Shu kunlarda Mustaqilligimizning 32 yillik bayram tadbirlari Samarqand viloyatining barcha shahar va tumanlarida keng nishonlanmoqda. Bayram tadbirlarida halqimiz ushbu eng ulug‘, eng aziz bayramimizni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishayapti. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi ham bugun Samarqand shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan joriy yilning 30-avgust kuni Samarqand viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan viloyat “Oqila ayollar” harakatining a’zolari, tuman va shaharlar “Oqila ayollar” harakati yetakchilari hamda viloyat mahalla fiqarolar yig‘ini Xotin-qizlar faollari bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘ziga mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
“Ayol baxtli bo‘lsa, oila baxtli bo‘ladi, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlarida uzoq yillar mobaynida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini targ‘ib etish, Yangi O‘zbekistonda ona Vatan taraqqiyoti, farzandlar kamolаtidagi ibrati uchun samarali mehnat faoliyati bilan alohida etirofga sazovor bo‘lganlar orasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti хotin-qizlar кengashi raisi M.Abbasova ham munosib ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
2023-yil 21-avgustdagi 376-sonli buyrug‘iga asosan oliy ta’lim muassasalari 3-4-bosqich talabalari uchun amalda bo‘lgan nomdor stipendiyalar qatoriga yana ikkita nomdor stipendiyalar – jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishida Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi hamda tarix va geografiya yo‘nalishlari bo‘yicha Bobur nomli davlat stipendiyasi qo‘shildi. A’lo baholarga o‘qigan va iqtidorli talabalar ushbu yo‘nalishlardagi tanlovda qatnashishlari mumkin.
Universitet Ilmiy tadqiqotlar bo’limi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM QO‘MITASI
“IPAK YO‘LI” TURIZM VA MADANIY MEROS XALQARO UNIVERSITETI
AXBOROT XATI
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2023-yil 20-oktabr sanasida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida universitetda ShHT mamlakatlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan “ShHT mamlakatlarida barqaror turizm va madaniy meros sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi.
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MAQSADI VA VAZIFALARI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 7-iyuldagi 02-1137xdfu-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda ShHT mamlakatlari tarixi, arxeologiyasi, madaniy merosi, sayyohlik imkoniyatlari, ShHT mamlakatlari xalqlarining zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarini amalga oshirish, ShHT mamlakatlari doirasida turizm va madaniy meros sohasini transformatsiyalash, respublikamiz va mamlakatimizda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan fikr almashishga bag‘ishlangan konferensiya yosh olimlar, magistrantlar, doktorantlar va mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlari sifati va samaradorligini oshirish, konferensiya doirasida olimlar va yosh tadqiqotchilar tajribasini o‘rganish, muhokama qilish va tavsiyalar berish hamda bugungi kunda turizm sohasidagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan xulosa va takliflar tayyorlash va amalga oshirish.
Konferensiya o‘tkazilishidan maqsad jahon yutuqlari, akademik bilim va tajriba almashishdir. Anjumanda turizm sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar, tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ilmiy-amaliy anjuman tashkilotchilari:
Konferensiyada quyadagi maslalar muhokama etiladi va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha maqola va tezislar qabul qilinadi:
Konferensiyaning rasmiy tillari: oʻzbek, ingliz, rus.
Konferensiya formati: gibrid (oflayn va onlayn tadbir platformasi).
AXBOROT XATIGA ILOVA
Maqola va tezislarni taqdim etish qoidalari
Talablarga muvofiq bajarilgan ishlar, shuningdek, to‘ldirilgan anketa (1-ilova) konferensiya tashkiliy qo‘mitasining elektron pochtasiga yuborilishi shart.
Ilova va tezislar Word formatida yuborilishi kerak - birinchi muallifning ismi ko‘rsatilgan fayllar, masalan: “Azizov.tezis.doc”. Maktubning mavzusi: “Konferensiya”.
Barcha ishlar antiplagiat tekshiruvidan o‘tkaziladi. Formatlash talablariga javob bermaydigan materiallar tahririyat tomonidan rad etiladi.
Arizalar 2023-yil 1-oktabrga qadar quyidagi elektron pochta orqali qabul qilinadi:
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Telegram raqami: +998 91 033 80 81
Konferensiya tili: oʻzbek, ingliz va rus.
namuna
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchisidan
ARIZA
“ShHT mamlakatlarida barqaror turizm va madaniy meros sohasini rivojlantirish istiqbollari”
(Samarqand, 2023-yil 20-oktabr)
Familiya, ism, otasining ismi (to‘liq) |
Lavozim |
Institutning nomi |
Institutning manzili |
Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni |
Elektron pochta manzili: |
Ishtirok etish shakli: Materiallarni nashr etish Materiallarni taqdim etish/nashr etish Delegat sifatida qatnashish (shaxsan yoki onlayn) |
Tezis matnlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
- tezislar matnlari Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda, 5-10 bet hajmda yozilishi va tahrir qilinishi;
- avtoreferat mavzusi tepasida muallifning ismi-sharifi, unvoni, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefon raqami va elektron pochta manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak;
- mavzudan keyin konspekt, uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz) kalit so‘zlar va to‘liq mazmuni yoziladi;
- avtoreferat oxirida alohida ilmiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berilishi kerak;
- matnni joylashtirishda sahifa chegaralari o‘rnatiladi: tepadan 2,5 sm, pastdan 2,5 sm, o‘ngdan 2,5 sm, chapdan 2,5 sm;
- tezislar matni 1 nusxada qog‘ozda va elektron shaklda “Microsoft Word 2003, 2007” formatida taqdim etiladi;
- referat matni mavzuga oid nazariy masalalarni amaliy yechimlari bilan bir qatorda qamrab olishi kerak.
Muallif to‘lovi: Konferensiyani tashkil etish va to‘plamni nashr etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir maqola sahifasi uchun 20 000 so‘m.
Muddat: Maqolalar 2023-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi va chop etiladi.
TEZIS MAVZUSI
Muallifning ismi (to‘liq)
Ish joyi
Ilmiy daraja va lavozimi
Telefon raqami va elektron pochtasi
Kirish. Matn, matn, matn.
Maqsad. Matn, matn, matn.
Materiallar va usullar. Matn, matn, matn.
Natijalar. Matn, matn, matn.
Xulosa. Matn, matn, matn.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Tashkiliy qo‘mita manzili:
O‘zbekiston Respublikasi, 140104, Samarqand, Universitet xiyoboni, 17
Mas’ul shaxslar:
Eltazarov Jo‘liboy Danaboyevich – “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori;
Mansurova Nargiza Shamsidinovna – universitet Ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i;
Samariddinov Sardor O‘ktam o‘g‘li – universitet Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i;
Sidikova Mastura Xakberdievna - Tarix va madaniy meros kafedrasi mudiri;
Odilov Akmaljon Odilovich – Turizm menejmenti kafedrasi mudiri.
Murojat uchun tel: +998 66 240 67 85; +998 91 033 80 81;
Sizlarni anjumanda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz!
Tashkiliy qo‘mita.
O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan joriy yilning avgust oyida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga ispan va ingliz tilida kitob va jurnallardan iborat yangi to‘plam sovg‘a qilindi.
Ushbu kitoblar Ispan tarixi, madaniyati, turizmi, adabiyoti va me’morchiligiga bag‘ishlangan bo‘lib, professor-o‘qituvchi va talabalarimizning ilmiy izlanish va o‘quv jarayonlarida bevosita foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimov rahbarligida kutubxonaga qisqa vaqt ichida, turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, dizayn, haykaltaroshlik, me’morchilik, madaniy meros kabi sohalarga oid kitob va jurnallar soni 26 ming donaga yetkazildi.
Endilikda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar universitet kutubxonasida mavjud bo‘lgan ispan tilidagi kitob va jurnallardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Joriy yilning 23-avgust kuni Turkiyadagi Sakarya Uygulamali Bilimler Universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi va bugungi kunda oliygohda turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar, o‘zaro tajriba almashishda Turkiyadagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalari xususida gapirdi. Shuningdek, muloqot davomida Sakarya Uygulamali Bilimler Universiteti rektori Mehmet Saribiyik ham oliygohda turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari universitetdagi Turk Dunyosiga oid milliy liboslar galereyasi hamda yaqinda oliygohimizga topshirilgan jahon tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan milliy libos bilan yaqindan tanishtirildi va mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23 avgustida Oqdaryo tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi bilan hamkorlikda tumandagi 35 ta mahalla xotin-qizlar faollari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.
O‘quv kurslarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova “Turizm menejmenti” bo‘lim boshlig‘i
R.Toshniyozova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Sidiqova, unversitet yuristi F.Boboyev va psixolog D.Turdiyevalar tomonidan “Mahalladagi xotin-qizlar faollarining normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari”, “Milliy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarning oila mustahkamligidagi o‘rni”, “Oilalarga psixologik yordam ko‘rsatish va sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti”, “Xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda ijtimoiy muammolarni o‘rganish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish hamda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi” mavzularida ma’ruzalar qilindi.
Joriy yilning 22-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova boshchiligida yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi mutaxassisi hamda guruh tyutori ishtirokida yangi o‘quv yilida talaba-qizlarni ijara xonadonlariga joylashtirish maqsadida Samarqand shahrida qator mahalla fuqarolar yig‘inlaridaga xonadonlarda bo‘lishdi. Universitet mutaxassislari dastlab “Alisher Navoiy” mahallasi raisi, hokim yordamchisi xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori va nuroniylar va yoshlar bilan ishlash kengashi raisi bilan uchrashib qilinishi lozim bo‘ladigan ishlar yuzasidan fikr almashdi. Shundan so‘ng mahalladagi ijarachi xonadon egalari bilan yaqindan muloqot qilinib, uylarda talaba-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Joriy yilning 23 avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tgan yili Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida eng yaxshi deb topilgan milliy libosni topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Ma’lumki, Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan “Miss Xalqaro-2022“ tanlovida ilk bor yurtimiz vakili Nigina Faxriddinova qatnashib “Eng zo‘r milliy libos” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Ushbu yangilik dunyo ommaviy axborot vositalari orqali keng namoyish qilinib, o‘zbek xalqining qadriyatlari haqida iliq fikrlar aytildi.
Milliy liboslar o‘zbek xalqining durdona asarlaridan biri bo‘lib, xaqiqiy ma’noda xalqimizning faxri, g‘ururi hisoblanadi. Tadbirda Samarqanddagi Turkiyaning bosh konsuli Salih Janer, Samarqand xalqaro Texnologiya universiteti rektori Yu.Abdullaev va boshqa xorijlik olimlar, san’atshunoslar va keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi. Tadbirni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng ramziy lenta kesilib barcha ishtirokchilar ushbu milliy libos bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek tadbir davomida ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani tashkil qilinib unda Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan “Miss Xalqaro-2022“ tanlovi haqida so‘zlab berildi.
“Egnimdagi milliy libos va undagi naqshlar o‘zbek xalqining milliy qadriyatlaridan biri bo‘lib, dunyoda bunaqasi takrorlanmas men uni kiyib tanlovda ishtirok etganligimdan va sahnaga chiqqanimda tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘lganligim menga g‘urur baxshida etdi”,- deydi xalqaro tanlov sovrindori Nigina Faxriddinova.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz