Yangiliklar: Avgust 2023

1. 2023-yilning 19-avgust kuni soat 10:00da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali tayanch doktoranti Abduraxmanova Aqida Fayzulla qizining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Hududlarda ekologik turizm salohiyatidan samarali foydalanish usularini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

2. 2023-yilning 19-avgust kuni soat 12:00da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil izlanuvchisi Abdullayeva  Zulfiya  Izzatovnaning  08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Mehmonxona biznesini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo‘llari (Samarqand viloyati misolida)”mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar

Keyingi yillarda O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Joriy yilning 11-avgust kuni Turkiyaning Xatay viloyati yoshlarining Samarqand shahriga tashrifi ham ushbu fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi. Dastlab mehmonlar Samarqand shahridagi Yoshlar markazida “O‘zbekiston -Turkiya yoshlarining birdamligi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida qatnashdi. Ahamiyatlisi, ushbu tadbirda universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov, universitet Yoshlar yetakchisi hamda oliygohning bir guruh iqtidorli talaba-yoshlaridan iborat volontyorlar jamoasi ham ishtirok etishdi. Davra suhbatida yoshlar siyosati, madaniyat, volontyorlik, iqlim o‘zgarishlari haqida o‘zaro fikr almashishdi. Shundan so‘ng turkiyalik yoshlar universitetimizda ham bo‘lib, ushbu oliy ta’lim maskanida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. 

Kategoriya Yangiliklar

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

      Joriy yilning 11-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov boshchiligidagi universitet xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash,  to‘g‘ri yo‘lga qaytargan holda kasb-hunarga o‘rgatish borasidagi ishlarni yanada jonlantirish maqsadida Samarqand shahridagi “Sharq” mahallasi mutasaddilari bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida kelgusida ushbu mahallada yashovchi yoshlarning  muammolarini hal qilish, qiziqishlaridan kelib chiqib imkoniyatlar yaratish borasida o‘zaro fikr almashishdi.  

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 7-12 avgust kunlari “Xalqaro yozgi maktab” doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiya kabi mamlakatlardan kelgan 50 nafardan  ortiq talabalardan iborat jamoalar o‘rtasida sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu sport tadbirlari doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti sport zalida badminton, stol tennisi va shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Kategoriya Yangiliklar

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlab, Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) yo‘nalishi bo‘yicha universitetning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish uchun ariza topshirgan abituriyentlar uchun joriy yilning 18-avgust kuni soat 11:00 da yakka tartibdagi suhbat bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

2023-yil 18-avgust kuni soat 10:30 ga qadar pasportingiz (ID karta) bilan hududga kirishingiz zarur. Shaxsi tasdiqlanmagan va kechikib kelgan talabgorlar suhbatga qo‘yilmaydi.

Suhbatga kelmagan talabgorlarga shu o‘quv yili uchun qayta suhbat o‘tkazilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichidan o‘qishga qabul qilinmaydi.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Universitetga suhbat asosida 2-bosqichdan qabul qilish bo‘yicha BAHOLASH ME’ZONI

Kategoriya E'lonlar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Xitoy davlatining Kaynan universiteti o‘rtasida imzolangan memorandumning talabalar almashinuv dasturi doirasida oliygohimizning 3-bosqich talabalari Marjona Obidova va Dilshodaxon Alekperova 2023-2024 o‘quv yilining
birinchi semestrini Kaynan oliygohida o‘qiydi.
          “Ushbu imkoniyat menga til o‘rganish va muloqot qilish qobiliyatimni yanada yaxshilash bilan birga, o‘zga yurt madaniyatini o‘rganishda juda qo‘l keladi”,- deydi universitetimiz talabasi Marjona Obidova.

Kategoriya Yangiliklar

Hozirda Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida bo‘lib turgan universitet professor-o‘qituvchilari Pekin Xalqaro Fanlar Universiteti tomonidan tashkillashtirilayotgan seminar treningda faol ishtirok etib kelishmoqda. Shuningdek xalqaro ilmiy seminar ishtirokchilari Xitoy davlati bo‘yicha turizm va kelishuv kengashi bosh menejeri Chang Hong tomonidan o‘tilgan xalqaro turizm yo‘nalishida brend marketingning klassik holatlari mavzusida o‘tilgan seminarda qatnashishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Yevroosiyo turizm taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Turkiyaning Konya shahrida joylashgan Nejmettin Erbakan Universitetining turizm menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qish bilan bir vaqtda Turkiyaning Antalya shahrida joylashgan 5 yulduzli mehmonxonalarda 2 yil davomida stajirovka o‘tash imkoniyati yaratildi.

Ushbu dastur orqali 2 yil ichida siz:

  • Magistrlik diplomiga ega bo‘lasiz;
  • 2 yil davomida Turkiyaning Antalya shahrida joylashgan 5 yulduzli mehmonxonalarda stajirovka o‘taysiz va o‘z sohangizning yetuk mutaxassisiga aylanasiz;
  • turk tilini C1 darajada o‘rganasiz.

Talab etiladigan hujjatlar:

  • Turizm yo‘nalishidagi bakalavr diplomi va uning tasdiqlangan tarjimasi (turk tiliga);
  • Bakalavr diplomining transkripti va tasdiqlangan tarjimasi (turk tiliga);
  • Pasport

Arizalar talab qilinadigan hujjatlar bilan birga 2023-yil 8 avgustdan 2023-yil            21 avgustgacha undefined manzili orqali onlayn qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 99-274-96-12

Kategoriya E'lonlar

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xodimlari ishtirok etayotgan amaliy seminarning ikkinchi kunida Xitoy Xalq Respublikasida telekomunikatsiya bo’yicha yetakchi kompaniyalardan biri China Unicomning Pekin shahrida joylashgan bosh ofisiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mazkur kompaniyaning innovatsion markazida (China Unicom Innovative Center) kompaniyaning kelib chiqish tarixi, bugungi kunda taklif qilinayotgan xizmat turlari va mahsulotlar hamda 2022-yilda Pekin shahrida bo’lib o’tgan qishki olimpiada tashkil qilinishidagi faol ishtiroki haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Xitoyda turizm sanoatini rivojlanishida kompaniyaning faoliyati haqida ham atroflicha to’xtalib o’tildi. Berilgan ma’lumotlar seminar qatnashchilarida katta qiziqish uyg’otib, ularni O’zbekiston turizm sohalarida joriy qilish bo’yicha muzokaralar olib borildi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 04 Avgust 2023 12:57

Mahalla yoshlari holidan xabar olindi

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng-ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

2023-yil 4-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov boshchiligidagi universitet xodimlari adashgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, kasbga o‘rgatish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi “Bog‘i Feruza” mahallasida yashovchi yoshlar bilan uchrashdi. Dastlab universitet mutasaddilari “Bog‘i Feruza” mahallasida yashovchi, Mehrangiz Tuyg‘unova istiqomat qiladigan xonadonda bo‘lib, uning yashash tarzi, muammolari, qiziqishlari va kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda “Bog‘i Feruza” mahallasida yashovchi Umida Irgasheva ham o‘zini o‘zi band qilgan holda ayollar sartaroshi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Umida davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘zining yashab turgan xonadonida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda, hech qanday moddiy yordamga muhtoj emasligi, aksincha yurtboshimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan alohida e’tibordan mamnun ekanligini  ta’kidladi. Uchrashuv so‘nggida yoshlarga kitoblar tuhfa qilindi.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 4 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar