Reja asosida tashkil etilgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishish, xonadon egalarining talaba-qizlar to‘g‘risidagi fiklarini o’rganish maqsadida, “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, psixolog D.Turdiyeva, inspektor Sh.Qurbonov va 1-bosqich tyutori M.Tilavovlar hamkorligida 2025-yil 15-yanvar kuni ijarada turadigan talaba-qizlarning yashas’h manzillariga navbatdagi tashrifni uyushtirishdi.
Hozirgi davrda aholi o‘rtasida turli hil yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi munosabati bilan ijarada turadigan talaba-qizlar xolidan xabar olindi. Birinchi bosqich talaba-qizlarimizdan Mohichexra G‘aybulayeva Samarqand shahar Orzu Maxmudov ko’chasi 55A-uy, 26-xonadonda ijarada istiqomat qiladi. Talaba-qizlarimizning yashash sharoitlari, xonadonlarning yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishi to’liq o’rganildi. Muloqot chog‘ida talaba-qizlarga milliy qadriyatlar, urf-odatlar va bo’lajak oila bekalarini sharqona tarbiyaning nozik jihatlariga e’tiborlarini qaratdilar.
Haqiqatdan ham qadriyatlarimiz talaba-qizlarimizning ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatlidir. Har bir talaba-qiz universitet yuzi ekanligini doimo yodda tutishi, ijara xonadonlarida tozalik va ozodalikka rioya qilishi uqtirilib, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo’yicha yetarli tushuntirishlar berildi.
Ijarada yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.
Joriy yilning 15-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiуeva “Tarjima nazariyasi” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-kurs TTE-124-guruhi talabalari uchun motivatsion trening o‘tkazdi.
Tadbirda hayotiy balans g‘ildiragini ishga tushirishga yordam beradigan usuldan foydalanildi va talabalarning ayni damda oqsayotgan sohalari aniqlandi. Ushbu unikal metodika qisqa fursatlarda o‘z-o‘zini tahlil qilish imkonini berib, mavjud kuch va imkoniyatlarni to‘g‘ri yo‘naltirishni jarayonda ochib beradi. Bundan tashqari, emotsional zo‘riqishning oldini oluvchi amaliyot talabalarni pozitiv fikrlashga undab, negativ his-tuyg‘ulardan xalos bo‘lishga yordam berdi.
Hurmatli “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalar Sizlardan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlanib, keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganligini ma’lum qilamiz. Endilikda Siz ham ushbu loyihalarning muhokamalarida faol ishtirok etishingiz va o‘z taklifingiz bilan loyihaning yanada mukammalligini ta’minlashga xizmat qilishingiz mumkin bo‘ladi.
Loyihalar www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlariga joylashtirilgan.
Joriy yilning 20-yanvar sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tongqian Zou tomonidan seminar tashkil etiladi.
Seminarga Qoraqolpog‘iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha prorektori, PhD., dotsent Atabek Alimov taklif etilgan.
Seminar mavzusi: “Development of Tourism Around the Aral Sea: A Path to Sustainable Progress”
Seminar o‘tkazilish joyi vaqti: Universitet binosi 229-xona,
20-yanvar soat 15:30-16:30.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) mavjud ixtisosliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Hujjatlar qabuli Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim Batafsil ( tashkil etiladi.
Hujjatlar qabuli joriy yilning 15-fevral sanasiga qadar davom etadi.
Murojaat uchun telefon: +998 66 240 67 85
Elektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.; Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Raximova Nilufar Aminovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
"Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo'nalishi ikkinchi bosqich talabalari tomonidan "Monumentales" loyihasi faoliyati boshlandi. Loyihaning maqsadi sayyohlar e'tiboridan chetda qolayotgan tarixiy obyektlarni tanishtirish va ularga ham doimiy sayyohlar tashrifini yo'lga qo'yish. Birinchi son Samarqand shahri "O'lkashunoslik Muzeyi" ga bag'ishlangan.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarni amalga oshirishda muhim vazifalar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan o‘quv yilida universitetda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talaba-qizlar tomonidan bir qator amaliy ishlarga qo‘l urildi. 2023-2024-o‘quv yilida bakalavr yo‘nalishida jami 545 nafar, magistratura yo‘nalishida 106 nafar, tayanch doktorant yo‘nalishida 13 nafar xotin-qizlar tahsil olmoqda. Shuningdek, 19 nafar mustaqil tadqiqotchi, 11 nafar xorijiy xotin-qizlardan iborat tadqiqotchilar universitetimizda tahsil olmoqda.
Ayol professor-o‘qituvchilarimizdan yuqori salohiyatli ilmiy darajaga ega jami 2 nafar xorijlik va 6 nafar mahalliy (1 ta fan doktori DSc, 7 nafar falsafa doktori PhD) professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelishmoqda.
XOTIN-QIZLARNING ILMIY YO‘NALISHDAGI FAOLIYATI HAMDA TALABA-QIZLAR ERISHGAN MUVAFFAQIYATLAR:
Hozirgi kungacha ilmiy seminarlar doirasida 25 nafar talabgorning dissertatsiyasi muvaffaqiyatli muhokama qilindi. Shulardan 5 nafari xotin-qizlar. 2024-yilda 2 nafari Ilmiy seminardan o‘tgan.
Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klubiga 300 nafardan ortiq iqtidorli talaba-qizlar jamlangan.
2023-2024-o‘quv yilida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining respublika bosqichida 4 nafar talaba-qiz ishtirok etdi.
Respublika miqyosidagi nomdor stipendiyalar sohibalari:
- Turizm (faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha) 4-bosqich talabasi Z.Baxromkulova 2024-2025-o‘quv yili uchun Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.
- Turizm (faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha) 4-bosqich talabasi S.Mustafakulova 2024-2025-o‘quv yili uchun Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.
- Mustafakulova Sabina “Yilning eng faol talabasi-2024” tanlovining “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.
XALQARO MIQYOSDA JALB QILINGAN GRAND SOHIBALARI
4 nafar tadqiqotchi talaba-qizlarimiz xalqaro grant sohibalariga aylanishdi. Bundan tashqari, 7-nafar xotin-qizlar xalqaro grant dasturlari asosida xorijiy safarda bo‘lishdi.
YORDAMGA MUXTOJ XOTIN-QIZLARIMIZ MODDIY-MA’NAVIY JIHATDAN QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
Universitetda xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatini yanada rivojlantirish singari vazifalar belgilab olingan. Universitetimizda tahsil olayotgan talaba-qizlar orasida mavjud chin yetim, ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi mavjud bo‘lgan, notinch oilalarda yashayotganlar, ota-onalar e’tiboridan hamda ularning qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga universitet xotin-qizlar kengashi va kasaba uyushmasi tomonidan alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda hamda moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
2025-yilda universitet xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish ishlari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.
O‘TKAZILGAN TARG‘IBOT TADBIRLAR
2024-yilning o‘tgan davrida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar mavzusiga bag‘ishlangan jami 6 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish mavzusida soha mutaxassislari bilan birga 10 ga yaqin tadbir va uchrashuvlar tashkil etilib, 200 yaqin talabalar qamrab olindi.
Reproduktiv salomatlik, erta nikoh va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan uchrashuvlarda barcha bosqich talaba-yoshlari qamrab olindi.
BELGILAB OLINGAN VAZIFALAR
Ushbu yilda universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan xotin-qizlarnig ijtimoiy faolligini oshirish va ijtimoiy himoyalashda davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini kuchaytirish, talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini foydali ishlarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish kabi muhim ustuvor vazifalar belgilab olingan.
UNVERSITETDA GENDER TENGLIK MASALASINI TA’MINLANGANLIGI
Universitetda Gender tenglik masalalarini ta’minlash maqsadida ayol professor-o‘qituvchilar orasidan “Zaxira kadrlar” tayyorlash rejasi tuzilgan va bu borada amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Shu jumladan: 7 nafar xotin-qizlar rahbarlik lavozimida faoliyat yuritib kelmoqdalar:
N.A.Abduvoxidova – bo‘lim boshlig‘i, Sh.N.Mardonova – bo‘lim boshlig‘i, I.M.Kadirova – bo‘lim boshlig‘i, N.Sh.Mansurova – bo‘lim boshlig‘i, U.Q.Burxanova – bo‘lim boshlig‘i, M.H.Sidiqova – kafedra mudiri, T.K.Akramova – kafedra mudiri.
O‘quv yili davomida olima xotin-qizlarimiz hamkor tashkilotlar va xorijiy ekspertlarimiz bilan birga bir qator ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazishdi.
Mansurova Nargiza Shamsidinovna 2021-yildan buyon universitetda Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida, shu bilan birga, “Turizm” kafedrasi v.v.b. professori sifatida faoliyat olib bormoqda. N.Sh.Mansurova o‘z lavozimidan tashqari, ko‘plab jamoatchilik vazifalarini ham muvaffaqiyatli bajarmoqda. Xususan:
2021-yilda tashkil etilgan DSc.33/01.02.2022.1.145.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 08.00.17 — “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar kotibi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
# E’TIROF
CNKI 2024-yilda yuqori baholangan olimlar roʻyxatini eʼlon qildi, universitetimiz prorektori, prof. Tongqian Zou “2024-yilgi CNKI yuqori iqtibos keltirgan olimlari” 1% qatorida bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lumot uchun; CNKI (Xitoy Milliy Bilim Infratuzilmasi) Xitoydagi eng yirik jurnal qog'oz ma'lumotlar bazasi hisoblanadi.
CNKI so'nggi o'n yil ichida (2014-2023) boy ilmiy tadqiqot yutuqlari va ajoyib akademik ta'siri bilan xitoylik olimlarni xolis va ilmiy jihatdan baholab borish maqsadida 2024 yilda "CNKI Highly Cited Scholars" tanlov faoliyatini boshladi.
Xitoy bo'ylab 3,35 millionga yaqin olimlar dastlabki tanlovga kirishdi. "2024 CNKI yuqori iqtibosli olimlar" uchun ishlatiladigan baholash ko'rsatkichi mualliflari tomonidan chop etilgan maqolalarning og'irlashtirilgan umumiy PCSI (Paper Citation Standardized Index) ko'rsatkichidir.
Universitetimiz professori T. Zou biznes boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi olimlardan biri sifatida tan olindi. 2019-yildan buyon prof. T. Zou tomonidan chop etilgan deyarli barcha maqolalar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Pekin xalqaro turizm tadqiqotlari universiteti nomidan chop qilinmoqda.
Ushbu yuqori e’tirof bilan hurmatli universitetimiz prorektori, prof. Toni Zouni jamoamiz nomidan muborakbod etamiz va keyingi ishlarida omad yor bo‘lishini tilaymiz.
Universitetning 2024-yil 1-noyabrdagi 231-sonli ichki buyrug‘i bilan uzrli sabablarga ko‘ra qolib ketgan fanlarini qayta o‘qiyotgan ro‘yxatdagi talabalar 2025-yil 25-yanvarga qadar belgilangan fanlardan barcha vazifalarni bajarib, yakuniy imtihonlarni grafik asosida topshirishlarizni va fanlar kredit to‘lovini ham 2025-yil 25-yanvarga qadar amalga oshirishlarizni so‘raymiz.
Qo‘shimcha savollar bilan tutorlaringizga murojaat qilishingiz mumkin.
O‘quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi,
M.Yorqulov
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz