2024-yil 28-dekabr kuni soat 12:00 da UNWTO tematik ofisida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Nimatov Ibragim Xudayarovichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda turizm va mehmondo‘stlik sohasini rivojlantirishda turistik-motivlashtirish resurslaridan foydalanish usullarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
2024-yil 18-dekabr kuni Talabalar turar-joyida yashovchi talaba-qizlarga hammamiz mas’ulmiz shiori ostida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, universitet inspektori Sh.Qurbonov, psixolog D.Turdiyeva hamda navbatchi tyutop G.Xusainovalar tomonidan talaba-qizlarimizning yashash sharoiti, ularning yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik qoidalari talablariga mos kelishi to’liq o’rganildi. Barcha talaba-qizlarni qishki ta’tilga chiqishdan oldin xonalarning gigiyenik holati bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.
Universitetimiz Talabalar turar-joyida viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talaba-qizlarni, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan, homilador talabalarning qishki ta‘til paytida doimiy yashash manzillariga xavfsiz yetib olishlari nazorat qilinib, kunlik monitoringi olib boriladi. Bu bo‘yicha tyutorlar hamda tegishli mas’ullar o‘zaro kelishib olishdi.
Shu kunlarda talabalarimiz tez yurar poyezd, samolyot, avtobus hamda yengil avtomashinalarda yashash manzillariga yetib olishlari uchun mas’ul markazlar bilan aloqa o‘rnatilib, chipta band qilishlari uchun yaqindan ko‘mak berish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda “Iste’molchilar huquqi va moliyaviy savodxonlik” mavzusida o‘quv seminari tashkil qilindi. Seminarda talaba-yoshlarga bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ochiq muloqot va savol-javob shaklida o‘tgan tadbir talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
Universitetimiz Talabalar turar joyida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida turli man’aviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinayapti. Kuni kecha 15-dekabr kuni Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan bir guruh talaba-qizlar ishtirokida kitobxonlik tadbiri tashkil qilinib, unda o‘zbek va jahon adabiyotidan kitoblar mutolaa qilindi. Bu kabi tadbirlar talaba-yoshlarimizni kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu yilning 10-dekabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.
Ushbu o‘quv seminarida universitetimiz prorektori T.Zou “Xitoy va O‘zbekiston turizm qishloqlarining rivojlanish modeli bo‘yicha qiyosiy tadqiqot” mavzusidagi ma’ruza qildi. Professor T.Zou dunyoda turizm qishloqlarini rivojlantirishning umumiy qoidalarini sarhisob qilgan holda Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi turizm qishloqlarining rivojlanish modellarini bir biri bilan qiyosladi. Notiq BMTning turizm sohasida dunyoning eng yaxshi sayyohlik qishloqlari misolida ilgʻor tajribalari bilan oʻrtoqlashdi va yurtimizdagi Sentob, Nanay kabi qishloqlarning turistik salohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Samarqanddagi Konigil misolida O‘zbekistonda sayyohlik qishloqlarini barpo etish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar va takliflarni ilgari surdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganayotgan xorijlik talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 12-yanvarda qabul qilingan “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-19-son qarorining 2-ilova, 12-bandi asosida 2024-yil 19-dekabrda taniqli o‘zbek shoirlari Xosiyatbonu Murodova hamda Toshpo‘lat Tugalov ishtirokida “Adabiy kecha” va “She’riy mushoira” tadbiri tashkil etiladi.
Ushbu tadbirga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.
Xona: Faollar zali
Vaqt: 10:00. 19-dekabr 2024y
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Kompleans nazorati bo‘limi joriy yilning 16-dekabr kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida talabalar o‘rtasida bilimlar bellashuvini e’lon qiladi. Ushbu bilimlar bellashuvi 16-dekabr kuni soat 14.00 da universitet binosida o‘tkazilishi belgilangan. Qo‘shimcha ma’lumotlar haqida universitet Kompleans nazorati bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining "Tilllar va Global tadqiqotlar" kafedrasi o'qituvchisi Bektemirov Zohid Nodirovich tomonidan Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan intensiv til o'rgatish kursida texnikum o'quvchilari uchun "Hozirgi kundagi bir xillik ishdan ko'ra faoliyat turlarini noodatiyligi va uning bir qancha samaradorligi hamda matn ustida qanday qilib tez va mazmunli ishlashga erishish" mavzusida trening o'tkazildi.
Trening o'quvchilarda ijobiy taassurot qoldirdi va turli savol-javoblarga, munozaralarga boy bo'ldi. Ushbu treningdagi ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar hamda qo’llanilgan noananaviy pedagogik texnologiyalar yosh til o'rganuvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Ishtirokchilar tomonidan kelgusida ham bu kabi hamkorlikdagi tadbirlarning davomiyligini ko'paytirish maqsadga muvofiqligi aytib o'tildi.
Shoirlar tomonidan universitet rahbariyati hamda iqtidorli talaba-yoshlar bilan birgalikda universitet kutubxonasida “Dastxat yozish marosimi” tashkil etildi. Shoirlar dastxat yozish marosimdan so’ng, kutubxona fondi va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ijodkorlar o‘z ijod namunalari yozilgan kitoblarni universitetimiz kutubxonasiga taqdim qilishdi.
Tashrif davomida taniqli ijodkorlar universitetimiz Ma’muriy masalalar bo’yicha birinchi prorektori, professor D.Nasimov bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida ijodkorlar universitetda talaba-yoshlarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar xususida to‘lqinlanib gapirishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz