Bugun 14-mart kuni tashkil qilingan “Ma’rifat soati” Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida o‘tkazilib, unda 1-bosqich TTCH-124 guruh talabalari ishtirok etishdi. “Ma’rifat soati” ning mavzusi “Kitob- hayotni yaratuvchi muallim” deb nomlandi.
Universitetimiz  “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi mudiri T.Akramova va kafedra o‘qituvchisi M.Baymatova Toshkent shahrida Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkil qilingan “Ta’lim muasassalari o‘rtasida ta’lim almashinuvini mustahkamlash va rivojlantirish” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etmoqda. Konferensiyada “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi o‘qituvchisi M.Baymatova “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida…
Juma, 14 Mart 2025 14:48

Aziz talabalar!!

“Bir million dasturchi” loyihasining https://uzbekcoders.uz platformasi orqali “Coursera” kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. 300 dan ortiq yetakchi universitet va kompaniyalarning 13 000 ga yaqin kurslarida tahsil oling
Juma, 14 Mart 2025 11:56

# Sport salomatlik garovi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Talabalar turar joyida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida turli sport o‘yinlari o‘tkazilib kelinayapti. Kuni kecha 13-mart kuni Talabalar turar joyidagi o‘yingohda barcha bosqich talabalar ishtirokida futbol musobaqasi tashkil qilindi. Musobaqada 4 ta jamoa ishtirok etib g‘oliblik uchun bellashishdi
13-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Milliy qadriyatlar haftaligi” doirasida “Milliy kiyimlar kuni”, “Milliy hamda sport o‘yinlari” kunlari o‘tkazildi. Tadbirlarda oliygohimiz talabalari sportning badminton, shaxmat-shashka kabi sport o‘yinlarida o‘zaro bellashishdi. Ushbu loyihalardan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdan iborat.
Bugun 13-mart kuni universitetimizning bir guruh 1-2-bosqich talabalari ruzai ramazon kunlarida Samarqand shahridagi "Saxovat uyi"da yashayotgan keksalar va nogironligi bo‘lgan insonlar xolidan xabar olishdi. Talabalarimiz "Saxovat uyi"ga tashrifi davomida bu yerda istiqomat qilayotgan otaxon va onaxonlar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning quvonch va tashvishlari bilan o‘rtoqlashdi
6 dan 366 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar