Yangiliklar: Iyul 2023

Xitoy Xalq Respublikasi Pekin xalqaro ta’lim universitetining O‘zbekiston tomoniga 2023-yil 15-iyunda yo‘llagan murojaatiga muvofiq, Ipak yo‘li mamlakatlari bilan madaniy meros turizmi sohasida hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashish tizimini joriy etish maqsadida joriy yilning 2-15-avgust kunlari Xitoyning Pekin, Shanhay va Sian shaharlari bo‘ylab 30 nafar ishtirokchidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ikki haftalik “Advanced Seminar on Silk Road Culture and Tourism Development” nomli ilmiy seminar o‘tkazlishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu anjumanda  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilaridan iborat guruh Xitoy davlatiga jo‘nab ketadi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 31-iyul kuni Xitoyga boradigan professor, o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda so‘z olgan universitet Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov anjumandan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga to‘xtalib o‘tish bilan birga, har bir professor-o‘qituvchi seminarda faol bo‘lishi va o‘ziga zarur bo‘ladigan bilim va tajribalarni  yanada chuquroq o‘rganishi lozimligi xususida gapirdi. Shuningdek tadbirda bo‘lim boshliqlari, kafedrа mudirlari tomonidan tashkiliy masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.  

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 27 Iyul 2023 20:16

Mahalla yoshlari holidan xabar olindi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning puxta bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng-ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

2023-yil 27-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov boshchiligidagi universitet xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tarbiyalash,  kasbga o‘rgatish va yo‘naltirish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi “Imom Vose” va “Kaftarxona“ mahallalari yoshlari bilan uchrashdi.

Jumladan, universitet hay’ati Samarqand shahridagi “Imom Vose” mahallasida yashovchi Bagirov Murod, Salomov Istam va Bo‘rieva Sabinalar xonadonida bo‘lib, ularning turmush sharoiti, muammolari, qiziqishlari, takliflari hamda kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Bagirov Murod hozirda davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘zining yashab turgan xonadonida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi hamda kelgusida tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Ayni paytda, hech qanday moddiy yordamga muhtoj emasligi, aksincha Yurtboshimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan alohida e’tibordan bag‘oyat mamnun ekanligini alohida ta’kidladi.

“Imom Vose” mahallasi yashovchi yoshlar Salomov Istam va Bo‘rieva Sabinalar xonadonida bo‘lib, ularning ham holidan xabar olindi.

Shundan so‘ng, Samarqand shahridagi “Kaftarxona“ mahallasida bo‘lib, Odilov Ilhom va Sharipov Alisherlar bilan muloqotda bo‘lib, ularning muammolari, taklif va tashabbuslari o‘rganildi. Joriy yilda umumta’lim maktabini bitirib, katta hayotga qadam qo‘ygan Sharipov Alisher bilan suhbat chog‘ida u sartaroshga shogird tushganligini va kelgusida ushbu kasb egasi bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib olganligini aytdi.

Uchrashuv so‘nggida barcha yoshlarga kitoblar to‘plami tuhfa qilindi.

Kategoriya Yangiliklar

Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ertamiz egalari o‘zlarining qiziqishlari bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalardagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning holidan xabar olish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yildi. Bu borada mas’ullarga kerakli ko‘rsatmalar berilib, mahalla yoshlariga biriktirildi.

Jumladan, "Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori J.Eltazarov ham o’ziga biriktirilgan “Kaftarxona” mahallasida istiqomat qiladigan Nu’manova Shahlo bilan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida birinchi prorektor J.Eltazarov Sh.Nu’manovaning murojaatlarini eshitib, ularni   hal etish  yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirdi.

Kategoriya Yangiliklar

Ushbu yilning 24-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitiga Xitoy-Shanghay hamkorlik tashkilotining iqtisodiyot va savdo instituti xalqaro hamkorlik va rivojlantirish bo‘limi direktor o‘rinbosari Wang Zezhi tashrif buyurdi. Mehmonni universitet birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi.

O‘zaro muloqot davomida mazkur tashkilotning ochilish tarixi, oliy ta’lim sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari, O‘zbekistonda turizm sanoatini rivojlantirishda Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan  taklif qilinayotgan dasturlar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek Xitoy-Shanghay hamkorlik tashkilotining iqtisodiyot va savdo instituti xalqaro hamkorlik va rivojlantirish bo‘limi direktor o‘rinbosari Wang Zezhi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yaratilgan imkoniyatlar yuqori darajada ekanligini ta’kidladi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 24 Iyul 2023 20:27

Indoneziyalik olimlar universitetimizda

Joriy yilning 22-iyul kuni Indoneziyaning 27 ta oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan professor, o‘qituvchilar  Gunadarma universiteti rektori professor E.S.Margianti xonim boshchiligida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi va oliygohda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek muloqot davomida Indoneziya professorlar uyushmasi vakili professor Ari Purbayanto O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining Indoneziya  bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalari bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  Uchrashuvda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan turizm sohasida kadrlar tayyorlashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi ham o‘rtaga tashlandi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar ziyorat turizmi va halol turizm dasturi orqali O‘zbekistonga Indoneziyadan yanada ko‘proq turistlar oqimini yo‘naltirish lozimligini ta’kidlashdi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 24 Iyul 2023 15:41

E'lon

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

2023-2024-o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:

1. Menejment (1 shtat birligi)

2 .Logistika (1 shtat birligi)

3. Turizm (1 shtat birligi)

4. Iqtisodiyot (1 shtat birligi)

5. Marketing (1 shtat birligi)

6. Matematika (1 shtat birligi)

7. Statistika (1 shtat birligi)

8. Buxgalteriya (1 shtat birligi)

9. Moliyaviy menejment (1 shtat birligi)

10. Tadbirkorlik va biznes yo’nalishi (1 shtat birligi)

11. Mehmonxona va mehmondo’stlik yo’nalishi (1 shtat birligi)

12. Ommaviy tadbirlar tashkil qilish (1 shtat birligi)

13. Qishloq xo’jaligi turizmi (1 shtat birligi)

14. Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1 shtat birligi)

15. Turizm huquqi (2 shtat birligi)

16. Turk tili (1 shtat birligi)

17. San’at tarixi (0,25 shtat birligi)

18. Muzeyshunoslik (0,5 shtat birligi)

19. Arxeologiya (1 shtat birligi)

20.  Kulolchilik texnikasi (0,25 shtat birligi)

21. Ispan tili (2 shtat birligi)

O‘qituvchi lavozimi uchun malaka talablari:

  • Oliy ma’lumot (magistr diplomli mutaxassis), shuningdek, ilmiy daraja (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan va o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot hamda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
  • namunaviy xulq, shaxsiy fazilatlar, intellektual salohiyat va yuksak madaniyatga ega bo‘lish;
  • yetakchilik, ijodiy fikrlash, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  • mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish;

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilish. Ingliz tilidan  IELTS 6,5 darajasidagi yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi B2 darajasidagi sertifikatga ega bo‘lish.

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olish
hamda Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

O‘qituvchi lavozimining faoliyat yo‘nalishi va vazifalari:

  • O‘quv rejalarda belgilangan o‘quv mashg‘ulotlarni, seminarlarni yuksak saviyada o‘tkazish;
  • talabalarning, malakaviy bitiruv ishlariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
  • darslik, o‘quv-uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlarni tuzish;
  • iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash;
  • tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;
  • tajribali xorijiy o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ijro intizomi, mehnat va o‘quv intizomi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitet Ustavi, Ichki tartib qoidalari, universitetning odob-axloq qoidalar, universitetda kiyinish madaniyati (dress code)ga amal qilish hamda universitet senati qarorlari, rektor buyruqlari, kafedra mudiri topshiriqlari, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun va ta’lim tizimiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish.

Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga quyidagilarni ta’minlaydi:

  • barqaror oylik maosh (ustama haqi mavjud);
  • istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati.

Ish tartibi: dushanbadan juma kuniga qadar.

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha.

Dam olish kuni: shanba, yakshanba.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2023- yil 16-avgust (shu kuni ham soat 18:00 ga qadar).

Nomzodlardan Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga va +99893 523-22-95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi so‘raladi:

  • O‘zbek, rus yoki ingliz tilidagi KPI;
  • Ma’lumotnoma yoki CV;
  • Diplom.

 

Ma’lumot uchun telefonlar:

+998 66 240-67-73

+998 66 240-67-68

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 20-iyul kuni Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J.Xolboyev, “Amina travel” MCHJ rahbari S.Amonov  va boshqalar ishtirok etdi va barcha bitiruvchilarni qutlab ularning kelgusi ishlarida omad yor bo‘lishini tiladi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 20- iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Yaponiya madaniy jo‘natmalarni targ‘ib qilish qo‘mitasi rahbari Haruko Tachibana tashrif buyurdi. Mehmonni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Dastlab mehmon universitet kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi va o‘tgan yili Yaponiyaning “TOSHIBA FOUNDATION” xalqaro jamg‘armasi tomonidan universitetimiz kutubxonasiga berilgan 144 dona turli adabiyotlar, qo‘llanmalarni ko‘zdan kechirdi.

Ahamiyatlisi, ushbu adabiyotlarga talabalarimiz tomonidan juda katta qiziqish va talab bo‘lganligini ko‘rish mumkin. O‘zaro muloqot chog‘ida Yaponiyaning “TOSHIBA FOUNDATION” xalqaro jamg‘armasi tomonidan bu yil ham yana 200 dona turli adabiyotlar universitetimiz kutubxonasiga taqdim qilinishi xususida aytildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik samaralari xususida o‘zaro fikr almashildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 18-iyul kuni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov universitet kafedra mudirlari A.Odilov, M.Siddiqova, T.Sultonov, o‘quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i M.Yorqulov, dekan R.Toshniyozova, ofis registrator bo‘limi boshlig‘i F.Nurov, ta’lim sifatini taminlash va akkreditatsiya bo‘limi boshlig‘i A.To‘xtamishev  hamda xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Xolboyev ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.

Ushbu majlisda 2023-2024-o‘quv yiliga mukammal tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari xorijdan va mamlakatimizdan turizm sohasida tanilgan olim va mutaxassislarlarni ishga jalb qilish, buning uchun tegishli darslar hajmini aniqlash hamda matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda ish e’lonlarini berish, talabgorlar bilan ish intervyularini ochiq, shaffof o‘tkazishga e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda universitet hayotining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 14-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2022-2023 o‘quv yillarida bitirgan bir guruh bitiruvchilari bilan viloyat hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari B.Rahmatullayev uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirni universitet birinchi prorektori, professor J.Eltazarov olib bordi. Uchrashuvda so‘z olgan viloyat hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari B.Rahmatullaev bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni ilm olib, yuqori marralarni egallashida barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi, shu sababli viloyat rahbariyati tomonidan ham bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanishi hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash haqida gapirdi. Muloqot chog‘ida oliygohning har bir bitiruvchisi bilan alohida suhbat qilinib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Tadbir so‘ngida viloyat hokimligidan tashrif buyurgan  mutasaddilar universitetimizning kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi.

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar