Bugun, 7-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva tushkun vaziyatlardan chiqishga yordam beruvchi “Xayr, stress!” nomli motivatsion trening o‘tkazdi.
Qiziqarli tarzda o‘tgan tadbirda zamonaviy kishi hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan stressning biz uchun ijobiy va salbiy tomonlari, undan xalos bo‘lish usullari haqida gapirildi. Turli relaksatsion mashqlar ichki zo‘riqishning oldini oluvchi, emotsional balans va xotirjamlikka eltuvchi ajoyib vosita bo‘ldi. Trening davomida o‘zaro guruhiy munosabatlarni yaxshilashga erishish, guruhda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan rolli va harakatli o‘yinlar barcha ishtirokchilarga pozitiv kayfiyat ulashdi.
Ish unumdorligi, birinchi navbatda, insonning ruhiy holatiga bog‘liq. Zero, qalb xotirjam, ruhiyat sog‘lom bo‘lsa, qolgan barcha faoliyati samarali va ijobiy kechadi. Dildora Turdiyeva tomonidan o‘tkazilgan motivatsion trening maqsadi ham shu edi.