Dushanba, 10 Fevral 2025 14:11

Viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha ma’ruza qildi

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari janob Rustam Qobilov “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga turizm va madaniy meros sohasi mutaxassislari uchun ma’ruza platformasida nutq so‘zlash uchun taklif qilindi. R.Qobilov “Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish strategiyasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada notiq Samarqandning turizm sohasi imkoniyatlarini batafsil tahlil qildi. O‘zbekistonning eng go‘zal va sirli shaharlaridan biri, Buyuk Ipak yo‘li chorrahasi joylashgan va 1500 mingdan ortiq me’moriy yodgorliklarga ega Samarqand madaniy turizm, gastronomik turizm, ekoturizmni rivojlantirish uchun mashhur maskan hisoblanadi.

Rustam Qobilov Samarqand shahrining kelajakdagi rivojlanishi haqida so‘z yuritar ekan, ko‘hna kentni sayyohlik markaziga aylantirish uchun hukumat tomonidan katta sa’yi-harakatlar qilinayotganini ta’kidladi.

Masalan, “SILK ROAD SAMARQAND” sayyohlik markazi, Samarqand xalqaro aeroporti qurilishi, shahar va sayyohlik qishloqlari bo‘ylab avtobuslar bilan sayohatlar bunga misol bo‘ladi. Bundan tashqari Samarqand oxirgi 3 yil ichida bir qancha yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qildi. Shahar, shuningdek, yangi parvoz yo‘nalishlarini ochib, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Indoneziya va Erondan ko‘proq sayyohlarni jalb qilishinishiga muhim zamin yaratdi.

Seminarni universitetimiz prorektori, prof. T.Zou olib bordi. Tadbirda universitetimiz magistrantlari, aspirantlari Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish strategiyasini muhokama qilishda faol ishtirok etdilar.

O'qilgan 381 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar