press

press

Chorshanba, 12 Mart 2025 16:13

# Mutaxassis bilan uchrashuv

Bugun 12-mart kuni talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bugungi kunda global muammoga aylanib borayotgan OITS kasalligi haqida zarur tushunchalar berish maqsadida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi shifokori A.Jo'rayev bilan uchrashuv tashkil qilindi. Davra suhbati shaklida o‘tgan uchrashuvda mutaxassis OIV infeksiyasi va undan saqlanish  haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Bugun 12- mart kuni tashkil etilgan “Ma’rifat soati” “Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans avlodining shakllanishida ayol va qizlarning jamiyatdagi o’rni” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirga universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova taklif qilindi. M.Abbasova xotin-qizlarning ilm-fan, ta’lim va ma’naviyat sohalaridagi faoliyati tobora ortib borayotganligi, bu jarayonda davlat tomonidan ularning huquqiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanayotganligi xususida gapirib, talaba-qizlarga zarur maslahatlar berdi.

Bugun 12-mart kuni universitetimiz talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida badan tarbiya mashqlari, voleybol, milliy o’yinlar tashkillashtirildi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.

             Bugun 12-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti profilaktika inspektori Sh.Qurbonov Talabalar turar joyida talaba-yoshlar bilan profilaktik tadbirlar olib bordi. O‘zaro suhbat davomida jamoat joylarida yurish, turish madaniyatiga rioya qilish, boshqa talaba yoshlar bilan munosabatda o‘zaro hurmatda bo‘lish va huquqbuzarlik keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish kabi masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.  

          Shuningdek suhbat davomida talabalar turar joyida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha talabalarga va yotoqxona mas’ullariga qo‘shimcha takliflar berildi.

Fransiya poytaxti Parij shahrida "Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdan  ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

 "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadbir doirasida Parij shahridagi YSchools universiteti bilan Erasmus+ dasturi bo‘yicha hamkorlikda mobillik loyihalarini amalga oshirish, shuningdek Sorbonne Paris Norde universiteti bilan universitetda ma’ruzalarga Fransuz mutaxassislarini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

#IJARA
"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti guruh tyutori M.Tilavov talabalarning ijara xonadonlarida bo‘lib, ular bilan yaqindan muloqot o‘tkazdi va yashash shart-sharoitlarini yaqindan o‘rganib kommunal xizmatlardan foydalanishda zarur bo‘ladigan tavsiyalarini berdi.

10-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan iborat jamoasi Buxorodagi qator tarixiy joylarni ziyorat qilishdi. Universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu ziyorat davomida jamoamiz Labi hovuz, Buxoro Ark saroyi, Minorai Kalon, Sitorai Mohi Xossa, Bahovuddin Naqshband kabi ziyoratgohlarda bo‘lishdi.

“Ipak yo‘li” turizm madaniy merosi xalqaro universiteti yotoqxonasida “Biz yoshlar ommaviy madaniyatga qarshimiz” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi. Yotoqxona talabalaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan intellektual o‘yinda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda turli xildagi savollarga javob berishdi. O‘yin yakuni bilan g‘oliblarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.

Universitet vakillari Yevropa mamlakatlarining ilg'or tajribalarini o'rganish hamda o'zaro tajriba almashish maqsadida joriy yilning 10-14 mart kunlari L' Aquila Universiteti (Italiya)da o'tkazilishi rejalashtirilgan Erasmus+ dasturining "QUARTZ - O'zbekistonda Oliy ta'lim muassasalarini isloh qilish, o'zgartirish va sifatini ta'minlash" loyihasi doirasida loyiha hamkorlarining uchinchi muvofiqlashtirish seminarida ishtirokini boshladi.

Juma, 07 Mart 2025 15:50

DIQQAT, E’LON!!!

Mobilograflik, fotoapparatda tasvirga olishga, montaj qilishga hamda jurnalistikaga qiziqishi bo‘lgan talabalar diqqatiga!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining PR va matbuot bo‘limi hamda Yoshlar Ittifoqining universitetdagi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda mobilograflik, fotoapparatda tasvirga olishga, montaj qilishga hamda jurnalistikaga qiziqishi bo‘lgan talaba-yoshlar bilan yaqindan ishlash maqsadida Mahorat klubi tashkil qilishni rejalashtirgan.

Agar Sizda ushbu yo‘nalishlarga qiziqish bo‘lsa, universitetimiz PR va matbuot bo‘limiga, 2-qavatdagi 243-xonaga murojaat qilishingiz mumkin.

2 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar