Yangiliklar: Dekabr 2023

Talaba-qizlarni nafaqat yetuk kadr bo‘lishlari, balkim ibratli oila bekasi bo‘lishlari uchun ham barchamiz mas’ulmiz.

Joriy yilning yilning 12-dekabr kuni beshta muhim tashabbus hamda “Pazandachilik sirlari”  to‘garagi doirasida  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi  М.Abbasova  hamda kengash qoshida tuzilgan “Qizlarjon” klubi a’zolarining lider qizlari tomonidan birinchi bosqich talabalariga milliy taomlar tayyorlashning sirlari, sabzavotlardan salat hamda mevalardan karvin tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.

Dastlab tadbirda talabalarga “Turizm  menejmenti” fakulteti dekani R.Toshniyozova o‘zbek milliy taomlari dunyo taomlari orasida o‘ziga xosligi, xilma-xilligi bilan farqlani xususida gapirish bilan birga, ularni tayyorlashning o‘ziga xos jihatlarini va dasturxonga tortish tartibi haqida batafsil tushuntirib berdi.

Lider qizlarning milliy taomlar tarixi to‘g‘risidagi fikrlari va tayyorlagan sabzavotli salatlari hamda mevalardan tayyorlagan  karvinlari ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 7-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Chegarasiz dunyo” (Mir bez granis) xalqaro turizm hamkorlik assotsiatsiyasi, XXRning Xitoy sayyohlik xizmatlari assotsiatsiyasi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan ham hamkorlikda “ShHTga a’zo davlatlar hududlarida transchegaraviy turistik sayohatlar geografiyasini kengaytirish imkoniyatlari” mavzusida gibrid shaklida konferensiyada tashkil etildi. Ushbu  konferensiyada oliygohimizdan bir qator professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Konferensiyada “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidan xalqaro hamkorlik va reyting bo‘limi boshlig‘i Sardorbek Samaridinov “O‘zbekistondan turizm sohasini rivojlantirishda ta'limning o‘rni” mavzusida chiqish qildi. Sardorbek Samaridinov o‘z chiqishida bugungi kunda O‘zbekistonning xususan Samarqandning turizm sohasi bo‘yicha yangidan yangi qirralari mavjud ekanligi xususida gapirdi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi “2023-2024 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi  talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 516-son buyrug‘iga muvofiq  , “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Mustafaqulova Sabina Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Talabamizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!

Kategoriya Yuksak e'tirof

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi “2023-2024 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi  talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 516-son buyrug‘iga muvofiq, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Oromjonova Shaxrizoda Oromjon qizi  Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Talabamizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!

Kategoriya Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab talaba-yoshlar o‘rtasida  sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida “Konstitutsiyam  31  yoshda” shiori ostida “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.

“Konstitutsiyam  31  yoshda” shiori ostidagi sport tadbir 1-7 dekabr kunlari o‘tkazilib, unda shaxmat, stol tennisi, suzish va futbol sport turlari bo‘yicha jamoalar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqalarni oliygohning sport klubi raisi o‘rinbosari Z.Kafiev va boshqalar hakamlar baholab borishdi. 

Musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan Samarqand tumanining Oxalik hududida Ot sporti bo‘yicha ko‘pkari, ot ustida kurash, kamondan o‘q otish musobaqalari tashkil etildi.

Bellashuvlar davomida malakali chavandozlar yaxshi tayyorgarlik va yuqori mahoratga ega ekanliklarini amalda namoyon etdilar. Musobaqa g‘olibi va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 6-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida  Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab  “Konstitutsiyam  31  yoshda” shiori ostida “Madaniyatlar chorrahasi” festivali oʻtkazildi.

Mana uch yildirki universitet professori K.Mustaev va O.Boynazarov tomonidan “Madaniyatlar chorrahasi”  festivali tashkil etib kelinadi. Bu yilgi festival Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab “Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida oʻtkazildi. Festival tadbirida talabalar turli millat urf-odatlari, taomlari va tarixini namoyon etadigan sahna ko‘rinishlarini namoyish qilishdi.  

 Festival esa o‘z navbatida, talabalarga umuminsoniy qadriyatlarni, madaniyatni, milliy marosimlar tarixini o‘rganish va asrab-avaylash, xalqlar o‘rtasida samimiy do‘stlik rishtalarini bog‘lash, yurtimizda insonparvarlikning yanada yaxshilanishiga hamda madaniy-maʼnaviy munosabatlarning xalqaro miqyosda kengayishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston – bag‘rikenglik, hurmat, muloqot va turli madaniyatlar, sivilizatsiyalar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirgan yurtdir.

Kategoriya Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi F-72-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturining 31-bandida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish vazifasi belgilangan.

Joriy yilning 4-dekabr  kuni  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini oʻrganish” maxsus kurs dasturi asosida “Tillar”  kafedrasi oʻqituvchisi  T.Abdulloyev tomonidan  Konstitutsiya darsi tashkil etildi.

Dars jarayonida talabalarga yangi Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar qanchalik ahamiyatli ekanligi shu bilan birgalikda xalq manfaatlarini oʻzida yaqqol aks ettirishi tushuntirib berildi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 06 Dekabr 2023 15:50

Yashil makon umummilliy loyihasi amalda

Joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami oldidan Turizm Akademiyasi atrofiga turli manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil qilingan tadbirda  universitetimiz xodimlari faol ishtirok etib, o‘n turdagi manzarali darxat ko‘chatlari ekishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 2-3-dekabr kunlari oliygohimiz talabalar amaliyot bo‘limi tashabbusi bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshida tashkil etilgan “UNWTO Xalqaro Turizm Akademiyasi”da talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mazkur Akademiyada bir qancha yo‘nalishlar qatorida qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan oshxonasi ham zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib foydalanishga topshirilgan.

Qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha 15 yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis Dildora Jurakulova tomonidan 16 nafar talaba va magistr qizlar uchun master-klass o‘tkazildi va sakkiz xil turdagi shirinliklar tayyorlash sirlari o‘rgatildi. Bu jarayon ayniqsa, xorijdan kelib tahsil olayotgan talabalarimiz uchun juda qiziqarli bo‘ldi.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar kelgusida ko‘plab o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kategoriya Yangiliklar
5 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar