Yangiliklar: Mart 2025

Bugun 20-mart kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan bayram tadbirlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ham o‘z chiqishlari bilan faol ishtirok etishdi. Ayniqsa universitetimizning bir guruh mahalliy va xorijlik talabalari tomonidan tayyorlangan kuy va qo‘shiqlari ko‘plab bayram ishtirokchilarini bir joyga jamladi. Talabalarimiz nafaqat xalqimizning milliy urf-odatlarini balki ingliz, rus, hind, xitoy kabi xalqlarning ham madaniyatini namoyish qilishdi.

Universitetimiz jamoasi tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar va chiqishlarga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboev o‘zining ijobiy fikrini bildirib o‘tdi. Navro‘z sayli  universitetimiz jamoasining qalbini quvonch va shodlikka to‘ldirib, bayramona kayfiyat ulashdi. Bayram tadbirlari davom etmoqda.     

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 61-son qaroriga muvofiq hozirda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Kelajakka qadam” dasturi joriy qilingan.

Mazkur darsturga muvofiq, amaliyot o‘tayotgan talabalarning kasbiy amaliyot xarajatlari moliyalashtirilishi belgilangan. Shu munosabat bilan imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadida sizlardan dastur to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz.

Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi to‘g‘risida HEMIS axborot tizimidagi shaxsiy kabinetingizga savolnoma yuboriladi va mazkur savolnomaga to‘liq qatnashishingiz so‘raladi.

Kategoriya E'lonlar

Shu kunlarda Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida universitetimiz hovlisiga turli daraxt ko‘chatlari ekilib, parvarish qilinmoqda. Ushbu xayrli tadbirning navbatdagisi Turizm akademiyasi binosi oldida o‘tkazilib, unda bir guruh xodimlar tomonidan turli xildagi manzarali ko‘chatlar ekildi.

Kategoriya Yangiliklar

2025-yilning 15-martdan 15-aprelgacha Respublika hududida oʻtkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘quv seminari o‘tkazildi.  Tadbirda  viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘quv markazi boshlig‘i boshchiligidagi guruh va universitetimiz mutasaddilari ishtirok etdi. O‘quv seminarida bahor mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tabiiy tusdagi sel va ko‘chki bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar  hamda ishchi xodimlar va talabalarni “Zilzilaga qadar, zilzila vaqtida va zilziladan soʻng harakatlanish qoidalari” mavzusida nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib borildi va zarur tavsiyalar berildi.

Kategoriya Yangiliklar

Kun sayin ilmiy salohiyati yuksalib borayotgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir qator yosh va umidli o‘qituvchilari ilmiy darajalarga munosib deb topildi. Universitetimiz dekani ofisi boshlig‘i Nodir Xushvaqtov, Sirtqi ta’lim bo‘limi bosh mutaxassisi Ibragim Nimatov, Turizm kafedrasi Madina Xoshimova PhD diplomini, Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi o‘qituvchisi Nargiza Turdiyeva esa dotsentlik diplomini olganligi bilan universitetimiz jamoasi nomidan muborakbod etamiz.
Barcha yosh olimlarimizning ilmiy ishlariga omad yor bo‘lsin!

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Marupova Dilfuza Davronovnaning "Bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslik kompetensiyalarini rivojlantirish" nomli monografiyasi chop etildi. Monografiyada bo‘lajak adabiyot o‘qituvchilarining adabiyotshunoslik kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy asoslari, shuningdek, badiiy matnni tahlil va talqin qilish bo‘yicha kasbiy kompetensiyani shakllantirish jarayoniga integrativ yondashuvning mazmun jihatlarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 19 Mart 2025 10:01

E’LON!

Joriy yilning 25-28-mart kunlari “Ziyo forum” ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, S-1 mavzesida joylashgan “Cyber Arene” binosida CS:2 yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlari orasida mazkur musobaqada ishtirok etish istagida bo‘lganlar 2025-yil 19-mart kuniga qadar guruh tyutorlariga uchrashishlaringizni ma’lum qiladi.

Kategoriya E'lonlar
Chorshanba, 19 Mart 2025 09:39

E'LON

2025-yil 5-aprel kuni soat 11:00 da UNWTO tematik ofisida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Xayrullayev Abdulatif Lutfillo o‘g‘lining 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi boʻyicha “Hududlarda davolash-sog‘lomlashtirish turizmini samarali rivojlantirish usullarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi dotsent Akramova Taxmina Komiljonovnaning "Edgar Po asarlarining g‘oyaviy-badiiy obrazlari va ularni tarjimada qayta yaratish usullari" nomli monografiyasi chop etildi. T.K.Akramovaning monografiyasi adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik doirasida yozilgan bo‘lib, u zamonaviy tilshunoslikning umumiy tendensiyasiga muvofiq til hodisalarini inson qiyofasi, uning ma’naviy va amaliy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda o‘rganadi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining kutubxonasida "Kitobxon yoshlar ligasi"ning universitet bosqichi tashkil qilindi. Kitobxonlar tomonidan tanlangan asar bo'yicha davra suhbati va savol-javob uyushtirildi. Bu jarayonda kutubxona bo‘limi boshlig‘i, kutubxona bosh mutaxassisi, xotin-qizlar kengashi raisi va tyutorlar tomonidan o'tkazildi. Tadbirda talabalar juda faol ishtirok etishdi.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar