Yangiliklar: Dekabr 2023

Hurmatli “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari va aziz talabalar! Siz azizlarni kirib kelayotgan 2024-yil bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Oilangizga tinchlik-omonlik, o‘zingizga mustahkam sog‘lik va ilmiy faoliyatingizda yuqori marralarni zabt etishingizni tilab qolaman. 

Tan olib aytish kerakki, bugun shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda Siz kabi professor-o‘qituvchilar yosh avlodni tarbiyalashda, kundan-kunga yuksalib borayotgan turizm sohasi uchun  har tomonlama bilimli va malakali mutaxassislarni tayyorlab berishda jonbozlik ko‘rsatmoqdasiz. Ma’lumki, o‘tayotgan 2023-yil Samarqand shahrida tashkil qilingan xalqaro darajadagi anjumanlarda universitetimiz professor-o‘qituvchilari bilan birga, talabalarimizning faol ishtiroki va qatnashchilar tomonidan e’tirof etilganligi ham yoshlarimizning nechog‘lik bilimli va zukko ekanligidan dalolat beradi. O‘tayotgan yilda Turizm Akademiyasining faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi ham juda katta yangiliklardan biri bo‘ldi. Ushbu Turizm Akademiyasi talaba-yoshlar uchun nazariya bilan amaliyotning uyg‘un ravishda olib borishiga juda katta hissa qo‘shishi bilan ahamiyatli bo‘ladi. Bundan tashqari universitetimiz dunyoning ko‘plab davlatlaridagi nufuzli universitetlari va tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Bu ham kelajakda akademik va talabalar almashinuvida, o‘zaro tajriba oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tayotgan 2023-yil universitetimiz jamoasining muvaffaqiyatlarining ko‘lami kengligi bilan eng yaxshi yillardan biri sifatida tarixga muhrlanib qoldi. Yangi yilda jamoa bilan birgalikda ulkan rejalarni amalga oshirib Prezidentimiz boshchiligidagi islohatlarga o‘z hissamizni qo‘shamiz, degan umiddaman.

 Yana bir bor barchangizni Yangi 2024-yil bilan muborakbod etaman. Yangi yil jamoamiz uchun omadli, xayrli va barokatli bo‘lsin!

Hurmat bilan  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.A.Abduxakimov

Kategoriya Yangiliklar

Ma’lumki joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Muxtaram Prezidentimiz ma’naviyat va ma’rifat sohasi bo‘yicha  9 ta yo‘nalishda muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Ushbu yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash vazifalari qo‘yildi. Ushbu vazifalarni o‘z vaqtida bajarish maqsadida joriy yilning 28-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham prorektorlar, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarni universitet Birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan ochib Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar naqadar muhim ekanligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng seminarda so‘z olgan universitet Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvoxidova ushbu sohadagi ishlarni yanada jonlantirishda professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar oldida turgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Ma’lumki, bugungi kunda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ma’naviyat, ma’rifat sohasida bir qator amaliy ishlarga qo‘l urilgan bo‘lsada, hali qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham talaygina. Tadbirda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib universitetda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi va mas’ullarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 27  dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art Station san’at galeriyasida “Samarqandning jannat bog‘lari: Islom me’morchiligida ornamentlar xilma-xilligidagi birlik g‘oyasi” mavzuida ko‘rgazma tashkil qilindi. Tadbirda so‘z olganlar tadbir tashkilotchilari, soha mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilar ushbu ko‘rgazmaning ahamiyati xususida gapirishdi.  

Ko‘rgazmada Samarqandning mavjud me’moriy yodgorliklaridan olingan ornament namunalari taqdim etilgan. Ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduxakimov ko‘magida, Dona Qulmatova rahbarligida tashkil etilgan bo‘lib, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti yosh tadqiqotchilari Shahrizoda Oromjonova, Albina Xoliyeva, Mirjalol Ochilov, Fotima va Zuhra Baxromqulovalarning izlanishlari natijasi hisoblanadi. Shuningdek “Turizm menejmenti” fakulteti dekani Ra’no Toshniyozova ilmiy rahbarligida Samarqand shahrining temuriylar davri me’moriy yodgorliklaridagi ornamentlar bo‘yicha tahliliy tadqiqot ishlari olib borilgan.

Kategoriya Yangiliklar

Vengriya hukumati har yili 90ga yaqin mamlakatlarga ta’lim grantlar ajratadi, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun bakalavriat va magistratura hamda PhD doktorantura dasturi uchun grantlarini taklif etadi.

Xujjatlar talabgorlar uchun onlayn tartibda 2024-yil 15-yanvarga qadar topshirishi mumkin.

Batafsil ma’lumotlar ilovа etiladi.
ilova_1.pdf
ilova_2

Kategoriya E'lonlar
Chorshanba, 27 Dekabr 2023 12:43

Iqtidor intilishda namoyon bo‘ladi

Univenrsitetimiz sirtqi yo‘nalishi talabasi, hunarmandlar uyushmasi a‘zosi Xuriyat Rajabova ko‘p yillardan buyon o‘zining iqtidori va sa’y-harakati bilan  turli xildagi milliy kiyimlar tikib, milliy taqinchoqlar yasashi bilan e’tirofga sazovor bo‘lib kelmoqda.  

Joriy yilning 25-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tashabbusi bilan ushbu talabamiz bo‘lgan Xuriyat Rajabova tomonidan yaratilgan o‘zi yaratgan turli xildagi bejirim milliy kiyimlari va milliy taqinchoqlarining ko‘rgazmasini tashkil etildi. Quvonarlisi, ushbu talabamiz o‘z tengdoshlariga ham hunarmandchilikning barcha sir sinoatlarini o‘rgatib kelmoqda.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 25 Dekabr 2023 14:26

Talaba-yoshlar harbiylar bilan uchrashdi

Yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning muhim o‘rni bor. Shu bilan birgalikda yoshlarni vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda harbiylar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib ular bilan suhbatlar o‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” F-79-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-bosqich  talabalari Kattaqurg‘on shahrida joylashgan harbiy qismida bo‘lib, ularga yaratilgan sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi. Talaba-yoshlar harbiylar bilan muloqot o‘tkazib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Yoshlarni harbiy qism kutubxonasidagi shart-sharoitlar va u yerdagi turli adabiyotlar  juda katta taassurot qoldirdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 22-dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Sun Yao boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet ilmiy ishlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektori professor Tong Qianzou va universitet bo‘lim boshliqlari kutib olishdi.

Delegatsiya a’zolari bilan o‘tgan uchrashuv davomida universitetimiz prorektori tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘rnatilgan hamkorlik yo‘nalishlari,  qo‘shma ta’lim dasturi va  amalda mavjud akademik almashinuv dasturlari bo‘yicha ma’lumot berildi. O‘z o‘rnida janob Sun Yao ham kelajakda ikki davlat oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik o‘rnatish va yangi loyihalar bo‘yicha o‘z yordamini berishdan bag‘oyat mamnun ekanligini aytib o‘tdi.

Tashrif davomida mehmonlarga universitetda va UNWTO Samarqand Turizm Akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Xitoy Xalq Respublikasiniing bir qator universitetlariga ingliz va xitoy tilida oʻqitiladigan barcha bakalavr hamda PhD doktorantura dasturlari uchun “Shandong Provincial International Sister Cities Scholarship” grantlarini taklif etadi.

Grantlar qamrovi turlicha boʻlib, nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:

– 30.000 RMB (1 yilga) stipendiya.

– Xorijiy talabalar uchun yotoqxona.

– Universitet moddiy-texnik bazalaridan foydalanish, kutubxonasidan foydalanish.

OTMlar ro‘yxati hamda ariza formasi ilova qilinmoqda:

(Ariza formasini to‘ldirgan talabalar pastda keltirilgan telefon raqamlariga qo‘ng’iroq qilib xabar berishlaringizni so‘raymiz)

Arizalar 2024-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun tel:

+998930045100;

+998910338081.
Xalqaro talabalar uchun "Do'stlik shahri 2024" stipendiya loyihasi haqida ma'lumot
Shandong provinsiyasi hukumatining Youcheng stipendiyasiga xalqaro talabalar uchun ariza shakli
Qabul qiluvchi muassasalar ro'yxati

Kategoriya E'lonlar

“Scopus” xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi “The Prestigious HISTORIA I ŚWIAT” jurnalida 4000 mingdan ortiq ilmiy jurnallar, 18 milliondan ortiq ilmiy maqolalar, 30 000 dan ortiq elektron kitoblar joylashtirilgan.

Yaqinda  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tarix va madaniy meros” kafedrasi dotsenti Khanipour Mortezaning “Xonsor toʻgʻoni atrofidagi tarixiy davrga oid Cairn daxmasi, Fors viloyati, Tujerdi tumani, Eron” (“Cairn Burial of the historical period around Khansaar dam, Toujerdi district of Fars province, Iran”) nomli maqolasi “Scopus” xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi Q2 darajasidagi jurnalda chop etildi.  

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilariga turizm, madaniy meros va arxeologiya sohalarida olib borayotgan ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
cover issue
KHANIPOUR MOLAEI
HISTORIA I ŚWIAT

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 22-dekabr kunlari universitetimiz faollar zalida “Yangi yilingiz muborak bo‘lsin” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbirida so‘z olganlar o‘tayotgan yilda universitetimizda amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar haqida gapirdi.  Darhaqiqat, 2023 yil universitetimiz uchun omadli keldi. Universitetimiz ko‘plab nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Bu yilda bir qator universitetimiz professor-o‘qituvchilari Xitoyda bo‘lib o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytishdi. Bundan tashqari talabalarimiz ham xorijiy davlatlarda o‘z bilim va tajribaga ega bo‘lishdi.

 Tadbirda universitetimiz professori K.Mustayev boshchiligidagi guruh kuy-qo‘shiqlar ijro etishdi va barchaga bayramona kayfiyat baxsh etdi.  

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar