Joriy yilning 6-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov barchani 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi bilan qutladi. Ma’lumki, joriy yilning 30-aprelida o‘tkazilgan umumxalq Referendumida hamyurtlarimiz Yangilangan Konstitutsiyaga ovoz berishdi. Bosh qomusimiz xalqimizning milliy qadriyatlarini o‘zida ifoda etganligi va demokratik talablarga javob berishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Bayram tadbirida oliygohimizning birinchi bosqich talabalari tomonidan sahnalashtirilgan teatr tomoshalari va turli millatlarning urf-odatlarini o‘zida aks etgan ko‘y-qo‘shiqlar namoyish qilindi.
Joriy yilning 6-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va tyutor P.Islomov bilan birgalikda talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishish, muhitning qay darajada shakllanganligini aniqlash, xonadon egalarining talaba-qizlar to‘g‘risidagi fiklarini o‘rganish maqsadida, talabalarning yashash manzillariga navbatdagi tashrifini uyushtirishdi.
Mas’ullar “Ijarada yashovchi talaba-qizlarga hammamiz mas’ulmiz” shiori ostida Samarqand shahar Gagarin ko‘chasi 38-uy 20-xonadonda yashovchi to‘rtinchi bosqich talabasi Gulnoza Esonova va Shoxnigorbegim Jurayeva bilan hamda 9 davlat xususiy sherikchilik asosidagi talabalar turar-joyida ijarada istiqomat qiladiganlar bilan yaqindan suhbat o‘tkazilib, ularning sog‘ligi, yashash xonadonining issiqligi ko‘zdan kechirildi. Bundan tashqari ushbu ijara xonadonlari egalari va yotoqxona mas’ullari bilan ham talaba-qizlarimizning o‘zini tutishi va yaratilgan sharoitlari xususida yaqindan suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek muloqot chog‘ida talaba-qizlarga milliy qadriyatlar, urf-odatlar va bulajak oila bekalarini sharqona tarbiyaviy ahamiyati xususida maslahat va ijara xonadonlarida tozalik va ozodalikka rioya qilishi uqtirilib, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetarli tushuntirishlar berildi.
Ijarada yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.
Joriy yilning 5-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi F-72-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab “Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida va AQSH Elchixonasining grant loyihasi doirasida “Talabalar drama klubi” a’zolari tomonidan “True West” spektakli ingliz tilida namoyish etildi. Ahamiyatlisi, ushbu sahna asarida universitetimiz talabalari o‘z iqtidorini namoyish etgan holda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Joriy yilning 4-dekabr kuni “Turizm tadqiqotlarida eksperimental dizayn va ma’lumotlarni qo‘llash” mavzuidagi seminarda bo‘lib o‘tdi. Unda universitetimizning ilmiy tadqiqotlar, innovasiyalar va tijoratlashtirish ishlari bo‘yicha prorektori Toni Zou xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi.
Konferensiya hisoboti ilova qilinadi.
Konferensiya hisoboti
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti ta’lim markazi direktori, prof. Luo Xingqing boshchiligidagi Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetining 25 nafardan iborat o‘qituvchi va talabalari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitetimiz prorektori, prof. Toni Zou qabul qildi va bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasiga va unga malakali mutaxassislar tayyorlab berish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek mehmonlarga Turizm Akademiyasining faoliyati unda amalga oshiriladigan vazifalar, nazariya bilan amaliyotning hamohang olib borilishi xususida gapirib berdi. Shuningdek mehmonlar ham Samarqand ularda juda katta taassurot qoldirganligi, bundan tashqari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalarning tahsil olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida o‘z fikrlarini bildirdi.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng-ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
2023-yilning 4-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov boshchiligidagi universitet xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, kasbga o‘rgatish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi “Qo‘shchinor” mahallasida yashovchi fuqaro Xodjayev Mumin Sodiqovich xonadonida bo‘lishdi.
2024-yil 4-7-fevral kunlari Kuvayt Davlatining Ilmiy Klubi tomonidan “Yaqin sharq ixtirolari” o‘n to‘rtinchi xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan va g‘olib bo‘lgan ixtirochilarga pul mukofotlari topshiriladi. Internetda “The International Invention Fair of the Middle East (IIFME)” nomi ostida www.iifme.com veb – saytida keltirilgan ma’lumotlarni batafsil o‘rganib chiqib, oliy ta’lim muassasalarda tahsil olayotgan yoki faoliyat ko‘rsatayotgan tegishli fuqarolarning Kuvayt tashkiloti bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘lanib, mazkur ko‘rgazmada ishtirok etish choralarini ko‘rishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan to‘ldiriladigan anketalarini online tartibda tashkilotchilarga yuborish kerak. Ariza shakli ilova qilinadi.
Ariza shakli
ilova_3
Joriy yilning 30 noyabr kuni Pekin Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi direktorining o‘rinbosari Jinsi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. O‘zaro muloqot davomida bugungi kunda “Ipak yo‘li ” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xitoyning qator universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatligi va Xitoydan 10 nafar talabalar oliygohimizda tahsil olayotganligi xususida aytildi. Shuningdek Pekin Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi direktorining o‘rinbosari Jin si ham Samarqand turizm darvozasi ekanligi, turizm va ta’lim sohalarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ikki tomon uchun ham foydali ekanligi xususida gapirdi. Uchrashuvda universitetimiz prorektorlari J.Hoffman va Toni Zou va boshqalar fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada yaxshilash, o‘zaro tajriba almashish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashishdi.
2023-yil 30-noyabr kuni Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi va tyutorlar tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun “Yoshlar reproduktiv salomatligini mustahkamlash –jamiyat taraqqiyotining muhim omili” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori Usmonova Klara Jalilovna tomonidan “Reproduktiv tizim salomatligi”, “Oilada tibbiy madaniyatning o‘rni” va universitet Xotin-qizlar kengashi raisi tomonidan “Erta nikoh va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzularida ma’ruzalar tinglanib, bahs-munozara tashkil etildi.
Reproduktiv salomatlik, ya’ni ayolning qachon va qanday sharoitlarda ona bo‘lishini nazorat qilish, onaning ham va undan tug‘ilajak bolaning ham salomatligi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish degani, shu kabi mavzularda talabalar bilan suhbat tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.
Tadbirda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Abduvaxidova оila, uning asosiy vazifasi va nikoh to‘g‘risida so‘zlab, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Har kuni dunyo bo‘yicha yuz minglab odam donor qoniga ehtiyoj sezadi. Ayniqsa, onkologik, gematologik kasalliklarga chalingan insonlar, baxtsiz hodisa tufayli og‘ir tan jarohati olgan va murakkab operatsiyalarga muhtoj bemorlar hayotini saqlab qolishda qon muhim vosita sanaladi.
Qon-bu shunday bebaxo davoki uni o‘rnini hech qanday dorilar bosa olmaydi va zavodlarda qonni ishlab chiqib bo‘lmaydi qon olishning yagona usuli sog‘lom odamlar hisoblanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, joriy yilning 30-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan maxallabay ishlash bo‘limi va tyutorlar tomonidan universitet talabalari uchun beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand viloyat Qon qo‘yish stansiyasi bo‘limi boshlig‘i, Faxriy donor Jalilov Abdusalom boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan talabalarga beg‘araz donorlikni rivojlantirish haqida va donorlik – savobli, shu bilan birga, mas’uliyatli ishdligi, donorlar og‘ir ahvoldagi bemorlar hayotini saqlab qolib, ularni hayotga qaytishlariga muxim hissa qo‘shishi to’grisida gapirib berdi. Sodda qilib aytganda, donorlik – ehsonning bir turi. Jalilov Abdusalom - Qon va uning tarkibiy qismlari yuqori texnologik operatsiyalarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Shuningdek, tadbir doirasida, universitetda beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi. Universitet xodimlari va talabalari tomonidan beg‘araz yordam sifatida qon berildi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz