Yangiliklar: Fevral 2022

Shanba, 19 Fevral 2022 09:58

AXBOROT XATI

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda 2022-yil 21-22-aprel kunlari ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiya mavzusi: “Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari”.

ANJUMANDA KO‘RILADIGAN MASALALAR:

  • Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasining nazariy va metodologik muammolari va ularni hal qilishning strategik yo‘llari
  • Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasi samaradorligini oshirish mexanizmlari, rivojlantirish tendensiyalari.
  • Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasi samaradorligini oshirishda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish muammolari.
  • Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida muzeyshunoslik va madaniy merosning ahamiyati.
  • Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm industriyasini rivojlantirishda ko‘ptillilikning ahamiyati.

Anjuman tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

Anjuman qatnashchilari: Anjumanda professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

Anjuman materiallari chop etiladi va konferensiyaga ishtirok etgan mualliflarga 1 nusxadan bepul tarqatiladi.

Ma’ruza matnlarini rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:

ma’ruza matnlari 14 o‘lchamdagi shriftda 1 intervalda, 3-5 varaq hajmida Times New Roman shriftida yozilgan va tahrir qilingan bo‘lishi lozim;

ma’ruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefoni va elektron manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak;

Maqola annotatsiyasi, kalit so‘zlari uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) to‘liq yoziladi;

Maqola so’ngida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart;

matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan – 2,5 sm, pastdan – 2,5 sm, o‘ngdan 2,5 sm, chapdan – 2,5 sm. o‘lchamda belgilanadi;

ma’ruza matni 1 nusxa qog‘ozda va elektron variantda RTF formatida taqdim etiladi;

ma’ruza matnida mavzuga oid nazariy masalalar bilan birga ularning amaliy yechimlari yoritilgan bo‘lishi lozim.

Mualliflik badali: anjumanni tashkil qilish va to‘plamni nashr qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir bet uchun 15 000 so‘m belgilangan.

Muddat: ma’ruzalar 2022 yilning 31 martiga qadar qabul qilinadi va chop etiladi.

Eslatma: Maqola anjumanning qaysi yo’nalishiga mo‘ljallanganligi aniq ko‘rsatilishi lozim. Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va kechikib topshirilgan ishlar anjuman materiallariga kiritilmaydi va qaytarilmaydi.

Bog‘lanish uchun telefonlar:

(+998906035523); e-mail:Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

(+998915446204); e-mail:rano.toshniyozova @univ-silkroad.uz

Kategoriya E'lonlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda universitetda “Zakovat” intellektual klubi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida universitet talabalalari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

“Zakovat” intellektual o‘yinini yoshlarning sevimli mashg‘uloti sifatida rivojlantirish uchun universitetda doimiy ravishda turner o‘yinlari tashkil etiladi.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimizning muhim tarkibiy qismi bo’lgan ilmiy kutubxona haqida gapirganda B.Vilerning mashhur “Menga kutubxona bering, men uning negizida universitet quraman” iborasi yodga tushadi. Shubhasiz, bu g‘oya universitet kutubxonasining zamonaviy dunyoda katta mas’uliyat yuklangan yirik ilmiy-madaniy markaz sifatidagi ustuvor vazifalarini ochib beradi. Shu bois Davlatimiz Rahbari hamda universitet rahbariyati universitet kutubxonasi zahirasiga dunyoning turli burchaklaridan kelgan kitoblarni jamlash uchun faol harakat qilishmoqda.

Jumladan, yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov kutubxona fondini nodir nashrlar bilan to‘ldirmoqda. Yaqinda uning sa'y-harakatlari bilan butun dunyodan 5000 dan ortiq yangi nashrlar keltirildi. Aziz Abduhakimov ta’kidlaganidek, kutubxona har qanday ta’lim muassasasi, jumladan, universitet faoliyatida ham nihoyatda muhim o‘rin tutadi.

Ayni paytda universitet maʼlumotlar bazasida “Turizm menejmenti”, “Turizm marketingi” kabi yoʻnalishlar boʻyicha 10 mingdan ortiq nashrlar; arxeologiya, muzeyshunoslik, sanʼat, Jahon va Oʻzbekiston tarixi, iqtisodiyot, tilshunoslik, madaniyat, etnografiya, gastronomik va ziyorat turizmi yo'nalishlari bo'yicha nodir kitoblar, badiiy adabiyotlar, shuningdek, dunyoning turli tillarida nashr etilgan qoʻllanmalar va darsliklar saqlanadi.

Hurmatli talabalar va “Ipak yo'li” universitetining professor-o'qituvchilari. Universitet kutubxonasi o'zingizni rivojlantirish hamda tadqiqot bazasini yaratishingiz uchun har qanday kitoblarni topishingiz mumkin bo'lgan noyob joy hisoblanadi.

Davlat kutubxonalari boshidan kechirayotgan mavjud qiyinchiliklarga qaramay, “Ipak yo‘li” universiteti kutubxonasini yangi kitoblar bilan faol to‘ldirish, shuningdek, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish tufayli o‘z faoliyatida sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugundan boshlab universitet saytida kutubxonamizdagi noyob kitoblar va o‘quv qo‘llanmalari haqida ma’lumotlar e’lon qilina boshlaydi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 15-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova va psixolog D.Turdiyeva 5-son talabalar turar-joyiga tashrif buyurishdi.

      Universitet vakillari qizlar istiqomat qilayotgan xonalarni birma-bir ko‘rib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishishdi, har biri bilan individual ravishda suhbatlashishdi. Qizlarni qiynayotgan muammolarni tinglashdi.

      Turar-joy kutubxonasiga yig‘ilgan talaba qizlarga Muhayyo Abbasova tomonidan ularning qonuniy haq-huquqlari, oila sha’ni¸ obro‘si hamma narsadan ustun ekanligi borasida ma’ruza o‘qildi. Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish, jamiyatimizdagi ushbu xunuk illatlarning oldini olish maqsadida talaba qizlarga anonim so‘rovnoma tarqatildi.

      Shundan so‘ng, psixolog Dildora Turdiyeva “So‘zlar - qanotlar” mavzusida motivatsion trening o‘tkazdi. U so‘zlar – o‘y-fikrlarimiz libosi, ruhiy, jismoniy holatimizni aks ettiruvchi vosita ekanligi, chunonchi, og‘zimizdan chiqayotgan har bir so‘z hayotimizga o‘z ta’sirini o‘tkazishi, muayyan bir voqealarni ohanrabodek tortishini aytib o‘tdi. O‘z nutqida ijobiy so‘zlardan foydalanish natijasida mo‘’jizalar ro‘y berishi va insonni OMAD, MUVAFFAQIYАT, BAXT, FAROVONLIK sari yetaklashini, ushbu so‘zlarni qanot qilib olish yuksakliklar sari parvoz qilishga imkon berishini tushuntirdi.

Kategoriya Yangiliklar

Oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari va yuqori kurs talabalari Samarqand shahri va O‘zbekiston Respublikasining boshqa turistik markazlari yodgorliklari va tarixiy maskanlari bo‘yicha gidlik-gid-ekskursovod kursini o‘tishi hamda gid-ekskursovod kasbini egallashni.


Bizning taklifimizning o'ziga xosligi shundaki:
- Mashg‘ulotlar Registon maydonidagi Mirzo Ulug‘bek madrasasida joylashgan eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalarida bo‘lib o‘tadi;
- O'quv kursi EastGuidesWest (Niderlandiya) mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va o'tkaziladigan mahorat darslari va onlayn darslarni o'z ichiga oladi.
- Shuningdek, YUNESKO materiallari asosida Jahon sayyohlik tashkiloti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab gidlar uchun maxsus kurs;
– Samarqand va O‘zbekistonning boshqa shaharlari obidalari bo‘yicha asosiy nazariy ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar shahrimiz tarixi, me’morchiligi va arxeologiyasi bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
- Kurs dasturida ritorika va sahna nutqi bo'yicha eksklyuziv darslar bloki mavjud. Blok o`qituvchisi Samarqand rus drama teatri yetakchi aktyori.
– O‘qitilayotgan kurslar va ulardan olingan materiallar, jumladan, keng ko‘lamli elektron kutubxona markazimiz bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi ko‘magida turizm sohasida ilmiy izlanishlarini davom ettirish imkonini beradi, shuningdek Yevropa sayyohlik kompaniyalari va ekspertlari sifatida.


O'quv muddati - 3 oy; kursni muvaffaqiyatli tamomlagan va imtihon topshirgandan so‘ng gid-gid-ekskursovodlik bo‘yicha ixtisoslashgan Davlat Diplomi beriladi.

- Malakali psixolog nizolarni boshqarish va stressga chidamlilik kursini o'tkazadi.

Ta'lim narxi va shartlariga oid barcha savollar uchun +998902763029 yoki +99893314538 telegram messenjeri orqali murojaat qiling.

Shu yerda o`zingiz haqida ma`lumot qoldirishingizni so`rab qolamiz https://docs.google.com/forms/d/1xEszKe0xqVehXuDCXxkLjKKFEkb0ToERJdnXebg4V4o/edit

Kategoriya Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oliy attestatsiya komissiyasining 2022 yil 1 fevraldagi 5-sonli buyrug'iga asosan "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti qoshida DSc ilmiy Kengashi ochildi.33/01.02.2022.I. 145.01 08.00.17 – "turizm va mehmonxona biznesi"mutaxassisligi bo'yicha iqtisodiyot sohasidagi ilmiy darajalarni berish bo'yicha.

Kengash raisi etib iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) Eshtayev Alisher Abdug'aniyevich tayinlandi.

Kengashda nafaqat o'zbek doktorantlari, balki xorijiy talabgorlar ham himoya qilinadi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq dissertatsiyalar uch tilda (ingliz, rus va o'zbek tillarida) himoya qilinadi.

Ilmiy va innovatsion ishlar bo'yicha prorektor doktor kulturologiya (DSc) A. V. Kylasov kelgusi yil uchun himoya rejasini tayyorlashini ma'lum qildi va Kengashning faoliyati O'zbekiston ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini malakali ilmiy kadrlar bilan to'ldirishga yordam berishiga umid bildirdi.

Kategoriya Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022- yilning “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan talabalarning qishki ta’tildagi vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba yoshlari oʻrtasida yanvar oyida “Inson qadrini ulugʻlash” mavzusida ingliz tilida onlayn esselar tanlovini o‘tkazildi.

Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi va “Tillar” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlovga 13 nafar talaba tomonidan “Inson qadrini ulugʻlash” mavzusida ingliz tilida yozilgan esselar jo‘natildi. Esselar universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilardan iborat tanlov ishchi guruhi a’zolari tomonidan adolatli va shaffof tarzda tekshirildi.

Tanlov ishchi guruhi a’zolarining xulosasiga ko‘ra, 3 nafar talaba g‘olib deb topildi va ular quyidagi tartibda moddiy ragʻbatlantiriladi:

1-o‘rin: Abduxalikov Amir, 2 kurs, 210 guruh (Bazaviy stipendiya miqdorining uch baravari miqdorida)

2-o‘rin: Adhamjonov Oybek, 3 kurs, Tour-119 (Bazaviy stipendiya miqdorining ikki baravari miqdorida)

3-o‘rin: Mansurov Abdulaziz, 2 kurs, 202 guruh (Bazaviy stipendiya miqdorining bir baravari miqdorida)

G‘oliblarga moddiy rag‘batlantirish vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Tanlov g‘oliblarini tabriklaymiz!

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti akademik ishlar boshqarmasi xabar berishicha, o'qituvchimiz va fan nomzodi Farrux Shukurov Germaniya akademik jamiyati (DAAD) tomonidan joriy yilning mart oyidan boshlab ilmiy-tadqiqot stipendiyasini olish uchun Germaniyaning eng nufuzli akademik almashinuv dasturida ishtirok etish uchun tanlab olindi. DAAD-boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik orqali etakchi nemis, tadqiqot modelini kengaytirish uchun yaratilgan yuqori raqobatbardosh dastur. Tadqiqot manfaatlari va maqsadlari, shuningdek, ilmiy yutuqlar to'g'risidagi bayonot asosida mamlakatning etakchi ilmiy jamiyatlaridan faqat uchta nomzod tanlandi. DAAD uchun yosh universitet nomzodini tanlash ham muhimdir, bu esa tadqiqotlarni yanada rivojlantirish uchun o'sib borayotgan obro'imiz va salohiyatimiz haqida gapiradi. Farrux Shukurov universitetning kompyuter va axborot fanlari kafedrasi professori, doktor Kerli Tilman rahbarligida tajribali tadqiqot guruhi tarkibida ishlaydi. DAAD nemis akademik jamiyati 1925 yilda Bonnda tashkil etilgan va xalqaro akademik hamkorlik sohasida Germaniyaning eng yirik qo'llab-quvvatlash tashkiloti hisoblanadi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 07 Fevral 2022 18:25

SHHT bu nima?

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) 2001 yil 15 iyunda Shanxayda tashkil etilgan hukumatlararo tashkilotdir.

Ayni paytda ShHTga 8 ta a'zo davlat kiradi:
1. Xitoy
2. O'zbekiston
3. Qozog'iston
4. Qirg'iziston
5. Rossiya
6. Pokiston
7. Tojikiston
8. Hindiston

4 to'liq a'zolikka qo'shilishdan manfaatdor bo'lgan kuzatuvchi davlatlar:
1. Afg'oniston
2. Belarus
3. Eron
4. Mo'g'uliston

Muloqot uchun 6 ta hamkor:
1. Armaniston
2. Ozarbayjon
3. Kambodja
4. Nepal
5. Shri-Lanka
6. Turkiya

2021-yilda Eronning ShHTga to'liq a'zo sifatida a'zo bo'lish jarayonini boshlash to'g'risida qaror qabul qilindi, Misr, Qatar, Saudiya Arabistoni esa muloqot bo'yicha sherik bo'ldi.

2005 yildan buyon SHHT BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi hisoblanadi. 2010 yil aprel oyida BMT va SHHT kotibiyatlari hamkorlik to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar. SHHT kotibiyati BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (UNESCO), Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) va xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) bilan BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha idorasi (UNODC), BMTning Osiyo va tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) va BMTning terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi (UNOCT) bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 04 Fevral 2022 17:34

“Inson qadri hamma narsadan ulug”

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan 2022-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmonining mazmun-mohiyati to‘g‘risida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir xotin-qizlar kengashi raisi M. Abbasovaning Prezident farmonida ilgari surilgan ”Inson qadri uchun” tamoyili haqidagi ma’ruza bilan ochildi. Ma’ruzada so‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekiston barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarining yaratilishida yurtimizda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlardan iborat intellektual salohiyatli hamda milliy qadriyatlarni tashuvchi ma’rifatli qatlam ham mas’ul ekanligiga keng qamrovli va asosli munosabat bildirildi.


“Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori M.Sidiqova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni hamda 2022 yil - “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi borasidagi ma’ruzasining mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi nutqida Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquq va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishilarini va bu borada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i N.Mansurova va “Turizm menejmenti” fakulteti dekani R. Toshniyozovalar ham soha doirasida universitetning istiqbol rejalari bo‘yicha tahliliy munosabat bildirishdi.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar