Bugun 5-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi bosqich talabalari o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida voleybol musobaqasi tashkil qilindi. Musobaqada talabalar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashishdi. Voleybol musobaqasi yakuniga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan jamoaga esdalik sovgalari topshirildi.
Joriy yilning 4-mart kuni universitetimiz tyuteri G.Husainova Talabalar turar joyida talabalar o‘rtasida odob-axloqqa rioya qilish, ayniqsa kiyinish madaniyati borasida ommaviy madaniyatga emas aksincha milliyligimizdan kelib chiqib kiyimlar tanlash xususida davra suhbati o‘tkazdi. Shuningdek davra suhbatida odob axloq kodeksi haqida ham so‘z bordi. Samimiy muloqot shaklida o‘tgan davra suhbatida talabalarga zarur tavsiyalar berildi.
Birgina ommaviy madaniyat tushunchasining o‘ziyoq ana shunday tahdidlardan biri hisoblanadi. Ushbu buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurashish maqsadida "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan bir guruh yoshlar bilan "Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz" mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, uning ko‘rinishlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Joriy yilning 16-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha universitet “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etilmoqda.
Musobaqada ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalarni ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!
“Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari Indoneziyada bo'lib o'tayotgan Yozgi o'qishlar davomida o'quv amaliyotlarida faol ishtirok etishmoqda.
Talabalar Bali orolida joylashgan “Kuta Paradiso Hotel”, “Kartika Plaza” kabi mehmonxonalardagi amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.
Bugun 3-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi bosqich TTE-124 guruh talabalariga Ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Universitet tyuteri G.Husainova tomonidan o‘tkazilgan Ma’rifat soatining bu galgi mavzusi “Odam savdosiga qarshi kurashish” bo‘ldi. Ma’rifat soatida yoshlarning Odam savdosi qurboni bo‘lib qolayotganligi va bu jarayonda huquq-tartibot idoralarining ishonch telefonlariga murojaat qilishlari aytildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bir guruh talabalarining Zomin tumaniga sayohati tashkil etildi. Universitet talabalari ajoyib tabiat, musaffo tog‘ havosi hamda hududda bunyod etilgan yuqori sifatdagi xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bilan tanishishdi. Bu kabi sayohatlar talabalarning nazariy bilimlarini hayotga tatbiq qilishda muhim o‘rin egallashi bilan ahamiyatlidir.
ЮНЕСКО объявила о начале конкурса для присуждения Международной премии ЮНЕСКО/Экваториальной Гвинеи в области естественных наук на 2025 год. Основная цель этой премии — отметить научные исследовательские проекты и деятельность отдельных лиц, институтов и неправительственных организаций в странах-членах ЮНЕСКО, которые внесли значительный вклад в улучшение человеческой жизни.
Детали премии:
Общая сумма премии: 300 000 долларов США
Премия будет разделена поровну между тремя победителями.
Победители получат дипломы и памятные подарки.
Для участия в конкурсе:
Кандидаты должны зарегистрироваться онлайн по ссылке:
www.unesco.org/egip/account-reguest
Подать заявление.
Информация (не более 1000 слов) о вкладе номинанта в цели премии.
Краткая информация о научной и практической деятельности номинанта.
Список 10 наиболее значимых научных публикаций номинанта.
Номинанты будут отобраны на основе оценки и рекомендаций международной комиссии, с окончательным утверждением Генеральным директором ЮНЕСКО.
Для получения дополнительной информации и подачи заявки посетите официальный сайт!
https://www.unesco.org
Bugun 28-fevral kuni universitetimiz talabalari o‘rtasida sport musobaqalarini yanada ommalashtirish maqsadida oliygoh sport mashg'ulotlari bo'limi yetakchi mutaxassisi va tyutor P.Islomov birgalikda voleybol o'yini tashkil qilindi. Musobaqada talabalar jamoalarga bo‘lingan holda bellashishdi.
Joriy yilning 26-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “QUIZ” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tashkil etilgan intellektual o‘yinda
1-o‘rin – Fenix,
2-o‘rin – Not enough,
3 - o‘rin Everest jamoalari munosib ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz