Yangiliklar: Mart 2025

Prezidentimizning “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining yetakchi professor-oʻqituvchilari universitetga biriktirilgan Xiva turizm va madaniy meros texnikumiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida universitet professor-oʻqituvchilari texnikumda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘quvchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar.
Shuningdek, texnikum xodimlari uchun kasb mutaxassisliklari boʻyicha me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish, zamonaviy o‘quv-uslubiy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha suhbatlar oʻtkazildi va amaliy ko‘mak berildi.
Hamkorlik doirasida universitet professor-o‘qituvchilari va texnikum oʻqituvchilari birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, texnikum o‘quvchilari uchun kasbiy fanlardan onlayn darslar va seminarlar tashkil qilish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 25 Mart 2025 10:45

Haneda aeroportida amaliyot

Hurmatli talabalar!

Sizga dunyoning eng zamonaviy va gavjum aeroportlaridan biri - Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Haneda aeroportida amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etishdan mamnunmiz.

Ushbu amaliyot xalqaro muhitda noyob tajriba va yapon madaniyati bilan tanishish imkoniyatini taqdim etadi.

Agar siz ushbu dasturda ishtirok etishni istasangiz, quyidagi shaklni to‘ldiring va taqdimot shartlari bilan tanishing

Batafsil ma’lumotlarni universitet kampusining 320-xonasidagi mutasaddilardan olishingiz mumkin.

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Jizzax viloyati investitsiyalarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i Fayoz Kushakov turizm va madaniyat yetakchilariga "Jizzax viloyatining turizm salohiyati" mavzusida ma’ruza qildi.
Notiq dastlab Jizzax viloyatining turizm salohiyati va rivojlanishi bilan tanishtirib, viloyatning turizm bozorini targ‘ib qilish, turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va kelgusida kengaytirish rejalariga alohida e’tibor qaratdi.
Ma’ruzani universitet fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, prof. Toni Zou olib bordi. Ushbu tadbirda universitet talabalari ishtirok etdi va turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishda faol ishtirok etdilar.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 24 Mart 2025 16:34

Tyutor va psixolog hamkorligi

Bugun, 24-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiуeva va tyutor M.Tilavov birgalikda 1-bosqich Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan IR-124-guruhida “Bizni boshqarayotgan hissiyotlar” nomli psixologik trening tashkil etishdi.
Talabalarning ayni damdagi ruhiy holati, turli sharoitlarda o‘ziga bo‘lgan munosabatini aniqlash uchun “Yomg‘ir ostidagi odam” proektiv metodi amaliyotda qo‘llanildi. Bu sinaluvchilarning stressli, noqulay hayotiy vaziyatlardagi hatti-harakatlarini ochib beruvchi samarali psixologik usul hisoblanadi. “Hissiyotlar estafetasi” o‘yini esa talabalarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, psixoemotsional zo‘riqishga qarshi ajoyib vosita bo‘ldi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun 24-mart kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida sportning Shaxmat turi bo‘yicha guruhlararo saralash musobaqalari tashkil qilindi. Ushbu musobaqalar universitet jamaosining shahar, viloyat va respublika miqyosida bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarga tayyorgarlik vazifasini o‘tamoqda.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 24 Mart 2025 12:59

DIQQAT E’LON!

Barcha talabalar diqqatiga! 2025-yil 26-mart kuni soat 14-00da talabalar o'rtasida Stol-tennisi sport turidan musobaqa tashkil etilmoqda.
Barcha talabalarimizni ushbu musabaqada faoll bo‘lishini so‘rab qolamiz! Ishtirok etish istagida bo'lgan talaba-yoshlar ro'yxatdan o'tishlari mumkun.
Murojaat uchun:
tel +99890 224-02-22, +99890 227-28-08 Universitet Sport klub

Kategoriya E'lonlar

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti "Komplayens nazorati" bo'limi va tyutor hamkorligida Marketing-124 guruh talaba-yoshlari ishtirokida "Korrupsiyadan holi ta'lim muassasasi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasida shaffoflikni ta'minlash maqsadida o'tkazilgan davra suhbati jarayonida talabalar o‘rtasida uchrayotgan ayrim muammolar o‘rganilib, ularga zarur tavsiyalar berildi va murojaatlariga ijobiy yechim topildi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 24 Mart 2025 09:57

E’lon.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi bo’yicha  bitiruvchi bosqich talabalari diqqatiga!

2024/2025 o‘quv yilida bitiruvchi talabalar uchun diplom loyiha ishi va magistrlik dissertatsiya ishlarini yozish bo‘yicha yo‘riqnomalar, shuningdek, sirtqi ta’lim shakli bitiruvchi talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiya dasturlari e’lon qilinmoqda.

Kategoriya E'lonlar
Dushanba, 24 Mart 2025 09:49

Talabalar diqqatiga!

Winter school (Qishgi maktab)da o’qish uchun ro’yxatdan o’tgan talabalar uchun  2025-yil 17-fevraldan  dars jadvali asosida dars mashg’ulotlari boshlangan. Dars jarayonlari an’anaviy (offline) shaklda olib borilmoqda. Darslarga qatnashmagan yoki o’qituvchi bilan bog’lana olmagan talabalar, kafedra mudirlariga va tyutorlarga zudlik bilan uchrashishlarini so’raymiz.

Kategoriya E'lonlar

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida
talabalar va o‘qituvchilar uchun “My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun” loyihasi doirasida seminar o’tkazildi. Seminar davomida "Bir million dasturchi" loyihasi va uning talabalar uchun imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Coursera ta'lim platformasida online tarzda turli fan sohalari bo'yicha sertifikatlarga ega bo‘lish haqida tushuntirildi.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar