press

press

Sizni 2025-yil 27-yanvar kuni soat 15:30 dan 16:30 gacha 229-ma’ruza zalida bo‘lib o‘tadigan “Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish strategiyalari” mavzusidagi ilmiy seminarga taklif qilamiz.

Mazkur tadbir, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor, prof. Tony Zou tomonidan tashkillashtirilmoqda. Tadbirda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etib, hududda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan strategik tashabbuslar, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar xususida batafsil ma’lumot beradi.

Mazkur uchrashuv turizm sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilmiy-amaliy tajriba almashish va sohaga oid innovatsion yondashuvlarni o‘rganish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Barcha qiziquvchilarni ushbu muhim ilmiy seminarda ishtirok etishga chorlaymiz!

Universitetimizda 2025-yil turizm va madaniy meros sohalari yetakchilari uchun ahamiyatli bo‘lgan dastlabki seminarga strat berildi

Birinchi seminarni Xitoyning yetakchi uch sayyohlik kompaniyasidan biri bo‘lgan China Youth Travel Service Group kompaniyasining aspiranti va sobiq loyiha menejeri Yang Jie (Megan) olib bordi.

Yang Jie nutqining mavzusi:

"Maqsad operatsiyalari va boshqaruvi - Xitoydagi Maymunlar qiroli nomli parkining misolida."

Seminar davomida turistik obyektlarga investitsiya kiritish va rivojlantirish bosqichlari atroflicha ko‘rib chiqildi, jumladan:

- strategik rejalashtirish

- Jismoniy dizayn

- obyektlarni qurish

- IP resurslarining integratsiyasi

- Loyihalar boshqaruvi

Seminar ishtirokchilari va Turizm menejmenti magistrantlari va professor-o‘qituvchilari bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Tadbirni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, professor Tongqian Zou olib bordi.

2025-yilning 22-yanvar sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi tomonidan universitet talabalarining bilimlarini sinovdan o‘tkazish hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida Garry Potter mavzusidagi “Zakovat Quiz” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Intellektual oʻyinda universitetimiz talabalaridan iborat 18 ta jamoa ishtirok etdi.

Umuman olganda, bunday viktorinalarda talabalarning ishtiroki  ularning salohiyatini oshirish bilan birga, tafakkurni oshirish  va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini, dunyoqarashini kengaytirishi uchun muhim ahamiyatga ega.

O'yin yakuniga ko'ra,

 1- o'rin "Head of Hogwarts"

2- o'rin "Back to Hogwarts"

3- o'rin "The Team That Must Not Be Named" jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritdi.

2025-yil 20-yanvar kuni universitetimizda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, dotsent Otabek Alimov ma’ruza qildi. Uning ma’ruzasi “Orol bo‘yida turizmni rivojlantirish: barqaror taraqqiyot yo‘li”, mavzusiga bag‘ishlandi.

Ushbu tadbir “Turizm va madaniyat yetakchilari uchun ma’ruzalar” turkumidagi muhim bo‘lgan ikkinchi tadbir bo‘ldi. Orol dengizini o‘rganish bo‘yicha taniqli mutaxassis doktor O.Alimov 1950-yillardagi mintaqaning evolyutsiyasi haqida gapirib, turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha innovatsion strategiyalarni taqdim etdi.

         Qiziqarli o‘tgan seminarni universitetimiz prorektori, prof. Tongqian Zou olib bordi. Seminar muhokamasida “Turizm menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ta’lim yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etishdi.

Ma’ruzadan so‘ng doktor O,Alimov va prorektor T.Zou universitetlarimiz o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.

О‘zbekistоn Respublikasi Ekоlоgiya, atrоf-muhitni muhоfaza qilish va iqlim о‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, “Ipak yо‘li” turizm va madaniy merоs xalqarо universiteti turizm hamda madaniy meros sohalarida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

- sanoat;

- fan va ta’lim;

- energiya tejamkorlik;

- turizm va madaniy meros;

- ekologiya va atrof-muhit;

- ijtimoiy-iqtisodiy,

kabi yo‘nalishlar bo‘yicha startap loyihalar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda universitet talabalari, magistrlari hamda ilmiy izlanuvchilar qatnashishlari mumkin. Yuboriladigan startap loyihalar quyidagi nominatsiyalardan biriga tegishli bo‘lishi maqsadga muvofiq:

- “Ijtimoiy ahamiyatli innovatsiyalar”;

- “Eng yaxshi innovatsion loyiha”;

- “Istiqbolli ishlanma”.

Startap loyihalar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:

-                   startap loyiha mavzusining mamlakat fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi;

-                   startap loyihasining yangiligi va dolzarbligi;

-                   nomzod tomonidan taqdim etilgan startap loyihani amalga oshirish taqvim ish-rejasining puxta ishlab chiqilganligi;

-                   yaratiladigan ishchi o‘rinlari soni;

-                   analog yo‘nalishdagi raqobatchilardan ustunlik;

-                   tegishli mahsulot/xizmatlar bozori bo‘yicha maqsadli auditoriyasi, manzilliligi;

-                   startapni amalga oshirish uchun talab etiladigan xarajatlarning asoslanganligi.

G‘oliblar aniqlanib, 1-o‘rin uchun – 1 553 640 so‘m, 2-o‘rin uchun - 1 035 760 so‘m, 3-o‘rin uchun – 517 880 so‘m pul mukofoti beriladi.

Muddat: Startaplar loyihalarni 2025-yilning 3-mart kuniga qadar ko‘rsatilgan E-mail yoki telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Eslatma: Tegishli talablarga javob bermaydigan va kechikib topshirilgan startap loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limidan (322 xona) olishingiz mumkin.

E-mail: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  ;  Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Telefon raqami:+998662406785 (Telegram: @n_xoliqov)

Respublikamizning barcha hududlarida 22-yanvar, chorshanba kuni joriy yilning birinchi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tadi.https://gov.uz/oz/eco/news/view/33624

Chorshanba, 22 Yanvar 2025 10:23

#O‘zbekiston bo‘ylab – sayohat qil!

O‘zbekiston bo‘ylab – sayohat qil loyihasi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Qishki lager” tashkil etilmoqda. O‘tkazilayotgan loyiha doirasida universitetning bir guruh talabalari ishtirokida Samarqand shahri bo‘ylab amaliy sayohat tashkil etildi. Amaliy sayohat davomida talabalar Samarqand turizm markazi hududida joylashgan Boqiy shahar majmuasi, Konigil turizm qishlog‘i hamda Afrosiyob muzeylariga tashrif buyurishib, o‘zlarining turizm sohasidagi bilimlarini mustahkamlashdi.

2025-yilning 21-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yaponiyaning Nippon sayyohlik agentligi (Nippon Travel Agency) delegatsiyasini qabul qildi. Delegatsiyaga agentlikning biznes strategiyasi departamenti bosh menejeri Naoki Baba boshchilik qildi.

Ma’lumot uchun Nippon Travel Agency (NTA) — Yaponiyaning eng yirik va eng uzoq tarixga ega bo‘lgan sayyohlik kompaniyalaridan biri bo‘lib, 1905-yilda tashkil etilgan. Kompaniya xalqaro va mahalliy turizm bozorida yuqori darajada tan olingan. NTA o‘z mijozlariga sayohatlarni rejalashtirish, transport, turar joy va ekskursiyalarni tashkil qilish kabi keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi.

Uchrashuv davomida yapon tilini biladigan va turizm sohasiga qiziqqan  universitet talabalari uchun Nippon sayyohlik agentligi tomonidan maxsus amaliyot va ish imkoniyatlari taklif qilindi. Ushbu tashabbus nafaqat yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, balki ularga xalqaro tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Shuningdek, tashrif doirasida universitetimiz va Nippon sayyohlik agentligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va kadrlar tayyorlashda yangi imkoniyatlarni nazarda tutadi.

Samarqand viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan chegara va olis hududlardagi mahallalarda "boqimandalik" kayfiyatiga tushib qolgan ayrim fuqarolar o‘rtasida profilaktik ishlarni olib borish maqsadida 2025-yilning 20-yanvar kuni "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdieva Pastdarg‘om tumanidagi "Bahor", "Bog‘ishamol" va "Uchtepa" mahallalari aholisi o‘rtasida psixologik seminar-treninglar o‘tkazdi.

Ushbu mahallalar fuqarolariga psixolog tomonidan ruhiy madad, motivatsiya berildi. Vatanparvarlik, shukronalik hissini, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiruvchi psixologik metodlardan foydalanildi.

Seshanba, 21 Yanvar 2025 12:24

#O‘zbekiston bo‘ylab – sayohat qil!

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil loyihasi doirasida “Ipak yo‘li” universitetimizning bir guruh talabalari Amir Temur kamolga yetgan yurt Shahrisabzga amaliy sayohati tashkil etildi.

Shahrisabz - O‘zbekistonning qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri bo‘lib, tarixiy markazi YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Sayohat davomida talabalar Oq saroy majmuasi, Shahrisabz tarixi muzeyi, Hazrati imom masjidi, Temuriylar daxmasi, Ko‘k gumbaz masjidi, Dor ut-Tilovat yodgorlik majmuasi, Dorusi-Saodat, Shamsuddin Kulol, Gumbazi-Seyvidan maqbaralari to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ahamiyatlisi, hukumatimiz tomonidan shaharning madaniyat va turizm markazi sifatida ulkan salohiyatini namoyish etadigan “Shahrisabz – festivallar shahri” konsepsiyasini faol ilgari surib kelinmoqda

13 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar