkazdi. Ingliz tilida o‘tgan taqdimotda Turizm Akademiyasining faoliyati, undagi talabalar uchun yaratilgan gastronomik turizm bo‘yicha laboratoriyalar, kutubxonalar, dars jarayonlari xususida tahliliy fikrlar bildirilib savollarga atroflicha javob berildi. Shuningdek, Rektor soatining kun tartibidagi mavzu yuzasidan oliygohimiz prorektori J.Hoffman va boshqa professor-o‘qituvchilar o‘z fikrlarini bildirdi.
Joriy yilning 15-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining xorijiy tillardagi adabiyotlarni nashr etish va tarqatish boshqarmasi rahbari Du Chjanyuan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetimiz rektori A.Abduxakimov kutib oldi. Ta’kidlandiki, bugungi kunda O‘zbekiston hamda Xitoy davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kun sayin mustahkamlanib bormoqda. Bu borada universitetimiz ham Xitoyning qator oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek o‘zaro muloqot davomida Xitoy Xalq Respublikasining nashr ishlari boshqarmasi boshlig‘i Du Chjanyuan ham “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va undagi ta’lim-tarbiya jarayonlari xususida iliq fikrlarni bildirdi va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Tashrif davomida mehmonlar universitetimizdagi milliy liboslar galeriyasi, talabalar uchun yaratilgan turizm laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish bilan birga, oliygoh kutubxonasiga kitoblar jamlanmasini taqdim qildi.
2024-yil 1-chorak uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida оliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga hujjat topshirgan tadqiqotchilar diqqatiga. Shu yilning 23-noyabr kuni soat 14:30da universitetimizda mustaqil izlanuvchilikka (PhD), tayanch doktoranturaga (PhD) va stajor tadqiqotchilikka o‘qishga talabgorlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranturaga (PhD) va stajor-tadqiqotchilikka kirish uchun imtihonlar hamda mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat o‘tkazish
JADVALI
№ |
Ixtisoslik shifri va nomi |
Imtihon o‘tkaziladigan fan nomi |
Imtihon o‘tkazilish kuni va vaqti |
Imtihon o‘tkaziladigan joy |
Tayanch doktorantura (PhD) |
||||
1 |
08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi |
Mutaxassislik |
2023-yil 23-noyabr soat 14:30 |
Universitet binosi, 230-xona |
Mustaqil izlanuvchilik (PhD) |
||||
1 |
08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi |
Mutaxassislik |
2023-yil 23-noyabr soat 14:30 |
Universitet binosi, 230-xona |
2. |
08.00.13-“Menejment” ixtisosligi |
Mutaxassislik |
2023-yil 23-noyabr soat 14:30 |
Universitet binosi, 230-xona |
3. |
08.00.05-“Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi |
Mutaxassislik |
2023-yil 23-noyabr soat 14:30 |
Universitet binosi, 230-xona |
Stajor-tadqiqotchilik |
||||
1. |
08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi |
Mutaxassislik |
2023-yil 23-noyabr soat 14:30 |
Universitet binosi, 230-xona |
*“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlarga kirish imtihonlari mutaxassislik fanlaridan imtihon dasturlariga asosan o‘tkaziladi (ixtisosliklar bo‘yicha imtihon dasturlari ilova qilinadi).
Talabgorlardan imtihon va suhbat o‘tkaziladigan paytdan yarim soat oldin imtihon o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) bilan kelishlari so‘raladi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchisi Sanjar Jumanazarov DAAD (German Academic exchange Service) loyihasinig “Sharqiy hamkorlik” dasturi doirasida doktoranturada grant asosida 2 oy muddatda Germaniyaning Konstanz amaliy fanlar universitetida o‘zining ilmiy tadqiqotlarini olib bordi. Tadqiqot davri mobaynida Sanjar Jumanazarov 6-oktabr kuni Konstanz amaliy fanlar universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada onlayn tarzda ishtirok etdi. Konferensiya davomida O‘zbekiston va Germaniya institutlari olimlari o‘rtasida o‘zaro fikr va mulohazalar almashinildi hamda ikki davlat o‘rtasida turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Bundan tashqari Konstanz amaliy fanlar universiteti professori Timmning darsiga mehmon o‘qituvchi sifatida taklif etilgan universitetimiz tadqiqotchisi o‘zining “O‘zbekistondagi mobillik” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Sanjar Jumanazarov o‘zining ma’ruzasi davomida xorijlik talabalarga O‘zbekistondagi transport va mobillik landshafti, uni rivojlantirishdagi muammolar, sohaga joriy qilingan innovatsiyalar va kelajak istiqbollari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Sanjar Jumanazarovning olib borayotgan tadqiqotlari kelgusida mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishda ilmiy kadrlar salohiyatini yuksaltirishda samaralari natijalar berishiga ishonamiz! Yutuqlar bardavom bo‘lsin!
Joriy yilning 15-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimov Samarqand turizm va madaniy meros texnikumiga direktor sifatida tayinlangan Inoyatov Jo‘raqul Bahriddinovichni jamoaga tanishtirdi. Yangi rahbarni jamoaga tanishtirishda universitetimiz rektori bugungi kunda professional ta’lim tizimida turizm va madaniy meros sohalari bo‘yicha mutaxassis tayyorlashda amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Ma’lumki, joriy yilda Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi qayta kapital ta’mirdan chiqarilib yangicha ko‘rinish olish bilan birga, tizimga malakali mutaxassislar tayyorlashda ham moddiy texnik baza mustahkamlab berildi. Endilikda ushbu yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanish lozim bo‘ladi. Shuningdek universitetimiz rektori texnikum hududida talabalar uchun qurilayotgan yotoqxona bilan yaqindan tanishdi.
Toshkent shahridagi Westminster xalqaro universiteti tayanch doktoranti Raximova Nilufar hamda universitetimiz “Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi” tomonidan joriy yilning 15-noyabr kuni 08.00.17 –“ Turizm va mehmonxona faoliyati” va 08.00.13 – “Menejment” ixtisosliklari bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Hududda barqaror turizmni boshqarish mexanizmini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan ilmiy seminar o‘tkazildi.
Joriy yilning noyabr oyida universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o’qituvchisi Mohammad Shahparan va ikkinchi bosqich 122-guruh talabalari Samarqand xalqaro aeroportida “Havo transportini boshqarish” fanidan havo liniyalarining marketing strategiyasi, yo’lovchilarning yaxshi dam olishi, bojsiz do’kon, bojxona, immigratsiya va boshqa shu kabi amaliy kuzatish jarayonlarida ishtirok etdi. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba yoshlarimizni turizm sohasida mehmonlarni kutib olish, ularga yuqori darajada servis xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotlari bilan yaqindan tanishish va o‘z ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
Tayanch doktorantura (PhD)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim:
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра., Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Hujjatlar joriy yilning 15-noyabr sanasidan 15-yanvar sanasiga qadar qabul qilinadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlaridan suhbat bo‘lib o‘tadi. Imtihon sanasi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Qo‘shimcha ma’lumot: Tayanch doktoranturaga o‘qishga kirishga talabgorlar tomonidan dissertatsiya ishi asosnomasi quyidagi tartibda yozilishi lozim:
(namuna)
TADQIQOTChINING IQTISODIYOT FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) MAVZUSI BO‘YIChA
ASOSNOMA
Tadqiqotchining F.I.Sh.:
Tadqiqotchining maqomi va qabul qilingan sanasi: tayanch-doktorant, 03.01.2023yil
Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertasiya ishi mavzusi:
Ixtisoslik shifri:
Dissertasiya ishi bajarilayotgan fan tarmog‘i: iqtisodiyot
Ilmiy rahbar (yoki konsultant mavjud bo‘lgan taqdirda):
Ish bajarilayotgan tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
1. Dissertatsiya ishi mavzusi va qisqacha xulosa (30-80 so‘z);
2. Adabiyotlar ro‘yxati, tadqiqot usullari va mazmuni (1000 so‘z);
3. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari (20-25 so‘z)
4. Kutilayotgan ilmiy yangiliklar. (50-75 so‘z)
5. Ishning amaliy va ilmiy natijasi. (45-60 so‘z)
2023-yilning 14 - noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti volontyor-talabalari “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” oyligi doirasida voleybol sport turi bo’yicha o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishdi va va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdi!
Ushbu sport tadbirida talaba-yoshlarimiz sportning voleybol turi bo‘yicha o‘z mahaoratlarini ko‘rsatgan holda o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi. Bu kabi sport tadbirlari talaba yoshlarimizning sportga, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Shu o‘rinda barcha talabalarimizni sport-aksiyasida faol bo‘lishlarini va sog‘lom turmush tarzi bilan shug‘ullanishlariga chorlab qolamiz!
Universitetimizda oylik doirasida qator tadbirlar o‘tkazilib unda 50 nafardan ziyod talaba jalb etildi.
“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti o‘qituvchisi Turdiyeva Nargiza Mardonovna (PhD v.b.dotsent) “Loyiha taʼlim texnologiyasi asosida turizm yo‘nalishi talabalarida muloqotchanlik ko’nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi monografiyasi chop etildi.
Muloqot ko'nikmalari bo’lajak turizm mutaxassisining ajralmas qismidir. Ushbu kitobda loyiha texnologiyalaridan foydalangan holda talabalarning muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish usullari va uslublari ochib berilgan. Monografiya dolzarb ahamiyatga ega, chunki “turizm va kommunikatsiya” komponentlarini birlashtirishda innovatsion yondashuv bo‘lib, sifatli o‘quv jarayonini tashrillashtirishga muhit yaratib beradi.
Turdiyeva Nargiza Mardonovnaga ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz