Yangiliklar: Mart 2025

Joriy yilning 5-mart kuni ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash joyi yaqindan òrganildi. Talabalarga zarur tavsiyalar berilib, kommunal xizmatlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, is gazi va yonĝin xavfsizligidan ogoh bòlishi haqida tushunchalar berildi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun 6-mart kuni 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Ipak yo'li " turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi hamda "Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasi hamkorligida 1-bosqich talaba-qizlari o‘rtasida "Balli qizlar" ko‘rik tanlovi tashkil etildi. Qizlar 4 shart  bo'yicha bellashib, quyidagi nominatsiyalarni qo'lga kiritishdi: "Eng ijodkor qiz" - Eshnorova Sevinch, "Eng chaqqon qiz" - Shakirova Jasmina, "Eng sarishta qiz" - Hamroqulova Asal, "Eng kreativ qiz" - Xolmatova Farida, "Eng bilimdon qiz" - Baxtiyorova Muxlisa. Ishtirokchi talabalar orasidan Shakirova Jasmina "Universitet malikasi" deb topildi

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti iqtidorli talabalari tomonidan universitet talabalari uchun “Art Club” o‘z faoliyatini boshladi.

Tashkil etilayotgan rasm chizish bo‘yicha mahorat darsi qizg‘in o‘tdi. Rassomchilik sohasi talabalarning iqtidorini ro‘yobga chiqarishlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Kategoriya Yangiliklar

2025-yil 4-mart  kuni "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida "Talabalar ligasi" sport musobaqalari doirasida sportning Badminton turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.                                                                                                                                  

Musobaqa yakuniga ko‘ra,

 1-o‘rin Samarqand davlat tibbiyot universitet jamoasi. 

2-o‘rin Samarqand davlat universiteti  jamoasi.

 3-o‘rin  "Ipak  yo‘li"  turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 5-mart kuni universitet faollar zalida oliygoh kasaba uyushmalari boshlangʻich tashkilotining hisobot-saylovi hamda O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashgan qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylovi boʻlib o’tdi.

Hisobot-saylov yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan asosiy masalalardan biri universitet kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi S.Matlabovning kasaba uyushmasi tomonidan 2020-2025 yillarda olib borilgan ishlari toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng universitet kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisligiga tavsiya etilgan 3 nafar nomzodga ochiq ovoz berildi. Ochiq va shaffof o‘tgan ovoz berish jarayoni natijalariga ko’ra, eng koʻp ovoz olgan amaldagi universitet kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkiloti raisi S.Matlabov ushbu lavozimiga qayta saylandi.

Shuningdek yig‘ilishda Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashgan qo‘mitasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi T.Alqarov va universitet kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi  S.Matlabov O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati birlashgan qo‘mitasining hisobot-saylovi konferensiyasiga delegat etib saylandilar.

Hisobot saylov yig‘ilishida keyingi besh yil mobaynida universitet kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan professor-o‘qituvchilarni hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Kategoriya Yangiliklar

Xitoy tili tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishida ta’lim olayotgan TTCh-224 guruh birinchi bosqich talabalari xitoy tilini o‘rganish va irogliflarni yozish darsidan jarayonlar.

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o'qituvchilari va talabalari Indoneziyaning Gunadarma Universitetida bo'lib o'tayotgan Yozgi o'qishlar davomida o'quv seminarlarida faol ishtirok etishmoqda. Gunadarma Universiteti tarkibidagi Texnopark faoliyatini o'rganish davomida hamkor universitetlar o'rtasida akademik faoliyat bo'yicha o'zaro fikr almashildi. Texnopark hududiga mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun 5-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi bosqich talabalari o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida voleybol musobaqasi tashkil qilindi. Musobaqada talabalar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashishdi. Voleybol musobaqasi yakuniga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan jamoaga esdalik sovgalari topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 4-mart kuni universitetimiz tyuteri G.Husainova Talabalar turar joyida talabalar o‘rtasida odob-axloqqa rioya qilish, ayniqsa kiyinish madaniyati borasida ommaviy madaniyatga emas aksincha milliyligimizdan kelib chiqib kiyimlar tanlash xususida davra suhbati o‘tkazdi. Shuningdek davra suhbatida odob axloq kodeksi haqida ham so‘z bordi. Samimiy muloqot shaklida o‘tgan davra suhbatida talabalarga zarur tavsiyalar berildi.

Kategoriya Yangiliklar

Birgina ommaviy madaniyat tushunchasining o‘ziyoq ana shunday tahdidlardan biri hisoblanadi. Ushbu buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurashish maqsadida "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan bir guruh yoshlar bilan "Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz" mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, uning ko‘rinishlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 2 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar