Magistrlarning jami 4 ta startap loyihalarida bir biridan qiziqarli va interaktiv ishlarning borligi yoshlarning sohaga qator yangiliklar kirita olishini ko‘rsatdi.
#Ma’rifat soati
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bugun 26-mart kuni o‘tkazilgan navbatdagi Ma`rifat soati “Yangi O’zbekiston yoshlari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda 1-bosqich Mar-124, 2-bosqich Tour-123, Tour 223, Log-123 guruhlari talabalari va 3-bosqich Guide-122-guruhi talabalari ishtirok etishdi. Ma’rifat soati darslarida o‘qituvchilar tomonidan Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renesans qurishda universitetimiz talaba-yoshlarining o‘rni va roli xususida gapirildi. Ochiq va samimiy o‘tgan Ma’rifat soatlarida talaba-yoshlar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar xususida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Ma’ruzachi sifatida "Fast Education" va "Oxford International School" nodavlat ta’lim muassasalari asoschisi B. Jo‘rayev taklif etildi.
Tadbir davomida B.Jo‘rayev universitet talabalariga o‘zining tadbirkorlik yo‘li va ta’lim sohasida erishgan yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Biznes va ta’limning o‘zaro bog‘liqligi asosidagi qizg'in suhbat talabalar e’tiborini jalb etdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Xususan, B.Jo‘rayevning "Bilim", "Oila", "Salomatlik", "Ota-ona duosi" va "Do‘stlar" tamoyillariga asoslangan hayot yo‘li talabalar uchun haqiqiy ilhom manbai bo‘ldi.
Bugun, 26-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiуeva va tyutor P.Islomov birgalikda 1-bosqich TH-424-guruhi talabalari bilan uchrashib, ulardan psixologik so‘rovnoma va ekspress-testlar olishdi.
Ushbu psixologik metodlar yoshlar orasida keng tarqalgan suitsid va jinoyatga moyillikni aniqlashga yordam beradi. Tahlillar natijasi o‘laroq individual yoki guruhli suhbatlar tashkil etiladi va psixokorreksion ishlar olib boriladi. Shuningdek, uchrashuv doirasida talabalar ularni qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Tyutor va psixolog hamkorligi psixologik treninglar, davra suhbatlari va bu kabi uchrashuvlar shaklida davom etadi.
"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida turizm va madaniy meros sohalarini yosh kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi va Madaniy meros boshqarmalari hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar hamkorligida 2025-yil 27 – mart soat 10:00 da universitet binosida, 28-mart kuni soat 10:00 da Samarqand shahri Registon maydonida “Career-2025” mehnat yarmarkasi tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Biz faxr bilan Samarqanddagi Xalqaro Turizm Akademiyasi Les Roches bilan hamkorlikda “Mehmonxona biznesini boshqarish” ta’lim dasturini ishga tushirayotganimizni e’lon qilamiz.
Nega aynan ushbu dastur?
1. Xalqaro darajadagi sertifikat – bitiruvchilar UN Tourism va Les Roches tomonidan tan olingan sertifikatlarga ega bo’lib, dunyoning eng yaxshi mehmonxona va kurortlariga yo’l ochadi.
2. Innovatsion o’qitish usullari – mehmondo’stlik olamini sanoatning yetakchi ekspertlari bilan kashf eting.
3. Eng yaxshi kompaniyalarda amaliyot – yetakchi mehmonxonalar va turistik tashkilotlarda haqiqiy tajriba oling.
4. Barcha tayyorgarlik darajalari uchun – dastur yangi boshlovchilar va malakasini oshirishni istagan amaldagi mutaxassislar uchun mos keladi.
Bu turizm kelajagini shakllantirayotgan mehmondo’stlik sanoatining bir qismiga aylanish imkoniyatingiz!
Dastur tez orada boshlanadi – yangiliklarni kuzatib boring va yangi avlod talabalar qatorida birinchilardan bo’ling!
Orzuingiz tomon qadam tashlashga tayyormisiz? Hozirning o’zida ariza qoldiring! Ammo avval dasturga kirish talablari bilan tanishing!
Konferensiya Germaniya Federal Ta’lim va tadqiqot vazirligi hamda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi homiyligida o‘tkazilgan.2025-yilning 23-24-mart kunlari madaniy yodgorliklarga zarar yetkazmasdan ularni restavratsiya qilishning ilg‘or texnologiyalari germaniyalik olimlar tomonidan amaliy jarayonda ko‘rsatilib, master klasslar tashkil etildi. Xiva shahridagi Qirq ustun jome masjidi va Toshhovli qasri ustun va devorlarini restavratsiya qilish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirilib, fikr almashildi.Bu kabi amaliy konferensiyalar universitetimiz ilmiy salohiyatini oshirish, o‘qitish jarayonlarini samarali tashkil etilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun 25-mart kuni yurtimizdagi barcha davlat tashkilotlarida ushbu respublika aksiyasi o‘tkazilib, unga ko‘ra, bir soatga chiroq, kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalarini tarmoqdan uzish, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarni ixtiyoriy ravishda bir soat muddatda ko‘chaga chiqib sayr qilishi belgilangan.
Ushbu aksiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham o‘tkazildi. Aksiyada universitet binosi 13:00 dan 14:00ga qadar elektr tarmog‘idan uzildi va oliygoh professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari bir soat mobaynida sportning shaxmat-shashka, badminton, stol tennisi kabi o‘yinlari va rasm chizish, maroqli suhbat qurish, sayr qilish kabilar bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Bugun 25-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilgan navbatdagi Ma`rifat soatining mavzusi "Prezident: Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash - strategik yo'limiz" mavzusiga bag‘ishlanib, unda 1-bosqich TTE-124 va TTK-124 guruhi, 2-bosqich Mantour-123 va Mantour-223 guruhlari, 3-bosqich Arch-122,
Ch-122, Ms-122, Mantour-122 guruhlari talabalari ishtirok etishdi. Ma’rifat soatida guruh talabalariga dars o‘tgan o`qituvchilar mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotlar va zarur tushunchalar berishdi. Bu kabi Ma’rifat soatlari talabalarning man’aviy-ma’rifiy bilimini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz