2023-yilning 25-noyabr sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil izlanuvchisi Samiyev Siroj Saitovichning 08.00.17 –“Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda hududiy ishbilarmonlik turizmni rivojlantirish yo‘llari” mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Bunda tadqiqotchining dissertatsiya ishi yakunlari bo‘yicha muallif tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy yangiliklarini amaliyotga joriy qilinishi va ularning turizm sohasi rivojida tutgan o‘rni tahlil qilindi.
13-17-dekabr kunlari Toshkent shahrida Prezident sovrini uchun talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual olimpiadasining hududiy saralash o‘yinlari 25-noyabr sanasida Samarqand shahridagi Yoshlar Markazida bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi intellektual olimpiadaning Samarqand viloyati saralash bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi qo‘lga kiritib keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kitirdi.
Intellektual olimpiadaning respublika bosqichida 50 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etadi.
Universitetimiz jamoasiga omad tilaymiz!
Universitetimizning Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov, “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri A.Odilov, “Tillar” kafedrasi mudiri T.Sultanov va O‘quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i M.Yorqulovlar yaqinda Turkiyaning Marmaris shahrida Alanya va Beykent universitetlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan “5-Xalqaro turizm va madaniy meros xalqaro kongressi”da ishtirok etishdi.
Universitetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan kongress ishtirokchilariga O‘zbekistonda turizm sohasi rivojlanishi yo‘lida olib borilayotgan islohatlar, nomoddiy madaniy merosning turizmdagi o‘rni va Samarqandning turizm salohiyati bo‘yicha taqdimot qilib berildi. O‘ndan ortiq davlatdan ishtirok etgan kongress qatnashchilarida so‘nggi yillarda yurtimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar ijobiy taassurot qoldirdi.
Joriy yilning 23-24-noyabr kunlari Shvetsariyaning “Helvetas Swiss Intercoperation” tashkitlotining O‘zbekistondagi vakillari hamda Mehmondo‘stlik boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha dunyoga mashhur EHL Mehmondo‘stlik biznes maktabi vakili Sсott Ryan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlar Samarqand turizm akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Ma’lumki, ushbu akademiya faoliyati turizm sohasining yanada ravnaq topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shundan so‘ng mehmonlarga Samarqand turizm akademiyasining buguni va kelajagi xususida universitet kafedrasi o‘qituvchisi Artyom Klyukov va Shvetsariyaning “Helvetas Swiss Intercoperation” tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari hamda Mehmondo‘stlik boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha dunyoga mashur EHL Mehmondo‘stlik biznes maktabi vakili Scott Ryan tomonidan ham tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi. Amaliy tashrif davomida ikki tomon vakillari tomonidan turli xil yo‘nalishdagi foydali dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Joriy yilning 22-noyabr kuni universitetimizga Koreya Respublikasining EGIS Co.Ltd kompaniyasining global marketing bo‘yicha bosh direktori Kvang Se Lee va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish markazining jamoaviy ishlar bo‘yicha menejeri Bekzod Komilovlar tashrif buyurdi.
Uchrashuvda kompaniya vakillari tomonidan O‘zbekistonda GIS va raqamli egizak texnologiyalar (digital twin technologies) asosida madaniy merosni boshqarish va ulardan foydalanish sohasida salohiyatni oshirish bo‘yicha ODA loyihasi ishlab chiqilayotganligi hamda ilg‘or 3D GIS va raqamli egizak texnologiyalar asosida amalga oshirilishi kutilayotgan loyiha haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, muloqot chog‘ida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihaga amaliyot tarzida universitet talabalarini jalb qilish imkoniyatlari haqida o‘zaro fikr almashildi.
“25 – noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” ga bag‘ishlab “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” klubi a‘zosi Muqaddasxon Sadinova “Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari” shiori ostida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasiga bag‘ishlangan rolik tayyorlagan.
Universitetimiz talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida joriy yilning 24-noyabr kuni Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi qoshidagi “Chavandozlar maktabi” hududiga sayohati tashkil etildi. Ma’lumki “Chavandozlar maktabi”da otlarning turli zotlariga mansublari pavarish qilinadi. Bundan tashqari bu yerda doimiy ravishda chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida ot sportini faol targ‘ib qilish va ommalashtirish kabi muhim tadbirlar o‘tkazilib boriladi. Talabalar maktab rahbariyati va chavandozlar bilan yaqindan muloqot qilishdi.
2023-yil 23-noyabr sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga (tayanch doktorantura (PhD) va stajor-tadqiqotchilikka o‘qishga kirish uchun imtihon hamda mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirish uchun talabgorlar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon va suhbat jarayonlarida ishtirok etgan jami 15 nafar talabgorlardan 9 nafari tayanch doktoranturaga , 5 nafari mustaqil izlanuvchilikka hamda 2 nafari stajor tadqiqotchilikka o‘qishga kirishga nomzodlar sifatida ishtirok etishdi. Imtihon natijalariga ko‘ra 2 nafar nomzodlar 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga, 3 nafar taabgorlar (2 nafar talabgorlar 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha, 1 nafar 08.00.05-“Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha) mustaqil izlanuvchilikka (PhD) hamda bir nafar nomzodlar stajor tadqiqotchilikka o‘qishga tavsiya etildi. Quyidagi keltirilgan baholash qaydnomasida imtihon natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
Joriy yilning 23-noyabr kuni Samarqand shahridagi 72-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida universitet bo‘ylab tanishtiruv tashkil etildi. Tanishtiruv davomida universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoyitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Joriy yilning 24-noyabr kuni oliygohimiz yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova va “Students Parlament” Prezidenti Emir Zeytullaev, tyutor G.Xusainova tomonidan birinchi bosqich talaba-yoshlar ishtirokida xalqimizning milliy urf-odatlari va milliy hamda zamonaviy liboslarni keng targ‘ib qilish maqsadida “Fashion day” tadbiri o‘tkazildi. Dastlab tadbirda birinchi bosqich talablari o‘zaro jamoalarga bo‘lingan holda milliy va zamonaviy kiyimlarni namoyish qilishdi. Talaba qizlarimiz tomonidan adras, atlas, beqasam kabi xalqimizning milliy matolaridan tikilgan liboslari namoyish qilingan bo‘lsa, yigitlarimiz tomonidan bugungi kunda urf bo‘lgan zamonaviy kiyimlar namoyish qilindi. Har bir chiqish hakamlar tomonidan baholab borilib, yakunda g‘oliblar e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, “Mantour-123” jamoasi 3-o‘rin, “Mantour-223” jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, birinchi o‘ringa “Tour-123-223” jamoasi munosib ko‘rildi. Jamoalarni taqdirlash marosimida universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov so‘z olib birinchi bosqich talabalarining g‘ayrat, shijoati xususida gapirib, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi va g‘oliblarni taqdirladi. Tadbirda talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangrab barchani o‘yinga chorladi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz