Joriy yilning 3-avgust kuni Ipak yo'li madaniyati va turizmini rivojlantirish va Markaziy Osiyo mamlakatlarida madaniyat va turizm tadqiqotlari imkoniyatlarini oshirish bo'yicha o‘tkazilayotgan amaliy seminar o’z ishini boshladi. Mazkur seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari bilan birga, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi huzuridagi Turim qo’mitasi va uning Samarqand viloyati hududiy bo’linmasi vakillaridan iborat O’zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etishdi.
Xalqaro ilmiy seminarning ochilishida Pekin xalqaro ta’lim universiteti vitse-prezidenti Prof.Zheng Chenjin, mazkur universitetning CPC qo'mitasi kotibi Changyuning, XXR madaniyat va turizm vazirligining xalqaro hamkorlik va almashinuv byurosi vakili Cui Yinglan, Turizm qo’mitasining masul xodimi Jahongir Matkarimov hamda O’zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Bosh konsuli Bobur Yaxyoyev va boshqalar ma’ruzalar qilishdi.
Shuningdek bugun kunning ikkinchi yarmida universitetimiz professor-o‘qituvchilari ishtirok etgan seminarda Xitoy sayyohlik va turizm matbuotining vitse-prezidenti Zhang Runsheng hamda “Turizm ta’limi” matbuoti qo’mitasining bosh menejeri Yang Xinlar tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga bir qancha turizm sanoatiga oid kitoblar tuhfa qilindi.
Xalqaro ilmiy seminar qatnashchilari Xitoy-Shanghai hamkorlik tashkilotining iqtisodiyot va savdo institutiga tashrif buyurdi va oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Bugun 1-avgustdan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh o‘qituvchi, xodimlari “Abituriyentlarning ota-onalarining ijtimoiy kayfiyati”ni o‘rganish maqsadida Samarqand shahridagi test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan hududlarda sotsiologik so‘rovnomalar o‘tkazishdi.
“Mening qizim Mehruza Holiqulova ham bugungi test sinovlarida ishtirok etmoqda. Test jarayonining tashkil etilishi, biz ota-onalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tahsinga loyiq”, – deydi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidan kelgan Orifjon Qurbonov.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz