Yangiliklar: Noyabr 2023

Seshanba, 14 Noyabr 2023 15:11

E’LON

2023-yil 24-noyabrda “GUIDE CLUB” ochilishini e’lon qilamiz. Agar siz gidlik sohasiga qiziqsangiz va O’zbekistonning o’ziga xos joylarini zabt etishni xohlasangiz, link orqali klubga qo’shiling: https://t.me/+9DHjPwOcpvdiOGYy

Kategoriya E'lonlar
Seshanba, 14 Noyabr 2023 14:07

“Tog‘da bir kun” loyihasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Urgut tumanining Tersak turizm qishlog‘ida “Tog‘da bir kun” loyihasi tashkil etildi. Loyiha doirasida milliy o‘yinlar, musobaqalar, hamda oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari o‘rtasida  “Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan Osh chempionatida universitet yoshlar yetakchisi S.Haydarov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 13-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i A.Matlubov, Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i R.Raxmonovlar ishtirokida “Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” oyligi doirasida talabalar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda bugungi kunda yoshlar o‘rtasida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish, ta’lim muasassalarida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarning salbiy oqibatlarini keng targ‘ib qilish borasidagi ishlarni kuchaytirish kabi masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi.

Profilaktik uchrashuvda mutaxassislar tomonidan talabalarga dunyoni larzaga solayotgan og‘uning insoniyatga keltirayotgan kulfatlari haqida ma’lumotlar berildi hamda talabalar o‘zlarini qizirtirgan savollarga javob olishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 10 Noyabr 2023 17:39

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi talabalar uchun “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni doirasida loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga loyihalar 3 ta yo‘nalishda qabul qilinadi:      

-  amaliy loyihalar

-  startap loyihalar

-  ilmiy loyihalar

Tanlovda ishtirokchilar jamoaviy hamda yakka tartibda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga arizalar 2023-yilning 27-dekabriga qadar https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeaPWV_58l9Mj0zfkD8jBqWbLD6LJatcBiAXuM2uflVsgcgwQ/viewform?usp=sf_link  platformasi orqali elektron qabul qilinadi.                 

Tanlovda eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflariga 1-o‘rin uchun BSM (bazaviy stipendiya miqdori)ning uch baravari, 2-o‘rin uchun BSMning ikki baravari, 3-o‘rin uchun BSMning bir baravari miqdorida pul mablag‘lari bilan  rag‘batlantiriladi.

Kategoriya E'lonlar
Juma, 10 Noyabr 2023 17:28

Ilmiy soha vakillari uchun seminar

Joriy yilning 15-noyabr kuni soat 14:30da universitetning 108-xonasida Toshkent shahridagi Westminster xalqaro universiteti tayanch doktoranti Raximova Nilufar hamda universitetimiz “Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi”  tomonidan 08.00.17 –“Turizm va mehmonxona faoliyati” va 08.00.13 – “Menejment” ixtisosliklari bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Hududda barqaror turizmni boshqarish mexanizmini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan seminar tashkil etilmoqda.

Ushbu mavzuga qiziquvchi barchani seminarga taklif etamiz.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliygohimizning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan “Eng yaxshi innovatsion loyihalar” tanlovi yakunlari bo‘yicha 3 ta o‘rin aniqlab olindi. Natijalarga ko‘ra, eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflari 1-oʻrin uchun “Bazaviy stipendiya miqdori”ning uch baravari, 2-oʻrin uchun ikki baravari va 3-o‘rin uchun bir baravari miqdorida pul mablag‘lari  va sertifikatlar bilan ragʻbatlantirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Ma’lumki, joriy yilning 16-20 oktabr kunlari Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda universitetimiz talaba-yoshlari ham volontyor sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Kuni kecha Quvayt davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan, O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligiga Quvayt davlati delegatsiyasiga hamrohlik qilgan volontyor talabamiz Erkinov Rustam nomiga Minnatdorchilik xati yuborilgan.

Universitetimiz jamoasi ham ushbu talabamizning nufuzli tadbirdagi samarali mehnatining e’tirofi bilan qutlaymiz. 

Xat ilova qilinadi
Minnatdorchilik xati

Kategoriya Yangiliklar

2023-yilning 25-noyabr kuni soat 11:00da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil izlanuvchisi Samiyev Siroj Saitovichning  08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Hududlarda ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar

Universitetimiz talabalaridan bir guruhi joriy yilning 3-noyabr kuni Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi huzuridagi “Chavandozlar maktabi” hududiga sayohati tashkil qilindi. Shu kuni harbiy xizmatchilar va talabalar o‘rtasida ot ustida kurash turi bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Unda ishtirokchi polvonlarning chapdastligi, ot minish mahorati namoyon bo‘ldi.

Universitet talabalari ham ot ustida kurashda faxrli o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasining ikkinchi kotibi, Lal Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyati markazi direktori, janob Sitesh Kumar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarni universitet prorektori J.Xoffman kutib oldi. Ma’lumki, bugungi kunda universitetimizda dunyoning ko‘plab davlatlari qatori Hindistondan ham 6 nafar talaba tahsil olmoqda. Tadbirlar doirasida dastlab mehmonlar universitetimiz talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarga bugungi kunda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanib borayotganligi xususida fikrlar bildirildi. Yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shundan so‘ng mehmonlar hindistonlik rassomlar ijodiga mansub rasmlar ko‘rgazmasi va hind milliy taomlari bilan tanishdi. 

Anjuman yakunida faol va iqtidorli talabalarga sertifikat va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar
6 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar