Seminar davomida dekan N.Xushvaqtov tomonidan talabalar uchun quyidagi mavzularda ma'lumotlar berib o'tildi.
✅ Xalqaro va respublika grantlarda ishtirok etish
✅ Xalqaro talabalar almashinuvi
✅ Prezident va nomdor davlat stipendiyalari
✅ Yil talabasi tanlovi
✅ Yosh olimlar kengashi faoliyati
✅ Yoshlar akademiyasi faoliyati
✅ Kafedralar tarkibidagi fan to’garaklar faoliyati
✅ Start-up loyihalarini tayyorlash va ularni amaliyotga joriy etish
✅ Universitet tomonidan faol va iqtidorli talabalarni rag'batlantirib borish tartibi
✅ Shaxsiy va jamoaviy loyihalarni qo'llab quvvatlash.
Barcha talabalar diqqatiga! Talaba-yoshlarga sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va ularning sport bilan shug'ullanishiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida 2025-yil 16-18 fevral kunlari "Talaba - Yugur" "O'qituvchi-Yugur" "Harbiy-Yugur" ommaviy yugurish sport musobaqasining hududiy bosqichi tashkil etilmoqda.
Barcha talabalarimizni ushbu loyihada faol bo‘lishi so‘rab qolamiz! Ishtirok etish istagida bo'lgan talaba-yoshlar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Murojaat uchun: tel +99890 224-02-22,
+99890 227-28-08
Universitet Sport klubi.
Milliy liboslar kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. Bugun 2- bosqich Log-123 guruh qizlarimiz milliy liboslarini namoyon etishdi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Silk Road by Minyoun” kompaniyasi bosh menejeri, janob Devid Dingni Samarqand shahridagi “Silk Road” turizm markazini rivojlantirish bo‘yicha talabalarga ma’ruza qildi va sohaga oid juda muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Janob Devid Ding xalqaro sayyohlarni jalb etishni maqsad qilgan Samarqand turizm markazida o‘zbek tarixi va zamonaviy qulayliklar uyg‘unligini ta’kidladi. Talabalar bosh direktor bilan investitsiyalarning qaytarilishi, o‘zini oqlash muddati, zararni bartaraf etish nuqtasi va kelajakdagi rivojlanish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.
Seminarni universitetimiz fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tongsyan Zou olib bordi. Ma’ruzada universitetimiz magistrantlari va aspirantlari Samarqand shahrida turizmni rivojlantirish masalalari xususidagi muhokamada faol ishtirok etishdi.
Bugun 12-fevral kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga tyutor P.Islomov tomonidan “Giyohvandlikka qarshi kurash” oyligi doirasida davra suhbati o‘tkazildi. “Ma’rifat soati”da "Biz giyohvandlikka qarshimiz" va "Ogohlik davr talabi" mavzularida gapirib giyohvandlik illatining oqibatlari, talaba-yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ogoh bo‘lishi lozimligi xususida gapirdi.
Bugun 11-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ma’rifat soati darslari doirasida TH-124 va Mar-124 guruhlarida ta’lim olayotgan talabalarga tyutorlar tomonidan bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda ijtimoiy hayotda, mobil tarmoqlardan foydalanishda ogoh bo‘lish lozimligi xususida qator suhbatlar olib borildi. Talabalar ham ushbu mavzuda o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari janob Rustam Qobilov “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga turizm va madaniy meros sohasi mutaxassislari uchun ma’ruza platformasida nutq so‘zlash uchun taklif qilindi. R.Qobilov “Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish strategiyasi” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada notiq Samarqandning turizm sohasi imkoniyatlarini batafsil tahlil qildi. O‘zbekistonning eng go‘zal va sirli shaharlaridan biri, Buyuk Ipak yo‘li chorrahasi joylashgan va 1500 mingdan ortiq me’moriy yodgorliklarga ega Samarqand madaniy turizm, gastronomik turizm, ekoturizmni rivojlantirish uchun mashhur maskan hisoblanadi.
Rustam Qobilov Samarqand shahrining kelajakdagi rivojlanishi haqida so‘z yuritar ekan, ko‘hna kentni sayyohlik markaziga aylantirish uchun hukumat tomonidan katta sa’yi-harakatlar qilinayotganini ta’kidladi.
Masalan, “SILK ROAD SAMARQAND” sayyohlik markazi, Samarqand xalqaro aeroporti qurilishi, shahar va sayyohlik qishloqlari bo‘ylab avtobuslar bilan sayohatlar bunga misol bo‘ladi. Bundan tashqari Samarqand oxirgi 3 yil ichida bir qancha yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qildi. Shahar, shuningdek, yangi parvoz yo‘nalishlarini ochib, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Indoneziya va Erondan ko‘proq sayyohlarni jalb qilishinishiga muhim zamin yaratdi.
Seminarni universitetimiz prorektori, prof. T.Zou olib bordi. Tadbirda universitetimiz magistrantlari, aspirantlari Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish strategiyasini muhokama qilishda faol ishtirok etdilar.
Joriy yilning 3 fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida turizm va madaniy meros sohasi mutaxassislari uchun navbatdagi 4-ma’ruza va uning muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda asosiy ma’ruzani Aral Sea Discovery kompaniyasi bosh direktori Tazabay Uteuliyev o‘tkazdi va u Qoraqalpog‘istonda barqaror turizmga e’tibor qaratdi.
Tazabay Uteuliyev sobiq sovet irrigatsiya loyihalarining Orol dengizi ekotizimiga halokatli ta’sirini ta’kidladi, bu esa uning keskin qisqarishiga olib kelganligini aytdi. Notiq ayniqsa, Moʻynoq va Sudochi koʻlidagi ekologik oʻzgarishlarni alohida taʼkidladi. Bosh direktor ma’ruzachi turizmning rivojlanish tarixi va biznesi, Orolboʻyida turizmga yoʻnaltirilgan Aral Sea Discovery kompaniyasining rivojlanishi haqida gapirdi.
Seminarni universitetimiz fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tongqian Zou olib bordi. Barcha ishtirokchilar turizmni kelgusida rivojlantirish va Orol dengizini ekologik jihatdan tiklash masalalarini muhokama qilib, faol muloqot qilishdi. Ushbu seminar barchaga Markaziy Osiyodagi 21-asr ekologik halokatini tushunishga yordam berish bilan birga universitetimiz va Qoraqalpog‘istondagi sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik qilish uchun ajoyib platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Sizni 2025-yil 10-fevral kuni soat 15:30 dan 16:30 gacha 229-ma’ruza zalida bo‘lib o‘tadigan “Silk Road Samarkand” turistik markazining rivojlanish tarixi mavzusidagi ilmiy seminarga taklif qilamiz. Mazkur tadbir, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor, professor Tony Zou tomonidan tashkillashtirilmoqda. Tadbirda Janob Devid Ding, Silk Road by Minyoun kompaniyasi bosh direktori ma’ruza qiladi. Uchrashuv davomida “Silk Road Samarqand turistik” markazining rivojlanish yo‘li, amalga oshirilgan tashabbuslar va kelajakdagi rejalarga oid qimmatli ma’lumotlar taqdim etiladi.
Barcha qiziquvchilarni ushbu muhim ilmiy seminarda ishtirok etishga chorlaymiz!
Bugun, 7-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva tushkun vaziyatlardan chiqishga yordam beruvchi “Xayr, stress!” nomli motivatsion trening o‘tkazdi.
Qiziqarli tarzda o‘tgan tadbirda zamonaviy kishi hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan stressning biz uchun ijobiy va salbiy tomonlari, undan xalos bo‘lish usullari haqida gapirildi. Turli relaksatsion mashqlar ichki zo‘riqishning oldini oluvchi, emotsional balans va xotirjamlikka eltuvchi ajoyib vosita bo‘ldi. Trening davomida o‘zaro guruhiy munosabatlarni yaxshilashga erishish, guruhda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan rolli va harakatli o‘yinlar barcha ishtirokchilarga pozitiv kayfiyat ulashdi.
Ish unumdorligi, birinchi navbatda, insonning ruhiy holatiga bog‘liq. Zero, qalb xotirjam, ruhiyat sog‘lom bo‘lsa, qolgan barcha faoliyati samarali va ijobiy kechadi. Dildora Turdiyeva tomonidan o‘tkazilgan motivatsion trening maqsadi ham shu edi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz