Yangiliklar: Dekabr 2023

Dushanba, 18 Dekabr 2023 12:14

Sog‘lom qizlar-yurt tayanchi

Joriy yilning 15-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidova talaba-qizlar o‘rtasida “Tibbiy madaniyatni oshirish”, “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish” mavzularida qator soha mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda oliygoh xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova so‘z olib xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash haqidagi qonunning mazmun mohiyati”, “Qizlar gigienasi farovon oila asosidir”, “Kelajak- bo‘lajak onalar qo‘lida” mavzularida o‘z fikr-mulohazalarini bildiridi. Tadbir davomida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidova, “Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbirda Samarqand shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori Klara Usmonova tomonidan  talaba-qizlar o‘rtasida “Erta nikoh va erta tug‘ruq hamda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, “Qizlar gegienasi salomatlik garovi”, “Oilada tibbiy madaniyatning o‘rni” mavzularida zarur  tavsiyalar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda mutaxassislar tomonidan oila, uning asosiy vazifasi va nikoh to‘g‘risida to‘liq tushunchalar berilib, talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.   

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 21-24 noyabr kunlari universitetimiz o‘qituvchisi Nargis Nurulla-Xojaeva Istanbulda o‘tkazilgan “Usmonli dunyosida astronomik bilimlarni uzatish kanallari (14-18 asrlar)” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etdi. Istanbul universitetining fan tarixi kafedrasi va institut tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan konferensiya 14-asrdan 18-asrgacha Usmonli imperiyasida astronomik bilimlarni ishlab chiqarish evolyutsiyasi va metodologiyasiga bag‘ishlandi.

Konferensiya yakunida universitetimiz professoriga ishtirokchi sifatidagi sertifikat topshirildi.   

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 14 Dekabr 2023 15:33

Talabalar diqqatiga!

Yaponiyaning Tokio shahridagi Haneda xalqaro aeroportida amaliyot o‘tash uchun qabul e’lon qilinadi. Muddati 3 oy. Dasturning qiymati 200$ AQSh dollar.

To‘laniladi:

  • Aviachiptalar
  • Aeroportda kutib olish
  • Yashash (kommunal xizmatlar va internet(WIFI))
  • Ish bilan ta’minlash
  • Amaliyot oxirida sertifikat
  • Transfer
  • Favqulodda yordam
  • Yaponiyada qolish davomida qo‘llab-quvvatlash
  • Madaniy dastur (ekskursiyalar)

Kuniga 8 soat ish, kuniga 2 soat tanaffus, haftasiga 2 kun dam olish. Ish haqi 612 $ oyiga.

3 months Internship at Haneda

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 12-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutori G.Husainova boshchiligidagi 1-boshqich talabalari “Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik” muzeyiga amaliy sayohati tashkil etildi.

Samarqand shahrida tashkil etilgan “Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik” muzeyi esa ko‘p millatli xalqning qadriyatga aylangan fazilatlarini namoyish qiladi. Muzeyda urush yillarida turli millatlarga mansub 14 nafar bolani asrab olgan toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudovlar oilasiga bag‘ishlangan haykal ham mavjud. Talabalar madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning qadimiy hayot tarzi, buyuk tariximiz haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Universitet talabalarida muzeydagi eksponatlar juda katta taassurot qoldirdi.

Kategoriya Yangiliklar

Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri - yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 13 – dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutori S.Abbasova tomonidan 2-bosqich talabalari uchun A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik madaniyati” tadbiri o‘tkazildi.

“Kitobxonlik” tadbirida tyutor S.Abbasova yoshlarga - kitobxonlik madaniyati to‘g‘risida qator tushunchalar berib o‘tdi.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yil 12-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi hamkorligida boshqa viloyatlardan kelib oliygohda tahsil olayotgan talaba-qizlarni, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi  bo‘lgan, homilador talaba-qizlarning qishki ta‘til paytida doimiy yashash manzillariga xavfsiz yetib olishlarini nazorat qilish, kunlik monitoringini olib borish bo’yicha tyutorlarga hamda tegishli mas’ullarga zarur tavsiyalar berishdi.

Transport turlaridan tezyurar poezd, samolyot, avtobus hamda yengil avtomashinalar (taksilar)da o‘z manzillariga yetib olishlari uchun mas’ul markazlar bilan aloqa o‘rnatilib, bilet band (bron) qilishlari uchun yaqindan ko‘mak berilmoqda.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 13 Dekabr 2023 17:38

Muzeylarda tarix mujassam

Joriy yilning 13 – dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutori S.Abbasova tomonidan ikkinchi kurs talabalari uchun Samarqand davlat universiteti ilmiy-amaliy muzey-laboratoriyasiga ekskursiya tashkil etildi. Shahardagi Universitet xiyobonida, oliy o‘quv yurti binolari qatorida joylashgan muzey, avvalo, o‘ziga xos arxitekturasi bilan ajralib turadi.

Universitet uzoq yillar Alisher Navoiy nomi bilan yuritilgani, qolaversa, tilshunos va adabiyotshunos olimlarning buyuk mutafakkir hayoti va ijodini, uning Samarqandda tahsil olgan davrlarini o‘rganish borasida olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijalaridan yoshlarni xabardor etish maqsadida muzey-laboratoriyaning eng katta qismi ulug‘ bobokalonimiz merosini targ‘ib etishga bag‘ishlangan. “Ulug‘ shoirning hayot yo‘li”, “Navoiy va Samarqand”, “Alisher Navoiy dunyo e’tirofida”, “Navoiyshunos olimlar”, “Navoiyning adabiy merosi” kabi bo‘limlarda buyuk ajdodimiz, uning merosini o‘rganish borasida olib borilgan ishlar haqida qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Ekspozitsiyalar markaziga shoirning samarqandlik haykaltarosh To‘lagan Yorqulov yasagan haykali o‘rnatilgan. Ekskursiya talabalarda chuqur taasurot qoldirdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 13-dekabr kuni viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bo‘lim boshliqlari Sh.Nurmamatov va M.Xudoyberdiev universitetimizda tahsil olayotgan xorijlik talabalar, magistrlar va o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov olib bordi. Ta’kidlandiki, bugungi kunda Samarqand viloyatidagi mavjud oliy ta’lim muasassalarida jami 3 ming nafar xorijlik talabalar ta’lim olishmoqda. Ularning O‘zbekistonda yashashi, ta’lim olishi uchun barcha zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berilgan.  Xususan oliygohimizda ham 65 nafar xorijlik talaba ta’lim olayapti.

Albatta xorijlik fuqaroning yurtimizda bo‘lishi, o‘qishi va yashashi uchun ham O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida aniq qoidalar bo‘lib, har bir xorijlik bunga amal qilishi lozim bo‘ladi. Tadbirda ushbu qoidalarga amal qilmagan talabalar ham uchrab turganligi haqida aytildi. Migratsiya boshqarmasi mutasaddilari xorijlik talabalarning yurtimizda qonunlarimiz doirasida ta’lim olishi, yashashi va mehnat qilishi yuzasidan batafsil tushuntirish berdi. O‘zaro muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Tadbirda qayta ro‘yxatga qo‘yilgan xorijlik talabalardan uch nafarining pasportlari topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Turizm menejmenti kafedrasi mudiri Akmaljon Odilov joriy yilning 7-8 dekabr kunlari Gangkongning Gangkong poletexnika universiteti, Mehmonxona va turizm boshqaruvi fakultetida bo‘lib o‘tgan IMPACT2023 xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Konferensiyada 20 dan ortiq davlatdan ishtirokchilar qatnashib, COVID-19 dan keyingi turizm rivojlanishi istiqbollari haqida chiqishlar qilishdi.

A.Odilov “O'zbekiston Markaziy Osiyoda turizm va mehmonxona sohasi uchun markaz” mavzusida ishtirokchilarga taqdimot o‘tkazdi. Ishtirokchilar Samarqand shahrida ochilgan Butun jahon turizm tashkilotining Turizm Akademyasi o‘z faoliyatini boshlanganligini olqishladi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab universitet jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bilimlar bellashuvida jamoalar ijtimoiy va gumanitar fanlardan tushgan savollarga aniq javob berishga harakat qilishdi.  

Kategoriya Yangiliklar
4 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar