press

press

23-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba – yoshlari o‘rtasida “Saylov va yoshlar” targ‘iboti doirasida “Shaxmat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada universitetimiz barcha bosqichdagi talabalari faol ishtirok etishdi.
Universitetimizda “Saylov va yoshlar” targ‘iboti doirasidagi sport musobaqalari davom etmoqda.

Payshanba, 24 Oktyabr 2024 09:53

E’LON

Kelajakda ish suhbatlarida (job interview) muvaffaqiyatli bo‘lishga tayyormisiz? Agar siz katta kurs talabasi bo'lsangiz yoki shunchaki suhbat ko‘nikmalaringizni oshirmoqchi bo‘lsangiz, siz uchun ajoyib trening tayyorladik!

Sizni intervyu bo‘yicha maslahatlar mavzusidagi interaktiv mashg‘ulotga taklif qilamiz, bu yerda siz quyidagilarni o‘rganasiz:

Intervyuga qanday samarali tayyorgarlik ko‘rish kerak
Professional odob-axloq qoidalari
Tez-tez uchraydigan va qiyin savollarga qanday javob berish kerak
O‘zingizni qanday ishonchli ko‘rsatish
Suhbatdan keyin nimalarga ahamiyat berish kerak
Sana: 31 Oktabr
Vaqt: 11
Joy: 229
Mexruza Vafokulova tomonidan

Ushbu trening sizga amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatadi va har qanday suhbatga ishonch bilan kirishga yordam beradi. Ishga yollanish bo‘yicha ko‘nikmalaringizni oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Joriy yilning may oyida e’lon qilingan ORHUN almashinuv dasturida qatnashgan va tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Raximova Nilufar Aminovna Azarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universitetida (UNEC) dars bermoqda. Nilufar Raximova universitetning xalqaro aloqalar bo‘limi hamda Rus iqtisodiyot maktabi fakulteti professor-o‘qituvchilari  tomonidan samimiy kutib olindi hamda Marketing kafedrasiga biriktirdi. Ushbu dastur doirasida o‘qituvchimiz Azarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universitetining bakalavriyat yo‘nalishi birinchi kurs talabalariga “Xalqaro aloqalar” fanidan dars bermoqda.

22-oktabr kuni universitetimiz tyutori G.Husainova talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan uchrashib ichki tartib-qoidalar haqida tushuntirish ishlarini olib bordi. Bundan tashqari tyutor tomonidan talabalar turar joyidagi yaratilgan shart-sharoitlar ko’zdan kechirilib, xonalarni toza va ozoda saqlash hamda jihozlardan to’g’ri foydalanish va ularni asrash zarurligi haqida zarur tavsiyalar berildi.

Bugungi kunda talabalar turar joyida yashovchi yigit-qizlarning  bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida turli sport musobaqalari, bellashuvlar tashkil etilgan.

Universitet tyutori Rofeeva Malika tomonidan o‘ziga beriktirilgan guruhlarda ijara xonadonida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida talabalarga xavfsizlik qoidalari ya’ni elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan ehtiyotkorlik bilan foydalanishi boʻyicha tushintirish ishlari olib borildi.

Ijarada yashayotgan talabalar xolidan xabar olish maqsadida 22-oktabr kuni universitetimiz tyutori S.Abbasova o‘ziga biriktirilgan  guruhlarda ta’lim olayotgan ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan yaqindan muloqot qildi. Talabalarning yashash sharoiti, muammo va tashvishlari yaqindan o‘rganildi. Oʻrganish davomida talabalarga birdan kunlar sovib ketishi ortidan kommunal xizmatlardan to‘g‘ri foydalanish xususida zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.

27-oktabr - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni munosabati bilan universitetimizning bir guruh faol talabalari Samarkand shahar 70 -saylov uchastkasida "Mening tanlovim – Obod Vatanim!" shiori ostida muddatdan oldin ovoz berishdi.

Shu o‘rinda barcha universitetimiz jamoasini 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etishini so‘rab qolamiz.

Universitetimiz talabalari o‘rtasida "Besh tashabbus" hamda "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining 2-bosqichi davom etmoqda. Talabalarimiz ushbu musobaqa doirasida sportning mini futbol turida o‘zaro bahs olib borishdi. G‘oliblar keyingi bosqichidagi musobaqada ishtirok etadi.

2024-yilning 22-oktabr kuni  universitetimizda “Bizning jamiyatda taziyq va zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova,  Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova hamda bir guruh talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Bugungi kunda oilalarda ma’naviy muhitni yanada yaxshilash va ayrim xotin-qizlarni taziyq va zo‘ravonlikdan himoya qilish kabi masalalarga yechim topish maqsadida  “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Tadbirda talaba qizlarga ushbu tadbirning ahamiyati, mazmun mohiyati xususida tushuntirishlar, zarur tavsiyalar berildi.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda bir nechta yetakchi xalqaro tashkilotlari bilan yaqindan amaliy hamkorlik qilib kelmoqda.
Germaniyaning Ebersvalde universiteti professori Nicole Haeusler tomonidan "Combating Overtourism: Sustainable Strategies and its linkage to Uzbekistan" mavzusida universitet talabalariga mahorat darslarini olib borildi. Ma'ruza davomida talabalarga barqaror turizmni rivojlantirishga oid yangi ma'lumotlar aytib o'tildi. Shuningdek, O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda xalqaro tajribalardan foydalanishning o'ziga xos nazariy asoslari bo'yicha ma'lumotlar berildi.

32 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar