press

press

2025-yil 19-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Tashkil etilgan musobaqaga universitetning 50 nafardan ortiq talabalari ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘oliblar taqdirlandi.

Kun sayin nufuzi oshib borayotgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga umumta’lim maktablari litsey bitiruvchilarning qiziqishi baland. Samarqand davlat chet-tillar instituti qoshidagi akademik litseyi bitiruvchilari ham oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishib ushbu ta’lim dargohida o‘qish niyatida ekanligini bildirishdi. Bitiruvchilarga universitet haqidagi barcha ma’lumotlarni Qabul va marketing bo‘limi mas’ul xodimlari gapirib berishdi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bakalavr va magistratura bosqichidagi talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning istiqbollari” nomli maqolalar tanlovida faol ishtirok etgan talabalar universitet tomonidan taqdirlandi. Ilmiy tadqiqotlar bo'limi tomonidan tashkil etilgan tanlov natijalariga ko'ra quyidagi talabalar g'olib bo'lishdi:

1-o'rin. Cheng Ruisi- Magistr

2-o'rin. Sirojiddinova Shaxrizoda- 2-kurs talabasi

3-o'rin. Sadikova Amina -1-kurs talabasi

"Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Ablakulova Iroda Kamolidinovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

 Universitetimiz jamoasi nomidan o‘qituvchimizni ushbu muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz.

Chorshanba, 19 Fevral 2025 17:30

Tyutor va psixolog hamkorligi

Bugun, 19-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va tyutor M.Tilavov 1-bosqich Man-124 va IR-224-guruhlarida “O‘zligingni angla” mavzusida psixologik trening tashkil etishdi.

Tadbirda talabalarga konflikt vaziyatlardan chiqish, stressni yengish borasida psixologik tavsiyalar berildi va emotsional so‘nish, zo‘riqishning oldini oluvchi amaliyotlar bajarildi. Shuningdek, maqsadni to‘g‘ri shakllantirish, unga erishish yo‘llari haqida interaktiv tarzda suhbat olib borildi. Talabalar maqsadga erishish yo‘lida to‘siqlarni qay yo‘sinda yengish kerakligini o‘z xatti-harakatlari misolida namoyish etishdi. Ijobiy muhit, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan psixologik trening ishtirokchilarga zo‘r motivatsiya berib, pozitiv emotsiyalar taqdim etdi.  

Bugun 19-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida  “Giyohvandlikka qarshi kurash” oyligi doirasida "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida birinchi bosqich talabalari o‘rtasida noan’anaviy shashka va shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqaning noodatiyligi shundaki shashka donalari mevalar va shirinliklarga almashtirilib o‘ynaldi.

Bugun 19-fevral kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova boshchiligida kengash qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda kengash raisi M.Abbasova klubning bugungi kundagi  faoliyati, rejalari xususida gapirdi. Universitetda ko‘plab liderlikka qobiliyati bor talaba-qizlar ta’lim olishadi. Ana shunday talaba-qizlarni klubga jalb qilish orqali jamiyatga yetuk va faol qizlarni tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasi hisoblanadi. Tadbirda ”Ulkan maqsadlar sari" mavzusida ochiq muloqat ham tashkil qilinib, a’zolarga qator savollar berildi. Yig‘ilishda birinchi bosqich talabalarimiz faol ishtirok etib taqdimotlar o‘tkazishdi.

Avval xabar berilganidek, (undefined) O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi Vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi, Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi va Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashabbusi bilan joriy yilning 17-fevral sanasida Art-rezidensiyada BMT Modeli doirasida Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir mavzusi - global iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror turizm rivoji bo'lib, unda 20 ta davlat nomidan yosh delegatlar ishtirok etishdi.

Ma'lumot uchun, Model United Nations (Model UN) — bu talabalar va yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan xalqaro simulyatsion konferensiya bo‘lib, unda ishtirokchilar turli mamlakatlarning vakillari sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) faoliyatini aks ettiradilar. Ushbu tadbir yoshlarga xalqaro diplomatiya, muzokaralar va global muammolarni tushunish imkoniyatini beradi.

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad – bu turizm sohasini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, tabiiy resurslarni saqlash va barqaror turizmni rivojlantirishga oid samarali yechimlarni ishlab chiqishdan iboratdir. Delegatlar o‘z mamlakatlarining pozitsiyalarini taqdim etib, iqlim o‘zgarishining turizm sohasiga ta’siri, ekologik xavfsizlik masalalari hamda yangi sharoitlarda barqaror turizmni rivojlantirish strategiyalari yuzasidan fikr almashishdi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan bir qator tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, ekologik turizm bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, sayyohlik maskanlarida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va mahalliy aholi uchun barqaror turizmni rivojlantirish dasturlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Bugun 18-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi munosabati bilan Ichki Ishlar vazirligining hamda viloyat Ichki Ishlar boshqarmasining mas’ul mutasaddilari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Dastlab mavzu yuzasidan videorolik namoyish qilindi. Shundan so‘ng Ichki Ishlar vazirligi Tezkor kidiruv deportamenti jinoyat kidiruv boshkarmasi giyohvandlik va psixotrop moddalarini muomilasiga karshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik A.Matlyubov tomonidan yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish yuzasidan ma’ruza qilindi.

 Sir emas, bugun jamiyatimizda ayrim nopok kimsalar tomonidan yoshlarni giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar orqali o‘ziga qaram qilgan holda mumay daromad topishni maqsad qilganlar ham bor. Bundan esa yoshlarimiz ogoh va sergak bo‘lishi lozim. Tadbirda viloyat Narkologiya dispanseri narkolog-shifokori G.Sadullaeva ushbu illat domiga tushib qolgan yoshlar, ularning sog‘ligidagi salbiy holatlar haqida batafsil tushuntirib berdi.

Uchrashuv samimiy muloqot tarzida tashkil qilinib talaba-yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi mas’ullaridan javoblar olishdi.    

21-fevral kuni soat 16:00 da doktor Saymon Horsmanning "Operatsion boshqaruvda holatlarni o‘rganish" mavzusidagi ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi.

Doktor Saymon Horsman – Buyuk Britaniyaning Koventri Universiteti Iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya hisobi maktabi dotsenti. U moliya va buxgalteriya hisobi sohasida tajribali tadqiqotchi va professor hisoblanadi.

Barcha qiziquvchi tadqiqotchilar va talabalar ushbu ma’ruzada qatnashishlari mumkin. Ishtirok etish uchun quyidagi havoladan foydalaning:

https://us02web.zoom.us/j/84917319095?pwd=kqPuPG13sCSLFE7q5AVcKB1lP8bcU2.1

Konferensiya identifikatori: 849 1731 9095

Parol: 123456

8 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar